Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:14

106

Abu Hanifa (r.a.) Osimdan, u otasidan, u Voil ibn Hijrdan rivoyat qiladi. U: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) sajdaga boayotganlarida tizzalarini qo‘llaridan oldin yerga qo‘yardilar. Sajdadan turayotganlarida qo‘llarini tizzalaridan oldin ko‘tarar edilar», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:21

107

Abu Hanifa (r.a.) Tovusdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) yo bir necha sahobadan rivoyat qiladi: «Nabiyga (s.a.v.) yetti a’zo bilan sajda qilishga vahiy etildi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:29

108

Abu Hanifa (r.a.) Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbosdan (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: «Yetti a’zo bilan sajda qilishga, namozda soch va kiyimni tuzatmaslikka buyurildim».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:38

109

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Abu Nazradan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.): «Inson yetti a’zo: peshonasi, ikki qo‘li , ikki tizza va ikki oyoq uchi bilan sajda qiladi: Sajda qilganingizda har bir a’zoni joyiga qo‘yingiz. Ruku qilganda eshak kabi boshini egib belini chiqarmasin (ortini tekis tutsin. - Tarj.)», deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:46

110

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Abu Nazradan rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.): «Sajda qilayotganingizda oyoqlaringizni cho‘zmang. Inson yetti a’zosi bilan: peshonasi, ikki qo‘li, ikki tizzasi, ikki oyoq panjalari bilan sajda qiladi», dedilar.
Bir rivoyatda: «Sizlar sajda qilganda belingizni cho‘zmang», deyilgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) sajdada belini cho‘zishdan qaytarganlar», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:28:54

111

Abu Hanifa (r.a.) Jabla ibn Suhaymdan, u Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim namoz o‘qisa, it kabi tirsaklarini yerga to‘shamasin», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:06

112

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bomdod namozida faqat bir oy Qunut duosini o‘qidilar, bundan oldin ham keyin ham mushriklarni duo bad qilganlari ko‘rilmadi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:15

113

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, Atiyya Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) faqat qirq kun Usayya va Zakvon ahlini badi duo qilib, Qunut duosini o‘qidilar. So‘ng vafotlariga qadar bomdodda Qunut o‘qimadilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:22

114

Abu Hanifa (r.a.) Osimdan, u otasidan, u Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi. Voil ibn Hujr aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) namozda o‘tirganlarida chap oyoqlarini to‘shab ustiga o‘tirardilar, o‘ng oyoqlarini esa tik tutar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:30

115

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Hazrati Ibni Umardan (r.a.):
34 Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida ayollar qanday namoz o‘qirdi? - deya so‘raldi.
Hazrati Umar (r.a.):
- Ayollar chordona qurib o‘tirar edilar. Keyin sonlari ustiga (quymichlarida. - Tarj.) o‘tirishga buyurildilar, - deya javob berdi».

Qayd etilgan