"Shevaga xos so'zlar"  ( 60953 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


As-Samarqandiy  25 Avgust 2010, 11:05:06

Bismillohir rohmanir rohiym!

Bizlar taraflarda

1). qayinog'ani - ukacha
2). Mahallaning, qishloqning bir qismini -  guzar
3). yuqorini - do'ng (Misol uchun: do'ngi bozor, do'ngi guzar)
4). do'st, o'rtoqni - jo'ra
5). qushnini - hamsoya
6). Har xil mayda chuyda narsalar turadigan joyni - ombortom
7). belkurakni - lapatka (mana shu so'z ruschamasmikin?)
8). Paqirni - satil
9). Tarelkani - lali (manimcha tarelka ham o'zbekcha bo'lmasa kerak-a?)
10). Yumaloq, chuqur asosan hamir qorishga, guruch yuvishga muljallangan matohni - lagan

deyishadi. Hozircha shular.

Borlaringizga shukr!

Qayd etilgan


munisaxon  25 Avgust 2010, 22:58:12

Har holda tarelka emasu, patnisni lali deyishardi shekilli
Bir marta olcha bilan gilos va achchiq gilos shirin(shampanski) gilos bir narsaligini bilmay ancha tortishgandim
Sizlarda buni qanday atashadi?

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Avgust 2010, 06:44:39

Toshkent shevasida latifa

Ertalap eshiy tegida ötirgan Apandidan ötip ketvotkan qöshnisi sörapti:
- Apandim, kechasi minnima hovlizda gupillap kettimi?
- Ha, dipti Apandi, - kechasi tomda yotkandim, choponim chuship ketti.
- Choponam shunaqa gupillab chushadimi tomdan? - hayron böp sörapti qöshnisi.
- Aqlingga qoyilman-e, - dipti Apandi kulip, - ichida odami bögandan keyin tomdan choponam ando gupillap chushsinki, e-vallo digin. :)

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Avgust 2010, 06:52:14

Xorazm shevasida...

Ayag'i kichch suyganini kiyadi, ayag'i ulli siyg'anini kiyadi.

Ötqa tiysang öt öchar, qöngshig'a tiysang, qöngshi köchar.

Avval boshlap Xudani yod etali, yor-yor, Peyg'ambarlar rövuni shad etali, yor-yor.
P.S. Oramizda xorazmliklar yoki bu shevadan xabardorlar bölsa, aytinglar, "qöngshi" nima?

Qayd etilgan


Mirahmad Shifokor  31 Avgust 2010, 13:47:28

Xorazm shevasi juda ajoyib ekan. masalan Biz (Qo`qonda) kanal deydigan cho`miladigan joyni Xorazmliklar Yop derkan.
Yana bir taom - yupqani xorazmliklar Huvnon deyishadi!

Qayd etilgan


Ansora  03 Sentyabr 2010, 16:04:08

Andijon shevasidagi-so'ri -nima degani ;D

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2010, 16:15:15

Andijon shevasidagi-so'ri -nima degani ;D


 :as:

Bizda hovlida hamma o'tiradigan kravatni "tapchan" deydi, adabiychada "so'ri " bo'ladi... :)

Qayd etilgan


yoqutxon  20 Sentyabr 2010, 07:19:03

Assalam. Kecha kimdandir '' ajabtovur'' degan so'zni eshitdim. Oldin eshitmagan ekanman. Buyam shevaga hos so'zmi? Kim biladi?

Qayd etilgan


Ansora  20 Sentyabr 2010, 13:31:17

Assalam. Kecha kimdandir '' ajabtovur'' degan so'zni eshitdim. Oldin eshitmagan ekanman. Buyam shevaga hos so'zmi? Kim biladi?

 :vslm:
Ajabtovur so'zi-Arabcha+Forscha-Turkcha so'z bo'lib, sifatdir. Binoyiday, yaxshigina degan ma'nolarni bildiradi.

Manba: O'zbek tilining izohli lug'ati. 28 chi bet. 

Qayd etilgan


JaviK  28 Sentyabr 2010, 17:42:42

Bizdagi Montiqosqon so`zi yana qanaqa ataladi boshqa shevalarda!!!

Keyin bizda pomidor, bodiring va piyoz aralashmasi shakarob deyiladi, bu so`z boshqa joylarda boshqacha ma`no anglatar ekanaa

Qayd etilgan