Qaysi OS (operating system) ishlatgansiz va ishlatmoqdasiz  ( 15488 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Nоdirbek  14 Avgust 2010, 14:55:22

Ushbu mavzuda o'zimiz ishlatgan OSlarni yozsak va ulardan o'zimizga yoqqanini ham yozsak.
O'zim boshlab beray:
Windows mellenium
Windows XP SP1
Windows XP SP2
Windows XP SP3
Windows Vista
Windows7
Bular ichida Windows 7 ko'proq yoqdi.
Shu kunlarda, Microsoft bilan xayrlashib, Mac OS ga o'tishni rejalashtiryapman...

Qayd etilgan


Nurilla  14 Avgust 2010, 22:29:01

Man windows Xp Sp2 va sp3 ni ishlatganman. Sp3 juda ham yoqqan. Win7 ham yaxshiku tushunolmadim.

Qayd etilgan


The_Alchemist  20 Avgust 2010, 10:32:13

Man hoziga qadar Windows XP, Windows XP SP3, Windows Vista Home Premium, Windows Vista Ultimate SP2 va Windows 7 lani ishlatib kurganman.
       Bu OSlani ichidan manga umuman maqul kelmagani Windows XP SP3 bulsa kerak, chunki ustanofkadan keyin tez va yaxshidek kurinadi lekin sekin-sekinlik bilan computerni charchatib boradi va virusla qarshi etarlicha himoyalanmagan Vista va Sevenga nisbatan.
       Windows Vistaga keladigan bulsak judayam yaxshi lekin ustanofkasi kuproq joy olishi va RAMda kuproq joyni band qilishi salgina noqulay, shunday ekan computerni speclari yaxshi bulsa Vista judayam yaxshi OS.
       OSla ichida eng maqul kelgani esa Windows 7, oddiy qilib tushuntirilsa XPning tezligi va Vistaning havfsizligi jamlangan. Ustanovkada Vistaga nisbatan kamroq joyni oladi va RAMni kamroq band qiladi. Qisqa qilib aytganda Windows 7 ni urnatganizda computer mazza qilib engil ishlaydi :):):)

The Alchemist

PS: Bu uzimni tajribamdan kelib chiqib qilgan hulosalarim, hammani didi esa har
      hil buladi hattoki computer masalasida ham!

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2010, 02:13:25

Assalomu Alaykum.

Men

Windows XP SP2
Windows XP SP3
Windows Vista Ultimate


operatsion tizimlarini ishlatganman. Eng yoqqani Windows XP SP2 edi. 2009 yili Yanvarda birinchi bor Windows7 ninig sinov variantini ishlatib ko'rdim. Ochig'i yoqmadi. Chunki bu o'z nomi bilan sinov (beta) versiyasi ekan. Hozir 2 oydan beri mana shu Windows7 ni ishlatyapman va aytishim mumkinki, Windows versiyalari ichida hozirgacha eng mukammal va foydalanuvchi uchun eng qulay qilib ishlab chiqarilgani shu ekan.

The Alchemist birodarimiz aytganlaridek, bu mening shaxsiy fikrim. Tanlovni esa har kim o'z holatidan kelib chiqib qabul qiladi.

Qayd etilgan


BelleQizcha  21 Avgust 2010, 07:00:02

Microsoft ishlatuvuza.. lekin Yahooni 9.2 versionni USE qlviza.

Qayd etilgan


Abdullоh  21 Avgust 2010, 11:02:56

Kamina esa shu paytgacha quyidagi OS lardan foydalanganman:

Windows 95
Windows 98
Windows ME (Windows 2000 Millennium Edition)
Windows 2003 Server Edition
Windows XP SP1 Professional
Windows XP SP2 Media Center Edition
Windows XP SP3 (2008 Edition)
Windows XP SP3 (Chip Windows XP, 2009 Edition) - bu yaqinda chiqdi
Windows Vista SP2 Ultimate
Windows 7 Ultimate


Bundoq o'ylab qarasam, Windows oilasining barcha OS laridan foydalangan ekanman  ;). Bularning ichida eng uzoq vaqt foydalanganim XP bo'lgan. Biroz vaqt noutbukda Vista ishlatdim, juda og'ir OS. Keyin esa Windows 7 reliz qilinishi bilanoq, uning piratskiy versiyasini ishlatishni boshladik. Hozir ham shunday. Umuman olganda Windows 7 ning interfeysi menga juda yoqadi, ishlash tezligi ham yaxshi. Bill Geytsning so'zlari bilan aytganda, Windows 7 ishlash samaradorligini bir necha marotabaga oshiradi.

PS. Mac OS ishlatish rejada bo'lgan. Lekin Unga bitta MacBook olish kerak-da. Boshqa noutbuklarga ham qo'ysa bo'laveradi deyishdi, lekin baribir original Mac OS MacBook da yaxshi ishlaydida.

Qayd etilgan


_IYMONA_  03 Oktyabr 2010, 23:18:05

Assalamu alaykum. Mts dan 1ta nomer haqida podrobna bilmoqchidim. Mabodo u bu kimda MTS da tanishla yo'mi? MTS operatorlar abonentning shaxsiy so'zlashuvlarini sir tutishadi, hammaga ham ruhsat berilmas ekan. Hayrli maqsadda kerak edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  17 Oktyabr 2010, 01:02:15

Bu savolni OS larga nima dahli bor???

Qayd etilgan


LONER  04 Iyul 2011, 10:47:53

 tez ustanovka  bo`ladigan OS Qaysi ?!

Qayd etilgan


Akbarjоn  04 Iyul 2011, 11:13:47

Men Tas-ix.net dan WinXP SP3 ni zip qilingan 350mb xajmda ko'chirib oldim

uni o'rnatish uchun C diks formatlanadi va zip fayl arxivdan chiqariladi bo'ldi

ko'pi bilan 5-10 minut ketadi o'rnatishga

shuningdek AlternetivXP degan OS ham tez o'rbatiladi, tezligiga ham gap yo'q

Qayd etilgan