ÐŽқишга кирган абитуриентларни табриклайлик форумдошлар!  ( 15863 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Nоdirbek  14 Avgust 2010, 20:49:35

Barchangizga tashakkur!
Hozirgina AbdulAziz aka telefon qilib, quvonchimizga sherik ekanliklarini izhor qildilar, juda ham xursand bo'lib ketdim.... :) :) :)

Qayd etilgan


Muhseena  15 Avgust 2010, 00:50:28

 :as:

Juda hursand bo'ldim,oladigan ilmlaringiz foydali bo'lishiga umid qilamiz,inshaAllah...

Qayd etilgan


AbdulAzim  15 Avgust 2010, 06:10:21

 :as:
Imtihonlardan muvaffaqqiyatli o'tgan barcha forumdoshlarni tabriklayman. Alloh ziyolilardan qilsin.

Qayd etilgan


G_u_l_i  15 Avgust 2010, 06:51:26

Chin yurakdan tabriklayman! Alloh ikki dunyoingiz u-n ham manfaatli bo`ladigan ilm bersin. Hayrli bo`lsin birodarlar.

Qayd etilgan


Ansora  15 Avgust 2010, 16:27:29

Yangigina Talabalarimiz qaysi o'qish va bo'limlarga kirishganini yozishsa xursand bo'lardim..

Qayd etilgan


Zamiraxon  15 Avgust 2010, 17:35:59

Yangigina Talabalarimiz qaysi o'qish va bo'limlarga kirishganini yozishsa xursand bo'lardim..
Kapalak opajonim, e'tiboriz uchun cok tesekkur, biyim ;-)
Men UzMU kimyo fakultetining rus gruppasiga kirdim, alhamdulilloh. Özbekistonda kimyo fani juda taraqqiy fanlardan bölgani bois, niyatim chetga chiqib Özbekistonni tanitish.

Qayd etilgan


Nоdirbek  15 Avgust 2010, 17:40:08

Yangigina Talabalarimiz qaysi o'qish va bo'limlarga kirishganini yozishsa xursand bo'lardim..
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4819.15

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Avgust 2010, 09:28:40

Yana bir bor tabriklayman.

Zamiraxon, judayam xursand bo'ldim. Forumimizning bir a'zosi o'zi milliy bo'lib, yevroguruhga eng katta ball bilan kirishibizda ham faxr tuyg'usini uyg'otadi.

Nodirbek, o'zi sizni 4-5 kun oldin tushimda ko'rgandim. O'qishga kirgandiz, lekin tushimdayam kontrakt edi. Mayli, harakat qilib o'qib oling. Hozir kontraktga kirish ham katta baxt bo'lib qoldi.

UzMuslim, avvaldan niyatni zo'r qilib, harakat qilish kerak edi. Sizning bir postingizda kirolmasam kerak, degan gumon bor edi. Endi bunaqa gumonlarni yo'q qiling-da, albatta kiraman, deya hozirdan harakat qiling. Keyingi yili talaba bo'lganingizdan sevinish nasib etsin!

Javik, Guli, sizlarning natijangiz nima bo'ldi?

Ziyovuddin, siz ham bu yil topshirganmidingiz?

Yana kimlar topshirgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Avgust 2010, 10:14:22

Iqtibos
Zamiraxon, judayam xursand bo'ldim. Forumimizning bir a'zosi o'zi milliy bo'lib, yevroguruhga eng katta ball bilan kirishibizda ham faxr tuyg'usini uyg'otadi.

Ha, aytgancha, men ham magistraturaga rus potokka kirdim... :7

Endi eng asosiy ish qoldi: ruschani o'rganish :7

Iqtibos
Nodirbek, o'zi sizni 4-5 kun oldin tushimda ko'rgandim. O'qishga kirgandiz, lekin tushimdayam kontrakt edi. Mayli, harakat qilib o'qib oling. Hozir kontraktga kirish ham katta baxt bo'lib qoldi.

Aytgancha, agar kontraktga kirganlar bo'lsa, unda Fond Forum va Mehr Nuri jamg'armalari tomonidan e'lon qilingan "Ta'lim grantlari" dasturiga topshirishni tavsiya qilaman.

O'zim 4 yil davomida shartnomada o'qigan bo'lsam ham, ushbu grantni yutganim sababli umuman shartnoma puli to'lamadim. Barchasini aynan Fond Forum to'lab berdi.

Agar topshirishni xohlovchilar bo'lsa, hujjatlar yig'ish va anketasini to'ldirishga qo'ldan kelgancha yordam berishim mumkin.

Qayd etilgan


Habib  16 Avgust 2010, 10:21:14

Hush kayfiyatlaringizga sherikmiz. Ilohim kelajakda oladigan bilimlaringiz faqat yahshilik,go'zallik va Vatan ravnaqi yo'lida asqotsin!

Qayd etilgan