Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367708 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:39

116

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Abu Barodan rivoyat qiladi. Abu Baro aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bizga Qur’ondan sura o‘rgatganlaridek namozdagi tashahhudni o‘rgatar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:47

117

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, Qosim otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizga namozning xutbasini, ya’ni tashahhudni o‘rgatdilar», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:29:56

118

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Abu Voildan, u Shaqiq ibn Salamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh aytadi: «Biz Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) orqalarida namoz o‘qirdik va «Assalomu alaalloh» der edik».
Bir rivoyatda: «Min ibodihi Assalamu ‘ala Jibriyla va Mikoila» qo‘shilgan.
Nabiy (s.a.v.) bizga burilib dedilar:
35 Alloh taolo o‘zi salomdir, siz tashahhudga o‘tirganda bunday deng:
«Attahiyyatu lillahi vas-salavatu vat-toyyibatu. Assalamu ‘alayka ayyuhan - nabiyyu va rahmatullohi va barokatuhu. Assalamu ‘alayna va ‘ala ibadillahis - solihiyn. Ashhadu an La ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va Rasuluh».
Bir rivoyatda bunday deyiladi:
«As-salomu ‘alalloh, as-salomu ‘ala Jibriyla, as-salamu ‘ala Rasululloh», deyishardi. Rasululloh (s.a.v.): «As-salamu ‘alalloh demang, balki:
«Attahiyyatu lillahi vas-salavatu"¦», deb ayting.
Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) ularga tashahhudni oxirigacha o‘rgatdilar», deyilgan. Bir rivoyatda «Bizga o‘rgatdilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda bunday keladi: «Biz Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan namoz o‘qiganimizda, namoz oxirida o‘tirganimizda: «As-salamu ‘alalloh, as-salamu ‘ala Rasululloh va ‘ala mala’ikatihi..», der edik. Rasululloh (s.a.v.): «Bunday demang, lekin: «Attahiyyatu lillahi vas-salavatu vat-toyyibatu"¦» denglar», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:04

119

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.) o‘ng tomonlariga: «As-salomu alaykum va rahmatulloh», deya salom berar edilar. O’ng va chap tomonlariga salom berganlarida yuzlarining yarmi orqalaridan ko‘rinar edi».
Bir rivoyatda: «O’ng yonoqlarining oqligi ko‘rinar edi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:15

120

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytadiki: «Rasululloh (s.a.v.) ikki marta, ya’ni o‘ng va chap tomonlariga salom berar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:24

121

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim (r.a.) aytadi: «Abdulloh ibn Mas’ud, Huzayfa, Abu Muso (r.a.) va boshqa ashoblar bir uyda to‘plandilar. Namoz vaqti kirganida: «Oldinga (imomlikka. - Tarj.) o‘t, ey falonchi», dedilar. U kishi esa oldinga o‘tishdan bosh tortdi va:
- Ey Abu Abdurrahmon!.. Siz oldinga o‘ting, - deyishdi.
Shundan so‘ng Abdurrahmon imomlikka o‘tdilar va ruku va sajdani mukammal etib, qisqa qilib namoz o‘qidilar. Namozni tugatganida jamoat:
- Abu Abdurrahmon Rasulullohning (s.a.v.) namoz o‘qishlarini yodda tutgan ekan, - dedi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:32

122

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Jobirdan, u Abu Saiddan rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirganda Ul zotni bir buyra ustida namoz o‘qib, uning ustiga sajda qilayotganlarini ko‘rdi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:40

123

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) o‘tirib, tik turib va o‘ralib namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:30:49

124

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Hasandan (r.a.) rivoyat qiladi. Hasan (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) ko‘z og‘rig‘i sababli o‘ralib namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:00

125

Damig‘on qozisi Muhammad ibn Bukay bunday dedi: «Abu Hanifaga (r.a.) «Kasal hushini yo‘qotsa namoz vaqti kirganda unga nima qilish lozim?» deya maktub yozdim. U kishi menga: Muhammad ibn Munkadirdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilib yozdilar. «Jobir aytadi: «Men kasal bo‘lganimda Nabiy (s.a.v.) meni ko‘rishga keldilar. Yonlarida Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) bor edilar. Namoz vaqti kirgan payt kasalligim tufayli hushimni yo‘qotdim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat oldilar va menga tahorat suvidan sepdilar va mendan: «Qandaysan, ey Jobir?» deya so‘radilar va so‘ngra: «Kuching yetuncha imo-ishora bilan bo‘lsa-da, namoz o‘qi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan