ÐŽқишга кирган абитуриентларни табриклайлик форумдошлар!  ( 15855 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


dimu  14 Avgust 2010, 12:04:36

Ассалому алайкум азиз форумдош биродарлар! Бу мавзуни очишимга Nodirshox биродаримизнинг снгиликлари сабаб бслди. У киши агентга чиқиб, сқишга кирганликлари тсғрисида хушхабар бердилар. Уларнинг хурсандчиликларига биз ҳам ошно бслдик.

Бошқа биродарлардан ҳам хушхабар кутиб қоламиз!

Qayd etilgan


Zulfina  14 Avgust 2010, 12:15:32

Assalamu alaykum. O'qishga kirgan barcha birodarlarimizni tabrikliman. InshaAlloh ikki dunyolarizga foydasi tegadigan ilmlar egasi bo'lila.
Bu yil talaba bo'lmoqlik nasib qimaganlayam hafa bo'mela, albatta  bunda ham Yaratganning xikmati bor. Man o'zim 4yil diganda talabalikka erishganman. Alhamdulillah! Nima bo'lganda ham barchangizga Alloh hayrlisini bersin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Avgust 2010, 12:21:47

Tabriklaymiz!!!

Menimcha xozircha 2 ta bo'ldi-a, o'qishga kirganlar? Zamiraxon bilan Nodirshox...

Yanayam safi ko'paysin...

O'zim boshlab berdimde, o'zim... )))

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2010, 12:27:34

 :as:

Mashalloh, barchangizni muborakbod etaman ukalar, singillar:)

Kira olmaganlar ham hafa bo'lmasdan keyingi yilga yana harakat qilishsin, inshalloh nasib bo'ladi:)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  14 Avgust 2010, 12:33:38

Bismillohir rohmanir rohim!

Men ham shu fursatdan foydalanib, yoinki forumimizdagi, balki bu yilgi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, talaba degan nomga musharraf bo'lgan barcha yurtimiz o'g'il-qizlarini chin yurakdan tabriklayman. O'qinglar, o'rganinglar, yurtimiz istiqboliga ozgina bo'lsa ham hissa qo'shinglar, O'zbekiston degan yurtni butun dunyoga tanitinglar. Mana shunday tabarruk  joy farzandi bo'lganlaringizdan g'ururlanib, mag'rurlanib yuringizlar, yurtga munosib farzand bo'lingizlar. Yana bir bora talaba bo'lganlaringiz bilan tabriklayman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Avgust 2010, 13:14:22

Rahmat, rahmat qadrdonlarim.
Endi bunaqasi tög'risi tushimga ham kirmagandi. Oxirgi örin bölsa ham Allohimga shukronalar aytaman, dedim. Qarasam, budjet 1-örin! Haliyam ishongim kelmayapti. :-)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Avgust 2010, 17:21:28

Tabriklaymiz!
Olloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Qayd etilgan


munisaxon  14 Avgust 2010, 19:06:12

Abiturientlikdan talabalik olamiga qadam qo`yganlarning barchasiga muborak bo`lsin deymiz

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Avgust 2010, 19:45:27

:as:
Barcha talaba bo'lganlarni chin dildan tabriklaymiz. Eshitib xursand bo'ldik
Alloh xayrli qilsin...

Qayd etilgan


BelleQizcha  14 Avgust 2010, 19:57:28

Kirganlani Tabriklimiza Keep it up!

Kirmaganlaga Sabr-quvvat bersin.

Qayd etilgan