Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 252653 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #15 : 08 Avgust 2006, 06:08:52 »
10

Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Muslim Havloniydan rivoyat qiladi. Abu Muslim Havloniy aytdi: «Muoz Xumuzga kelganida bir yosh yigit uning oldiga borib: «Silai rahm va yaxshilik qiluvchi, to‘g‘riso‘z, omonatdor, yomon ishlardan uzoq yuruvchi, kuchi yetgunicha xayrli ishlar qiluvchi, biroq Alloh va rasuli haqida shubhasi bor bir kishi haqida nima deysiz?» deya so‘radi. Muoz aytdiki: «Uning barcha amallari bekor ketadi». Yigit: «Gunoh-ma’siyatlar, zino qilgan, mollarni nohaq olgan, biroq Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga ixlos bilan ishongan kishi haqida nima deysiz?»dedi. «U haqda umid va qo‘rquv orasidaman», dedi Muoz. Yigit: «Qasamki, imondagi shubha amallarni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, shubha aralashmagan imonga gunohlar zarar bermaydi», dedi va ketdi. Bu gapni eshitgan Muoz: «Sunnatni bu kishidan ham yaxshiroq biladigan odam bo‘lmasa kerak», dedi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #16 : 08 Avgust 2006, 06:09:07 »
11

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Abu Molik al-Asjoidan, u Rabi ibn Haroshdan, u Huzayfadan rivoyat qiladi. Huzayfa dedi: «Islom kuylakdagi naqshlar kabi o‘chib ketadi, faqat qari chol yo kampir qoladi. Ular: «La ilaha illalloh (Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deydigan insonlar bor edi» deyishadi-yu, o‘zlari bu so‘zni aytmaydilar. Silo ibn Zufar bunday dedi: «Ularga bu so‘z foyda beradimi, ey Abdulloh! Axir ular ro‘za tutmaydilar, namoz o‘qimaydilar, haj qilmaydilar, sadaqa bermaydilar-ku. U aytdi: «U so‘z bilan do‘zzaxdan qutiladilar». U 2 marta ovozini ko‘tarib: «Ey Silo ibn Zufar, shu kalima bilan o‘sha qariyalar jahannamdan qutiladilar», dedi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #17 : 08 Avgust 2006, 06:09:20 »
12

Abu Hanifa (r.a.) va Mas’ud Yaziddan rivoyat qiladi. Yazid: «Men xorijiylar kabi ishonardim so‘ng Rasulullohning (s.a.v.) bir sahobasidan so‘radim. U menga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) aytganfikrlari mening aytgan fikrimga zid ekanini aytdi. Men unga: «Alloh taolo meni sen tufayli qutqardi», dedim.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #18 : 09 Avgust 2006, 20:46:01 »
13

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Biz Alqama ibn Marsad bilan birga ibn Rabohning yonida edik. Alqama undan so‘radi: «Ey Abu Muhammad, bizning diyorda insonlar o‘zlariga iymonni da’vo qilishmaydi va biz xaqiqiy mo‘minmiz», deyishni o‘zlariga ma’qul ko‘rmay, «Inshaalloh, biz mo‘minmiz», deyishadi
U: «Ularga nima bo‘lgan? Nega «Biz mo‘minmiz» demaydilar», dedi. Alqama: «Ular agar biz o‘zimizga haqiqiy iymonni istasak, jannatni o‘zimizniki qilgan bo‘lamiz, deyishadi», dedi. U: «Subhanalloh, bu shaytonning tuzog‘i va hiylasidir. Alloh taoloning eng ulug‘ ehsoni - imonni rad etishga va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga xilof qilishga shayton ularni undamoqda. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari o‘zlarini haqiqiy mo‘minligini aytishganlarini va buni Rasulullohdan (s.a.v.) naql qilishganlarini bilaman. Ularga ayting: «Biz haqiqatan mo‘minlarmiz», desinlar. Faqat: «Biz shubhasiz jannatiylardanmiz», demasinlar. Chunki Alloh taolo ko‘k ahliga va yer ahliga azob berishni xohlasa, azob beradi. Bu bilan Alloh ularga zulm qilmaydi». Alqama: «Ey Abu Muhammad, hatto ko‘z ochib yumganchalik vaqt mobaynida ham isyon etmagan farishtalarni, Alloh azoblasa ularga zulm qilgan bo‘lmaydimi?» dedi.
Abu Muhammad: «Ha», dedi. Alqama: «Bu bizlarga juda katta ish, biz buni qanday tushunamiz?» dedi. Bunga javoban Abu Muhammad: «Ey birodarimning o‘g‘li, qadar ahli ham xuddi mana shu o‘rinda adashdilar. Sen ularning aytganlaridan o‘zingni tiy. Zero ular Alloh taoloni rad etuvchi, Alloh taoloning dushmanlaridir. Haq subhanahu taolo payg‘ambariga: «Eng mukammal dalillar Allohga oiddir. Shoyad Alloh xohlasa, sizlarning barchangizni hidoyatga solgan bo‘lardi», deya marhamat qilmadimi?»dedi. Alqama: «Yo Abu Muhammad! Qalblarimizdan bu shubhani ketkizadigan etib sharhlang!» dedi.
Abu Muhammad: «Alloh taolo farishtalarni toatga undab, toatni ilhom etib, ularni toatga rag‘barlantirib toatga buyurmadimi?» deya so‘radi. «Ha», dedi Alqama. Shunda Abu Muhammad aytdiki: «Bu Alloh taolo ularga bergan ne’matlardir. Agar Alloh taolo bu ne’matlarning shukrini ulardan talab qilsa, bunga ularning kuchlari yetmas edi. (Shukrda) nuqsonga yo‘l qo‘yishardi. Alloh taolo ne’matlarining shukrini to‘la qilmaganligi uchun ularga azob bersa, zulm qilgan bo‘lmaydi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #19 : 09 Avgust 2006, 20:46:10 »
14

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi: Suroqa ibn Molik: «O’ Rasululloh, bizga dinimizdan gapirib bering. Go‘yo biz u uchun tug‘ilgandaymiz. Biz taqdirda belgilangan va qalamlar bitgan narsalarni qilamizmi? Yo duch kelgan narsalarni qilamizmi? Amal nimada?» dedi. «Taqdirda belgilangan, qalam bitgan narsada», dedilar Allohning rasuli (s.a.v.). Biz: «U holda amal nechun?» deb so‘ragan edik, Rasululloh (s.a.v.): «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa shunga muvaffaq bo‘ladi. Kim molini Alloh uchun bersa, Allohdan qo‘rqsa , shahodat kalimasini tasdiqlasa, biz bu bandani jannat ahlining amalini bajarishga muvaffaq qilamiz. Kim xasis bo‘lsa, Allohdan qo‘rqmasa, kalimai shahodatni yolg‘onga chiqarsa, biz unga jannat ahlining amalini qiyinlashtirurmiz».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #20 : 09 Avgust 2006, 20:46:18 »
15

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u esa Abdulaziz ibn Rofidan, u Mus’abdan, u Sa’ddan rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: « Alloh taolo har bir jonning kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo‘ygan», dedilar. «U holda amal nechun, ey Allohning rasuli?» deyildi. Marhamat etdilar: «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa, shunga muvaffaq bo‘ladi. Kimki jannat ahlidan bo‘lsa, u jannat ahlining amallariga muvaffaq bo‘ladi. Kim do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlining amallariga muvaffaq bo‘ladi». «Endi amal qilish lozim», dedi bir ansoriy.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #21 : 11 Avgust 2006, 05:58:00 »
16

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Mus’ab ibn Sa’d ibn Vaqqosdan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Vaqqos bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo har bir jonni kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo‘ygan», dedilar. Ansorlardan bir kishi: «Unda amal nechun, yo Rasululloh?» deya so‘radi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Amal qiling! Har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa, shunga muvaffaq bo‘ladi. Badbaxtlar badbaxtlarning amaliga, baxtlilar baxtlilarning amaliga muvaffaq bo‘ladi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi. Boshqa rivoyatda: «Amal qiling! Har kim muvaffaqdir. Jannat ahli jannatiylar amaliga, jahannam ahli do‘zaxiylar amaliga muvaffaq qilinadi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #22 : 11 Avgust 2006, 05:58:15 »
17

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Nafiydan, u esa Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Taqdir yo‘q», deydigan insonlar chiqadi. Ular iymondan chiqib zindiq bo‘ladilar. Ularga duch kelganingizda salom bermang. Kasal bo‘lsa borib ko‘rmang. O’lsalar dafniga qatnashmang. Ular Dajjolning jamoasi, bu ummatning majusiylaridir. Alloh taolo ularni muhaqqaq otashda yoqadi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #23 : 11 Avgust 2006, 05:58:25 »
18

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Taqdir yo‘q deguvchi insonlar chiqadi. Ular imondan ayrilib zindiq bo‘ladilar. Ular bilan uchrashganingizda salom bermang. Kasal bo‘lishsa, ko‘rishga bormang. O’lsalar, janozasida bo‘lmang. Ular Dajjol guruhidandir; bu ummatning majusiylaridir. Ularni majusiylarga qo‘shish Alloh taoloning haqidir».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #24 : 12 Avgust 2006, 11:26:56 »
19

Abu Hanifa (r.a.) Solimdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo qadariylarni la’natlasin. Alloh taolo mendan oldin yuborgan har Nabiy ummatini qadariylardan ogohlantirib qadariylarni la’natlagan».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #25 : 12 Avgust 2006, 11:27:32 »
21

Abu Hanifa (r.a.) Nofe’dan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Umar aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qadariylar bu ummatning majusiylaridir. Ular Dajjolning jamoasidir».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #26 : 31 Avgust 2006, 07:06:35 »
22

Abu Hanifa (r.a.) Yazid ibn Suhaybdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.) shafoati ila ahli imonni do‘zaxdan chiqaradi», dedilar.
Yazid: «Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Ular u yerdan, otashdan chiqmagaylar», dedi. Jobir: «Bundan oldingi «Muhaqqaqki, kofirlar…», deb boshlangan oyatni o‘qidi. Bu faqat kofirlar haqidadir», dedi. (Yana bir rivoyatda): «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati tufayli imon ahli do‘zaxdan chiqadi», dedilar.
Yazid aytdiki: «Haq taolo oyatida: «Shubhasiz, ular u yerdan chiqquvchi emaslar», dedim, dedi. Shunda Jobir: «Muhaqqiq kofirlar…» deb boshlanadigan oyatni o‘qi, ular kofirlar», dedi. Boshqa bir rivoyatda (Yaziddan rivoyat qilinadi) Yazid aytdi: «Jobirdan shafoat haqida so‘radim. «Alloh imon ahlidan bir jamoatga gunohlari sababli azob beradi, so‘ngra Muhammad alayhissalomning shafoati ila do‘zaxdan chiqaradi», dedi Jobir. Shunda men: «Kalomi majidda nima deyilgan?» deyishim bilan (yuqoridagi. - Tarj) hadisni zikr etdi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #27 : 31 Avgust 2006, 07:06:45 »
23

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Robe’ bin Xorroshdan, u Xuzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Xuzayfa (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo tavhid ahlidan bir jamoani olovda yoqib ko‘mir bo‘lgandan so‘ng, do‘zaxdan chiqaradi va ularni jannatga kiritadi. Jannat ahli ularni «jahannamiylar» deb nomlaganliklari tufayli ular Allohdan yordam so‘raydilar. Alloh taolo buni ulardan ketkizadi».

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #28 : 31 Avgust 2006, 07:06:54 »
24

Abu Hanifa (r.a.) Atiyadan, u Abu Saiddan, u esa Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. «Shoyadki Rabbing seni maqtalgan maqomga yetkazgay» oyatidagi «Maqomi mahmud» shafoatdir. Alloh taolo imon keltirgan insonlardan bir jamoani gunohlari sababidan azoblaydi. Keyin esa Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan azobdan chiqadilar. So‘ng ular abadiy hayot deyilguvchi bir daryoga keltiriladilar. Unda cho‘miladilar so‘ng jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamliklar» deya ataladilar. So‘ng Allohga yolvoradilar. Alloh taolo ulardan u ismni olib tashlaydi».
Bir rivoyatda bunday deyiladi: «Alloh taolo imon va qibla ahlidan bir qavmni Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan do‘zaxdan chiqaradi. Bu shafoat «maqomi mahmud»dir. So‘ngra u qavm «hayovon - abadiy hayot» nomi berilgan bir daryoga olib kelinadilar va unga tashlanadilar. Keyin u yerda qush qo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar. Keyin u yerdan chiqadilar, jannatga kiradilar. Ular jannatda «jahannamiylar», deya nomlanadilar. So‘ngra ular Allohdan bu nomni o‘zlaridan ketkazilishini so‘raydilar. Alloh ulardan bu nomni ketkizadi. Ular: «Allohning ozod etganlari», deya nomlanadilar».
Abu Hanifa (r.a.) bu hadisni Abu Shaddot ibn Abdurahmondan, u Abu Saiddan rivoyat qildi.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #29 : 31 Avgust 2006, 07:07:05 »
25

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiya al-Avfiydan rivoyat qiladi. Al-Avfiy aytadi: «Abu Said al-Hudriyning bunday deganini eshitdim: «Men Rasulullohning (s.a.v.) mana bu oyatni o‘qiyotganlarida eshitdim: «Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudga yetkazgay». Oyatni o‘qigach bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo imon va ahli qibladan do‘zaxga kirgan bir guruhni Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati bilan chiqaradi. Bu «maqomi mahmud»dir. Ular «hayovon» deb nomlangan daryoga keltiriladilar va unga tashlanadilar. So‘ng qushqo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar. So‘ngra chiqib jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamiylar» deya nomlanadilar. Ular bu ismni ketkizishi uchun Alloh taologa yolvoradilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ketkizadi».

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 24421
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:26:30
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 14140
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26092
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2929
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2901
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz