Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368270 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:11

126

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) juda holsiz, behush bo‘lgach: «Abu Bakrga ayting, odamlarga (jamoatga"¦ - Tarj.) namoz o‘qib bersin», dedilar. «Hazrati Abu Bakr (r.a.) tortinchoqlar. O’zlaricha Sizning maqomingizga o‘tishga iymanadilar», deyildi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Sizga buyurilgan ishni qiling», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:18

127

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Oisha onamizidan (r.a.) rivoyat qiladi.Hazrati Oisha (r.a.) aytadilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) behush, holsiz bo‘lganlarida: «Abu Bakrga ayting, odamlarga namoz o‘qib bersin», dedilar. Yo Rasululloh, hazrati Abu Bakr tortinchoqlar, sizning maqomingizda turishga iymanadilar», deyildi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Abu Bakrga ayting, odamlarga namoz o‘qib bersin, ey Yusufning suyukli yo‘ldoshlari», dedilar va bu so‘zlarini bir necha bor takrorladilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:27

128

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlari oldidan kasalliklaridan biroz yengillashganlarida namoz vaqti kirgach. Ul zot (s.a.v.) Oisha onamizga (r.a.): «Hazrati Abu Bakrga ayting, odamlarga namoz o‘qib bersin», dedilar. Oisha onamiz (r.a.) Abu Bakrga «Allohning rasuli (s.a.v.) jamoatga namoz o‘qib berishingizni buyuryaptilar», deb xabar yubordilar. U kishi: «E qizim, men keksa, nozik odamman. Rasulullohni o‘rinlarida ko‘rmasam, chiday olmayman. Sen va Hafsa Rasulullohning yonlariga boringlar. Hazrati Umarga xabar yuboradilar. U jamoatga namoz o‘qib beradi», dedilar. Men aytganlarini qildim. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar Yusufning yo‘ldoshlarisiz, hazrati Abu Bakrga buyuring, odamlarga namoz o‘qib bersin», dedilar». Azon aytilganida hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) muazzinning «Hayya alas solah» deyayotganini eshitdilar. Rasululloh (s.a.v.): «Meni turg‘izinglar», dedilar. Oisha onamiz raziyallohu anho: «Men hazrati Abu Bakrga jamoatga namoz o‘qib berishlarini aytdim. Siz uzrlisiz», dedilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Meni turg‘izinglar, namoz ko‘zimning quvonchi etilgan», deya marhamat qildilar. Ikki kishi orasida turg‘azildilar, oyoqlari yerda sudralar edi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) kelganlaridan boxabar bo‘lgach, orqaga o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) unga ishora qildilar va Abu Bakrning (r.a.) chap tomoniga o‘tirdilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldida takbir aytdilar , hazrati Abu Bakr (r.a.) U zotning takbirlarini baland ovozda takrorlar edi. Jamoat namoz tugaguncha hazrati Abu Bakrning (r.a.) takbiri bilan takbir aytdi. Rasululloh vafotlariga qadar bu namozdan boshqa jamoatga namoz o‘qib bermadilar. Abu Bakr imom bo‘ldilar. Rasululloh vafotlariga qadar og‘ridilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:35

129

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibrohim (r.a.): «Qavmga zinodan tug‘ilgan farzand, qul, badaviy Qur’on o‘qishni bilsa, imomlik qilishi mumkin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:52

130

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytadi: «Nabiy (s.a.v.) bir odamga imomlik qilib namoz o‘qidilar. U odam Rasulullohning orqalarida, uning orqasida ayol namoz o‘qidi. Rasululloh namozni ular bilan jamoat bo‘lib o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:31:59

131

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Yasordan, u Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo va farishtalari saflarini to‘la qilib namoz o‘qiganlarga salot va salom aytadi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:10

132

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytadiki: Rasululloh (s.a.v.): «Kim bomdod va xufton namozlarini jamoat bilan o‘qisa, uning uchun ikki xaloslik bor: biri - munofiqlikdan xaloslik, 2si - shirkdan xaloslik», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:17

133

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim qirq kun jamoat bilan uzluksiz namoz o‘qisa, unga (nomai a’moliga. - Tarj.) munofiqlikdan va shirkdan xaloslik yoziladi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:25

134

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Shabiydan (r.a.), u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.): «Nabiy (s.a.v.) ayollarning bomdod va shom namozlariga borishlariga ruxsat berdilar», dedilar. Shunda bir odam: «Bu ruxsatni su’iste’mol qilishlari mumkin», dedi. Ibn Umar (r.a.): «Men senga «Allohning rasulidan (s.a.v.) naql qilyapman. Sen bo‘lsang, bunday deysan», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:33

135

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. «Allohning rasuli (s.a.v.): «Kechki ovqat hozir bo‘lib, muazzin xuftonga azon aytsa, avval ovqatni yenglar», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan