Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368498 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:47

96

Sufyon ibn Uyayna aytdi: «Abu Hanifa (r.a.) va Avzoi Makkada «Bug‘doychilar hovlisida birga bo‘lishdi. Avzoi Abu Hanifaga dedi:
- Sizga nima bo‘ldi, namozda rukuga borayotganda, rukudan turayotganda qo‘llaringizni ko‘tarmayapsiz?
Abu Hanifa bunday dedilar:
- Bu borada Rasulullohdan bir narsa sobit bo‘lmagani uchun.
Avzoi aytdiki:
- Nechun sobit bo‘lmasin? Zuhriy Salimdan, u otasidan Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qishni boshlayotganda, rukuga borayotganlarida va undan turayotganlarida qo‘llarini ko‘targanlari rivoyat qilingan.
Bunga javoban Abu Hanifa:
- Bizga Hammod Ibrohimdan, u Alqamadan, u Asvaddan, u Ibni Mas’uddan Rasululloh (s.a.v.) faqat namozni boshlayotganda qo‘llarini ko‘tarishlari, uni takror etmasliklarini rivoyat qilgan,- dedilar.
Avzoi:
- Men sizga Zuhriydan, u Solimdan, u otasidan rivoyat qilganini aytayapman. Siz menga Hammod Ibrohimdan rivoyat qildi, deyapsiz,- dedi.
Abu Hanifa:
- Hammod Zuhriydan faqihroqdir. Ibrohim Solimdan faqihroq edi. Alqama fiqhda Ibni Umardan kam emas. Ibni Umar sahobiy bo‘lsalar, yo unda suhbat fazilati bo‘lsa, Asvadda ko‘p fazilatlar bor. Abdulloh Abdullohdir, - degach Avzoi jim bo‘ldi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:26:55

97

Abu Hanifa (r.a.) Tarifdan, u Abu Sufyondan, u Abu Nazradan, u Abu Said Hudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: «Namozning kaliti tahoratdir. Takbir namozda boshqa ishlarni harom qilguchidir. Salom boshqa ishlarga ruxsatdir.
Har ikki rakatda salom ber, namoz Fotiha va undan so‘ng bir sura o‘qilmasa mukammal bo‘lmaydi».
Muqri Abu Hanifadan (r.a.) shunga o‘xshash bir hadis rivoyat etgan. Uning so‘nggiga: Muqri Abu Hanifadan «Ikki rakatda salom ber nima deganing?» deb so‘radim», deydi.
Abu Hanifa: «Undan maqsad «Tashahhuddir», dedilar Muqri: «Abu Hanifa to‘g‘ri aytdi», dedi. Bir rivoyatda: «Namoz faqat Fotiha va u bilan birga o‘qiladigan oyatlar bilan mukammal bo‘ladi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:03

98

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Abu Rabohdan, u Abu Hurayradan (r.a.)rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytadi: «Madinada Rasulullohning bir munodiylari (jarchilari. - Tarj.) bunday dedi: «Namoz faqat qiroat bilan, agar u «Fotiha» surasi bo‘lsada, bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:12

99

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas aytdi: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.), Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Hazrati Umar (r.a.) «Bismilloh"¦»ni ovoz chiqarib o‘qishmas edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:20

100

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Yazid ibn Abdulloh ibn Mu’affaldan rivoyat qiladi: «U bir imomning orqasida namoz o‘qidi. Imom «Bismilloh"¦»ni ovoz chiqarib aytdi. Namoz tugagach, imomga: «Ey Allohning quli. Bu nag‘mangni bizdan bartaraf qil. Men Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida, Hazrati Abu Bakr (r.a.), Hazrati Umar (r.a.), Hazrati Usmonlarning (r.a.) orqasida namoz o‘qiganman. «Bismilloh"¦»ni ovoz chiqarib aytganlarini eshitmaganman», dedi. Bular sahobiydir».
To‘plovchi aytadi: «Bu hadisni bir jamoat Abu Hanifadan (r.a.), u Abu Sufyondan, u Yaziddan, u otasidan (r.a.), u Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat etgan. «Bismilloh..»ni oshkora aytganlarini eshitmadim», degan xabari to‘g‘ridir. Chunki bu Abdulloh ibn Mu’affaldan kelgan mashhur xabardir».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:30

101

Abu Hanifa (r.a.) Adiydan, u Barodan rivoyat qiladi. Baro bunday deydi: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga xufton namozini o‘qidim. «Tiyn» surasini o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:38

102

Abu Hanifa (r.a.) va Mu’si Ziyoddan, u Qutba ibn Molikdan rivoyat qiladi. Qutba ibn Molik: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakatining birida «Qof» surasi, o‘ninchi oyatini o‘qiganlarini eshitdim», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:47

103

Abu Hanifa (r.a.) Musodan, u Abdulloh ibn Shaddoddan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim imomga iqtido etsa, imomning qiroati uning qiroati bo‘ladi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Sahobadan birlari Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) orqalarida peshin va asr namozida qiroat qildi, bir sahoba imo bilan uni qiroatdan qaytardi. Namoz tugagach unga: «Rasuli Akramning (s.a.v.) orqalarida qiroat qilishdan qaytarasanmi?» dedi. So‘ngra ikkalasi bu xususda bahslashdilar. Ularning bahsini Payg‘ambar (s.a.v.) eshitib: «Kim imomning orqasida namoz o‘qisa, imomning qiroati uning qiroati bo‘ladi», dedilar.
Yana bir rivoyatda: «Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) orqalarida qiroat qildi. Rasululloh (s.a.v.) uni bundan qaytardilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda aytilishicha Rasululloh (s.a.v.) kishilar bilan namoz o‘qidilar. U zot orqasida bir kishi qiroat qildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Mening ortimda qaysingiz qiroat qildi?»dedilar.
27 Men o‘qidim, ey Rasululloh, - dedi bir kishi.
Rasululloh (s.a.v.):
28 Kim imom ortida namoz o‘qisa, imomning qiroati uning ham qiroati bo‘ladi, - deya marhamat qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) peshin va asr namozlarini o‘qib chiqqanlaridan so‘ng:
29 Sizdan kim A’lo surasini o‘qidi? - deb so‘radilar.
Hech kim indamagach, yana bir bor so‘raganlarida, jamoatdan bir kishi:
30 Men o‘qidim, ey Allohning rasuli, - dedi.
Rasuli Akram (s.a.v.) unga:
- Seni men bilan Qur’onni tortishayotganing holda ko‘rdim, - dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:27:56

104

Abu Hanifa (r.a.) Abu Yafurdan, u Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi. Sa’d ibn Molik bunday dedi: «Biz namozda (rukuda. - Tarj.) qo‘llarimizni sonlarimiz orasiga qo‘yardik, so‘ng tizzalarimizga qo‘yishga buyurildik».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:04

105

Ibn Abi Subu’i Ibn Talha aytadi: «Abu Hanifaning (r.a.) Atodan «Imom: «Samiallohu liman hamidah», degach, «Robbana lakal hamd», deydimi?» deb so‘rayotganini ko‘rdim.
- Buni aytishi lozim emas, - deya javob berdi Ato».
Ibn Umardan rivoyat qilingan bir hadisda shunday kelgan: «Nabiy (s.a.v.) bizga namoz o‘qib berdilar. Rukudan bosh ko‘targanlarida: «Samiallohu liman hamidah», dedilar. Shunda orqalaridagi biri: «Robbana lakal hamdu, hamdan kasiyran toyyiban mubarokan fihi», dedi. Nabiy (s.a.v.) namozni tugatgandan so‘ng jamoatga qarab:
- Bu so‘zni aytgan kim edi? - deya uch marta so‘radilar.
Bir sahobiy:
- Ey Allohning Nabiysi, men aytdim, - dedi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Meni haq ila yuborgan Alloh taologa qasamki, senga qaysi 1 bo‘lib savob yozishga va uni ko‘tarishga musobaqa qilayotgan o‘ttizdan ortiq farishtani ko‘rdim,- deya marhamat etdilar».

Qayd etilgan