Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367806 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:34

156

Abu Hanifa (r.a.) Abu Sufyondan, u Abu Nazradan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Vitr namozida bo‘lish, (bir rakatni alohida o‘qish) yo‘qdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:42

157

Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Rasulullohning (s.a.v.): « Tunning avvalidagi Vitr shaytonning jahlini chiqishiga boisdir. Saharlik yeyish Allohning roziligidir», deganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:35:56

158

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abu Abdulloh Jadaliydan, u Abu Mas’ud Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Mas’ud Ansoriy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarga oson bo‘lsin, deb vitrni kechaning avvalida, o‘rtasida va oxirida o‘qiganlar. Bu vaqtlarning qaysisida o‘qisalar ham to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq kim tun oxirida uyg‘onishiga ishonsa, vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Chunki bu afzaldir».
Bir rivoyatda Abu Abdulloh Jadaliy Uqba ibn Omir va Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi. Bu ikkisi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarga kenglik bo‘lsin, deya ba’zan kechaning avvalida, ba’zan o‘rtasida, ba’zan esa oxirida vitr namozini o‘qir edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:04

159

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) peshin, yo asr namozi rakatini ko‘p yoki kam qildilar. Namozni tugatib salom berganlarida so‘raldi: «Yo Rasululloh, namozda biror yangilik bo‘ldimi yo unutdingizmi?». Rasululloh (s.a.v.): «Siz unutganingiz kabi men ham unutaman. Agar unutsam menga eslating», dedilar. So‘ngra qiblaga yuzlanib, ikki marta sajda qildilar va tashahhud o‘qidilar. So‘ng o‘ng va chap tomonga salom berdilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:10

160

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Iyoz Ash’ariydan, u Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Muso Ash’ariy aytdi: «Nabiy (s.a.v.) Sod surasida sajda qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:19

161

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Ibn Voildan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh ibn Mas’ud Habashistondan kelganida Rasulullohga (s.a.v.) namoz o‘qiyotganlarida, salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) alik olmadilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) namozni tugatgach, Ibn Mas’ud: «Alloh taoloning ne’matini yomon ko‘rishdan panoh tilayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Nima bo‘ldi?» dedilar. Ibn Mas’ud: «Salom berdim, alik olmadingiz?» dedi. Rasuli akram (s.a.v.): «Namozda mashg‘ul bo‘linadi. Bundan buyon hech kim salomiga javob qaytarmaymiz», deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:27

162

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Men uxlayotganimda Rasululloh (s.a.v.) tunda namoz o‘qirdilar, kiyimlarining bir tomoni ustimga tushardi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:38

163

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) namozda ekanlikni bildirish uchun erkaklarga tasbehni, ayollarga chapakni sunnat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:36:54

164

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvad ibn Yaziddan rivoyat qiladi. Asvad ibn Yazid (r.a.) Oisha onamizdan (r.a.) namozni buzadigan holatlarni so‘radi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Ey Iroq ahli! Siz namoz o‘qiyotgan kishining oldidan eshak, ayol, it va mushuk kesib o‘tsa, uning namozi buziladi, deb o‘ylaysiz. Siz bizni ular bilan tenglashtirdingiz. Men uxlab yotganimda Nabiy (s.a.v.) yonimda namoz o‘qir edilar, kiyimlarining bir tarafi ustimga tegardi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:07

165

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) bunday dedi: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kunda quyosh tutildi. Rasululloh (s.a.v.) xutba qildilar va dedilar:
- Quyosh va oy Alloh taoloning oyatlaridan ikki oyatdir. Hech kimning hayoti va mamoti uchun ular tutilmaydi. Agar tutilganini ko‘rsangiz namoz o‘qing, Alloh taologa hamd ayting. Qaysi tutilgan bo‘lsa chiqquniga qadar takbir va tasbeh ayting.
So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) minbardan tushdilar va ikki rakat namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan