Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368415 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:43

136

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Jobir ibn Asvad yoxud Asvad ibn Jobirdan, u otasidan (r.a.) rivoyat qiladi. «Ikki kishi Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida peshin namozini uylarida o‘qidilar. Zero, ular jamoat namozni o‘qib bo‘lgan deb o‘ylashgan edi. So‘ng bu ikki odam masjidga keldilar. Bu payt Rasululloh (s.a.v.) namozda edilar. U ikkisi jamoatga qo‘shilib namoz o‘qishni o‘zlariga mumkin emas, deb o‘ylab masjidning bir chetiga o‘tirdilar. Namoz tugagach Rasululloh (s.a.v.) ikkisini ko‘rdilar va ularga odam yubordilar. Ular Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelganda o‘zlari haqida biror yomon narsa bo‘lgan, degan gumonda titray boshladilar. Rasululloh (s.a.v.) ulardan so‘radilar. Ular bo‘lgan voqeani aytib berishdi. Rasuli akram (s.a.v.): «Agar shunday bo‘lsa odamlar bilan birga namoz o‘qing, 1 o‘qigan namozingiz bilan farzni ado etgan bo‘lasiz», deya marhamat qildilar». Bu hadisni ko‘pchilik Abu Hanifadan (r.a.) rivoyat qilgan. Haysamning bu hadisni Rasulullohga (s.a.v.) bog‘laganlarini aytishgan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:51

137

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan, u Amradan, u esa Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Insonlar juma namoziga ust-boshlari chang-tuproq bo‘lib terlab borishar edi. Ularga: «Kim juma namoziga borsa, g‘usl qilsin», deyildi».
Bir rivoyatda: «Insonlar yerda ishlashardi. Ustlari ter va chang-tuproq holda masjidga borishardi. Rasululloh (s.a.v.) ularga: «Jumaga kelganingizda g‘usl olib kelinglar», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:32:59

138

Abu Hanifa (r.a.) Mansur va Muhammad ibn Bishr Nofe’dan, u Ibn Umardan (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.): «Namozga kelgan kishiga g‘usl vojibdir», deb marhamat qilganlarini rivoyat etishgan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:06

139

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) juma kuni minbarga chiqqanlarida xutbadan avval bir oz o‘tirar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:15

140

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u bir kishidan rivoyat qiladi.. U kishi Rasulullohning (s.a.v.) juma kuni xutbalari qanday bo‘lishini Ibn Mas’uddan (r.a.) so‘radi. Ibn Mas’ud unga: «Juma surasini o‘qiysanmi?» dedi. «O’qiyman, biroq yodlamaganman», dedi haligi kishi. Ibn Mas’ud (r.a.) «(Ey Muhammad alayhissalom), qachon ular biron tijoratni yoki o‘yin-kulguni ko‘rib qolsalar, o‘shanga qarab sochilib-tarqalib ketadilar va Sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark qiladilar"¦» oyatini o‘qib berdi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:28

141

Abu Hanifa (r.a.) Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil Kufiyyidan, u Yoqub ibn Yusuf ibn Ziyoddan, u Abu Junodadan, u Ibrohimdan, u Said ibn Jubayrdan, u Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) juma namozida «Juma» va «Munofiqun» suralarini o‘qir edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:35

142

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Hubayb ibn Solimdan, u No‘‘mon ibn Bashirdan rivoyat qiladi. No‘‘mon ibn Bashir aytdiki: «Payg‘ambar (s.a.v.) Juma va Hayit namozlarida «A’lo» va «G’oshiya» suralarini o‘qir edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:42

143

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Har juma kechasi Alloh taolo maxluqlarini uch marta nazorat qiladi», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:49

144

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Hasandan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim juma kuni vafot etsa, qabr azobidan saqlanadi», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:33:58

145

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Ummu Atiyyadan eshitgan kishidan rivoyat qiladi: Ummu Atiyya aytadi: «Ayollarga ikki hayit namoziga chiqishga ruxsat berildi. Hatto ikki yosh qiz bir libos kiyib chiqardi. Hayz ko‘rganlar ham chiqardilar. Ular odamlar yonida o‘tirib birga duo qilishardi, ammo namoz o‘qimas edilar».

Qayd etilgan