Birodar, har bir postingizga javob berish majburiyatini olganim yo'q. Bahslashmaymiz. Baribir, foydasi yo'q. Mening yozganlarim yqomagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering. Lekin haqorat qilmang. Men umumiy gapirdim. Agar haqoratli gaplarni gapirgan bo'lsam, gap egasini topadi. Lekin dalillarim bor, dedim. Ya'ni juda xohlasangiz, nomlarni keltirishim mumkin.
Keyin men Sizga emas, menga savol bergan boshqa forumdoshga javob berdim. Har joyda mening postlarimga munosabat bildiraverishingiz shart emas. Yana bir gap: men hech kimni iymonsizlikda ayblamadim. Agar men yozganlarimni tushunmagan bo'lsangiz, yoki noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, ayb mendamas.
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman. Lekin, yana qaytaraman, Siz bilan bahslashmayman.
Bu ushbu mavzudahi so'nggi postim.
Har doimgidek holat...
Biron bahsli vaziyat tug'ilganda va siz o'zingizni oqlash uchun asos kamaya boshlashi bilan eng oson va sinalgan usulini qo'llaysiz... Ya'ni men siz bilan bahslashmayman, bu befoyda, shu yerda bahsni tugataylik deysizu, tamom. Juda-juda oson qutulasiz. Yana oxiriga straxovka uchun "Men boshqa bu mavzuga qaytmayman" deb qo'shib qo'yasiz... Juda-juda puxta usul...
Ha, inson birovlar nomiga shuncha yomon so'zlarni ishlatib, endi sekingina qochib qolmoqchimisiz...
Yana sizni haqorat qilishlari yoqmasmishu, o'zingiz boshqalarni haqorat qilsangiz mumkin ekanmi?
E'tiboringiz uchun men sizdan farqli o'laroq hamma gapni yuzingizni aytaman, sizga o'xshab birovlarni orqasidan g'iybat qilmayman...
Shuncha bunday vaziyatlarga mayli deb indamay keldim. "Andishani otini qo'rqoq" deganday, doim bahs jiddiy ko'rinishga yetay deganda, bir nimalarni bahona qilib savollarga javob bermay ketaverardingiz. Men ham xo'p deb qo'yardim. Ammo endi hamma gapni gapirmasam bo'lmaydi...
Siz umumiy gapirdim deb aytibsiz. Ha, siz doimo umumiy gapirasiz... Bu sizning o'zga xos uslubingiz, stilingiz. O'shanda suvdan quruq chiqish oson bo'ladi sizga. Men umumiy gapirgandim deb turaverasiz.
Ammo bu juda yomon odat. Bir yoki ikki kishini deb hammaga baho berish noto'g'ri. Tasavvur qiling, sizni qilgan bir yomon ishingiz uchun (har holda farishta emasligingizni tan olarsiz) men butun oilangizni yomonlayapman... Oilangiz tarkibiga esa otangiz, onangiz, aka-uka, opa-singillaringiz ham kiradi. Xo'sh, sizning aybingiz bilan men ulanri ham yomonlasam bu adolatdanmi? Shunaqa qilsam to'g'ri bo'ladimi? Hech bo'lmasa shu savolga javob berish uchun ozgina vijdoningiz bordir?
Nega siz shunchalik davlat rahbarlarini yomon ko'rasiz-a? Nega bunchalar yuqoridagi amaldorlarga va ular olib borayotgan siyosatga kuchli nafrat bilan boqasiz-a?
Bu nafratingiz shunchalik darajadaki, davlat amaldorlarini yomonlash uchun xatto Ollohning uyiga ham tosh otdingiza!!! Yo, alhazar...
Men garchi doimo bahslashib, tortishib yurgan bo'lsak ham sizni shu paytgacha taqvodor inson deb bilar edim... Lekin endi fikrlarim butunlay o'zgardi (bilaman, garchi meni fikrim siz uchun qiziq bo'lmasligi mumkin). Sizning taqvoyingiz nafratingizdan kuchsiz ekan...
Ey, inson, biz kim bo'libmizki, biz Ollohni uyini yomonlaymiza... Necha minglab insonlar masjid uchun hech bo'lmasa bir dona g'isht qo'yishni orzu qilib yurgan bir vaqtda, siz masjidni fisqu-fasod joyga tenglashtirayapsizmi?
Ey, inson, kim biz kim bo'libmizki, Ollohning yerdagi vakili deya hisoblanadigan davlat boshlig'iga ayb qo'ya olamiz... Ularni qilayotgan ishini mingdan birini ham qilishga qurbimiz, aqlimiz, kuchimiz yetarmikin?!..
Ey, inson, biz qanchalik taqvodor bo'lib ketdikki, davlatdagi diniy idora vakillarini iymonsizlikda ayblaymiz? Ularning ilmi, iymonichalik bizda ilm bormikin? Islom uchun ular qilgan ishning yuzdan birini bo'lsada qila oldikmikin? Ular shu paytgacha qilgan toat-ibodatlarini hech bo'lmasa o'ndan birini bo'lsa ham bajara oldikmikin?
Ey, inson, biz qanchalik farishta bo'lib ketdikki, o'zgalar xatosini Olloh bilganchalik to'kis va to'liq ko'ra oladigan bo'libmiz? O'zimiz ular qilgan gunohlarni takrorlamayapmizmi nima?
Birodar, siz bir postingizda 16 yoshingizgacha menday fikrlaganingizni, keyin esa fikringiz tubdan o'zgargani yozgandingiz. Demak, o'sha fikringiz o'zgargan vaziyatda sizga yoki sizning oilangizga nisbatan jamiyatda qandaydir adolatsizlik qilingan bo'lishi mumkin. Shuning natijasida siz jamiyatga nafrat ko'zi bilan qaray boshlagandirsiz... Balkim...
Lekin bir narsani tushuning. Inson bu dunyoda boqiy emas. Xozirgi amaldorlarimizdan ham davr o'tadi, hukumat tepasiga qachondir yangi insonlar keladi. Lekin siz ishonasizmi, yuqoridagi insonlar o'zgargan bilan, hamma yoqda adolat 100% o'rnatilishiga? Nahotki bunday ko'r-ko'rona aqidaga sizning ko'nglingizda ishonch bo'lsa? Endi qiyomatgacha bunday vaziyat bo'lmaydi hech qachon... Saodat asri qaytmaydi baribir. Bizku, dunyoviy davlatmiz, ammo o'sha Islom ustunlari bo'lgan Saudiya yoki BAAlarda ham adolat tiklanmaydi... Buning sababi nimada bilasizmi?
Sababi shudaki, davlat rahbari bitta bo'lgan bilan uning 100lab amaldorlari bor. Ularning qo'lida esa minglab xodimlar, insonlar ishlaydi. Ha, aynan INSONlar! Inson esa xato qiladi... Xohlaysizmi, yo'qmi... Beayb parvardigor... Buning ustiga
kim javob bera oladi, shu minglab xodimlarning orasida podani bulg'amaydiganlar yo'q deb? Salla desa kallani ob keladigan ba'zi rahbarlarni deb insonlar orasida hukumatga nisbatan salbiy fikrlar paydo bo'layapdi...
Xozir butun dunyoda og'ir siyosiy davr. Hamma yoqda siyosiy o'yinlar avj olgan. Ayniqsa tashqi siyosiy va mafkuraviy hurujlar kuchaygan davr. Tinchligimizni ko'rolmaydiganlar son mingta... Kim biladi balki, pastdagi ba'zi chinovniklar atayin hukumat rahbarlarini yomon ko'rsatish uchun xalqqa zulm o'tkazayotgandir? Ularning asl maqsadi shunday emas deb kim kafolat bera oladi?!
Birodar, sizning miyangizni davlatga qarshi juda ham kuchli zaharlashgan... Sizning har bir postingizda, har bir jumlangizda, har bir nuqta-yu vergulingizda bu narsa sezilib turadi... Siz ko'zi ochig'u, lekin qalbi so'qir insonsiz... Siz O'zbekistondagi hamma bo'layotgan ishlarni yomon ko'z bilan qarashga o'rganib qolgansiz... Bu juda yomon, bu juda ayanchli...
Men oldin bunday fikrlamasdim, lekin mana shu oxirgi aytgan gaplaringiz mening hayratimni oshirdi. Ramazon oyida bundayin masjid haqida, ulamolar haqida aytilgan fikrlar, har qanday odamni hayrat daryosiga cho'miltirishi aniq...
Siz ular haqida g'iybat va tuhmat qilib, faqatgina ulanring gunohlarini to'kishga sababchi bo'layapsizu, ammo o'zingizning gunohlaringizni ko'paytirayotganingizdan xabaringiz yo'q... Birodar, qiyomatdan qo'rqmaysizmi? Ertaga har bir gapning javobi borku...
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman.
Birodar, menga javob bermasangiz ham mayli, ammo qiyomatda javobini bera olsangiz bo'ldi... Meni aldarsiz, lekin u vaqtda aldolmasligingizni tushunsangiz bo'ldi... Menga haqligingizni amallab isbotlarsiz, ammo Ollohga isbotlab bera olishingizga aniq ishonsangiz bo'ldi...
Mening yozganlarim yoqmagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering.
Men unaqa qila olmayman. Sizning davlatimizga, xalqimizga, hurmatga sazovor insonlarimizga aytayotgan salbiy fikrlaringizga indamay o'tib keta olmayman.
Balki mening qarshi fikrlarim sizni dunyoqarashingizni zig'ircha ham o'zgartira olmas. Balki siz mening gaplarimni umuman o'qimassiz ham... Lekin...
Lekin boshqa forumdoshlar, forumni kuzatayotgan boshqa insonlar sizning ushbu gaplaringizdan zaharlanishini istamayman... Ular O'zbekistonni do'zax deb xato tushunib qolishini xohlamayman...
Shuning uchun har bir postingizga, yanada aniqroq aytadigan bo'lsam, har bir davlatga qarshi, Vatanimizga qarshi aytgan noo'rin tuhmatlaringizga (agar haqiqatdan o'rinli bo'lsa mening ishim yo'q) javob qaytaraveraman... Uzundan-uzun post qoldiraveraman. Har fikringizni tahlil qilib beraveraman...
Zora hech bo'lmasa 1 ta insonni fikrini o'zgartira olishga hissa qo'sholsam ham, shuncha gaplarni yozishga ketgan vaqtimga va kuchimga achinmasdim...
Sizga, menga va umuman barchaga Ollohimning o'zi to'kis iymon va insof ato qilsin... Bilib va bilmay qilgan gunohlarimizni o'zi kechirsin...