103
Abu Hanifa (r.a.) Musodan, u Abdulloh ibn Shaddoddan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim imomga iqtido etsa, imomning qiroati uning qiroati bo‘ladi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Sahobadan birlari Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) orqalarida peshin va asr namozida qiroat qildi, bir sahoba imo bilan uni qiroatdan qaytardi. Namoz tugagach unga: «Rasuli Akramning (s.a.v.) orqalarida qiroat qilishdan qaytarasanmi?» dedi. So‘ngra ikkalasi bu xususda bahslashdilar. Ularning bahsini Payg‘ambar (s.a.v.) eshitib: «Kim imomning orqasida namoz o‘qisa, imomning qiroati uning qiroati bo‘ladi», dedilar.
Yana bir rivoyatda: «Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) orqalarida qiroat qildi. Rasululloh (s.a.v.) uni bundan qaytardilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda aytilishicha Rasululloh (s.a.v.) kishilar bilan namoz o‘qidilar. U zot orqasida bir kishi qiroat qildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Mening ortimda qaysingiz qiroat qildi?»dedilar.
27 Men o‘qidim, ey Rasululloh, - dedi bir kishi.
Rasululloh (s.a.v.):
28 Kim imom ortida namoz o‘qisa, imomning qiroati uning ham qiroati bo‘ladi, - deya marhamat qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) peshin va asr namozlarini o‘qib chiqqanlaridan so‘ng:
29 Sizdan kim A’lo surasini o‘qidi? - deb so‘radilar.
Hech kim indamagach, yana bir bor so‘raganlarida, jamoatdan bir kishi:
30 Men o‘qidim, ey Allohning rasuli, - dedi.
Rasuli Akram (s.a.v.) unga:
- Seni men bilan Qur’onni tortishayotganing holda ko‘rdim, - dedilar.