Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368647 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:07

146

Abu Hanifa (r.a.) Abdulkarimdan, u Ummu Atiyyadan rivoyat qiladi. Ummu Atiyya aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) biz ayollarga Ramazon hayiti va Qurbon hayiti namozlariga chiqishga ruxsat berardilar».
Bir rivoyatda Ummu Atiyya aytadi: «Ikki hayitda hayzda bo‘lgan ayollar ham chiqib, ayollarning yoniga o‘tirib duo qilishar edi».
Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga Qurbon hayiti va Fitr kuni namoz o‘qiladigan joyga o‘ranib - hayz ko‘rganlar ham qo‘shilib - chiqishimizni buyurdilar. Biroq hayz ko‘rganlar ajralib, ibodat qilayotganlarni va ularning duolarini ko‘rib turardilar.
Bir ayol: «Yo Rasululloh! Birortamizning jilbobimiz bo‘lmasa"¦» deganida, Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Qardoshi jilbobini kiygizsin», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:15

147

Abu Hanifa (r.a.) Adiydan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) hayit kuni namozgohga chiqdilar. Namozdan oldin ham keyin ham biror nafl namoz o‘qimadilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:27

148

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi. Anas bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.) bilan peshin namozini to‘rt rakat o‘qidik. Zulhulayfada esa asr namozini ikki rakat qilib o‘qidik».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:40

149

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) dedi: «Rasululloh (s.a.v.) safarda ikki rakat namoz o‘qir edilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Hazrati Umar (r.a.) ikki rakatdan oshiq o‘qimasdilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:47

150

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. «Abdullohning (r.a.) oldiga kelib: «Hazrati Usmon (r.a.) Minoda to‘rt rakat o‘qidi»deb aytishdi. Abdulloh (r.a.) bu gapni eshitgach: «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Men Rasululloh (s.a.v.) bilan, Abu Bakr (r.a.) bilan, Umar (r.a.) bilan ikki rakat o‘qiganman», dedi. So‘ng Abdulloh (r.a.) Hazrati Usmon (r.a.) bilan namozda hozir bo‘ldi va u bilan to‘rt rakat o‘qidi. Abdullohga: «Fikringdan qaytdingmi?» deyildi. «Men nima aytgan bo‘lsam aytdim. To‘rt rakat o‘qidim. Chunki xilofat shuni taqozo etdi. Minoda to‘rt rakat namozni to‘la o‘qigan 1 kishi hazrati Usmondir (r.a.)», dedi Abdulloh (r.a.)».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:34:55

151

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Mujohiddan rivoyat qiladi. Mujohid Abdulloh ibn Umarga Makkadan Madinagacha hamrohlik qildi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Madinaga qarab ulovi ustida imo-ishorat bilan namoz o‘qidilar. Biroq farz va vitr namozlarini ulovdan tushib yerda o‘qirdilar. Mujohid: «Undan ulovi ustida yuzini Madinaga qilib namoz o‘qigani haqida so‘radim. U menga: «Rasululloh (s.a.v.) ulovlari ustida yuzlari qaragan tomonga imo-ishora bilan nafl namoz o‘qirdilar»,- deb aytdi», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:03

152

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ya’fur Abdiydan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilgan kishidan rivoyat qiladi: Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo sizga bir namozni ziyoda qildi. U vitr namozidir», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo sizga besh vaqt namozni farz qildi va vitr namozini ziyoda etdi», deyiladi.
Boshqa rivoyatda «Alloh taolo sizga vitr namozini ziyoda qildi» shaklida keladi.
Yana bir rivoyatda bunday deb aytilgan: «Alloh taolo sizga bir namoz ziyoda qildi, u vitrdir. Uni doimo ado eting».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:11

153

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Osim ibn Hamzadan (r.a.) rivoyat qiladi. Osim (r.a.) aytdi: «Men hazrati Alidan vitr namozi vojibmi?»- deb so‘radim. «Yo‘q, biroq Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlaridir. Uni tark etish hech kimga durust emas», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:18

154

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) vitrni uch rakat o‘qirdilar. 1 rakatda «Sabbihisma robbikal a’la», 2 rakatda «Qul ya ayyuhal kafirun»,3 rakatda «Qul huvallohu ahad» suralarini o‘qir edilar».
Bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) vitr namozining 1 rakatida Fotihani va «Sabbihisma robbikal a’la»ni, 2 rakatda Fotiha va Kafirun suralarini,3 rakatda Fotiha va Ixlos suralarini o‘qirdilar.
Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) vitr namozini uch rakat o‘qir edilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:26

155

Abu Hanifa (r.a.) Zabid ibn Xars Yamiydan, u Ibn Umardan (r.a.), u Abdurahmon ibn Abzoyddan rivoyat qiladi. U aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) vitr namozining 1 rakatida «A’lo» surasini, 2 rakatda Kafirun,3 rakatda Ixlos suralarini o‘qir edilar». Boshqa rivoyatda 1 rakatida A’lo surasini, 2 rakatda Kofirun surasini,3 rakatda Ixlos surasini o‘qirdilar.

Qayd etilgan