Islom ustidan kulishmi bu?  ( 13076 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Habib  26 Oktyabr 2010, 15:35:38

Assalomu alaykum!
Men bugun ko'chada yurib ko'zim cherkovdagi tillarang gumbazlarga tushdi. O'ylab qoldim. Nega unaqa?
Savolim mantiqsiz bo'lib tuyuldi o'zimga. Har holda bu yerda mendan ko'ra teranroq fikrlaydigan azizlar bor. Shulardan so'rashga jazm qildim.
Savol: Nimaga cherkovlarda ham gumbazlar bor? (Biz odatda gumbazlarni masjidlarda, madrasalarda ko'rishga odatlanganmiz)
Men shuni tushunib yetolmadim.
Savolim noo'rin bo'lsa, uzr. Maqsadim buning sababini tushinib yetish, xolos.

Qayd etilgan


lolo  27 Oktyabr 2010, 15:03:19

Savol: Nimaga cherkovlarda ham gumbazlar bor? (Biz odatda gumbazlarni masjidlarda, madrasalarda ko'rishga odatlanganmiz)
Gumbaz musulmonlarga oid qurilishdagi shakl, degan tushuncha to'g'ri emas, deb o'ylayman. Chunki, masalan, Yevropada Uyg'onish davrida (Masalan, Leonardo Davinchi davrida) o'shanday gumbazlar, turli hillari (umuman arhitektura) rivojlanib, turli hil dizayndagi gumbazlar ko'plab qurilgan. Balki buni ular o'ylab topgandur...

Qayd etilgan