Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368607 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:17

166

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Soibdan, u otasidan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kun quyosh tutildi. Odamlar: «Quyosh hazrati Payg‘ambarning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgani tufayli tutildi», deyishdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) namozda qiyomda uzoq turdilar. Sahobalar hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ruku qilmaydilar, deb o‘ylashdi. Keyin u zot rukuga bordilar. Rukulari qiyomlari qadar uzoq davom etdi. Rukudan bosh ko‘tarib, rukulari qadar uzoq turdilar. Keyin sajda qildilar. Sajdalari ham qiyomlaridek uzoq bo‘ldi. Ikki sajda orasida o‘tirdilar. O’tirishlari sajdalari qadar cho‘zildi. So‘ng sajda qildilar. Sajdalari o‘tirganlaridek uzoq bo‘ldi. So‘ngra 2 rakatni o‘qidilar. 2 rakat ham 1 qadar davom etdi. 2 rakat sajdasida Rasululloh (s.a.v.) yig‘ladilar. Yig‘ilari shu darajada kuchaydiki, hatto biz u zotning: «Yo Rabbiy, menga men ularning orasida bo‘lganimda, ularni azoblamasligingni va’da qilmaganmiding?» deganlarini eshitdik. Keyin o‘tirdilar va tashahhud o‘qidilar. So‘ngra namozni tugatib, sahobalarga qarab bunday dedilar:
- Quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikki oyat (alomat - Tarj.)dir. Alloh taolo ular bilan qullarini qo‘rqitadi. Quyosh va oy bir kishining hayoti va o‘limi uchun tutilmaydi. Tutilgan payti namoz o‘qinglar. Men o‘zimni jannatga yaqinlashtirilgan holda ko‘rdim. Istasam, jannat daraxtining novdalaridan bir novda olardim. O’zimni do‘zaxga yaqinlashtirilgan holda ko‘rdim. Undan saqlana boshladim. U yerda Rasulullohning (s.a.v.) uylarini tunagan o‘g‘rini ko‘rdim. Do‘zaxda azob yer edi. U yerda hassasi bilan hojilarni tunagan, o‘g‘irlik qilgan Abd ibn Do’do’ni ko‘rdim. Mushugini bir joyga bog‘lab qo‘yib, unga ovqat bermagan, yer hasharotlarini topib yeyishi uchun mushugini qo‘yib yubormagan, oqibatda azoblanayotgan ayolni ko‘rdim.
Bir rivoyatda: «Hassasi bilan hojilarni tunagan Do’do’ni ko‘rdim. Uni hech kim ko‘rmasa, ketar agar ko‘rsa: «Hassamga ilinib qoldi», der edi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:25

167

Abu Hanifa (r.a.) Nosihdan, u Yahyodan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur’oni karimni o‘rgatganlaridek istihorani ham o‘rgatar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:34

168

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) dedi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur’ondan sura o‘rgatganlaridek istihorani o‘rgatardilar».
Bir rivoyatda shunday deydilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sizdan kimdir bir ishni istasa tahorat olsin, farz namozidan boshqa ikki rakat nafl namozi o‘qisin so‘ng: «Yo Rabbiy! Sendan ilming tufayli menga muvofiq xayr (yaxshilik)ni ko‘rsatishingni, Qudrating tufayli yaxshilikni nasib etishingni so‘rayman. Sening yaxshilik va ehsoningni so‘rayman. Faqat Sen bilasan, men bilmasman. Sen qodirsan, men ojizman. Sen butun g‘aybni bilguvchisan. Ey Allohim! Agar bu ish men uchun, hayotimda va oxiratimda xayrli bo‘lsa, uni menga oson va muborak qil», desin».
Bir rivoyatda quyidagilar qo‘shilgan: «Agar bundan boshqasi xayrli bo‘lsa, menga xayrli bo‘lganini nasib et. So‘ng u bilan qanoatlantir».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:43

169

Abu Hanifa (r.a.) Harsdan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy (r.a.) aytadi: «Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kuni sovutlarini yechdilar va suv so‘radilar. Suvni unga quydilar. So‘ngra bir kiyim so‘radilar va u bilan namoz o‘qidilar».
Bir rivoyatda: «O’ng qo‘ltiqlaridan o‘tkazib yelkalariga tashladilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda shunday kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) Makkaning fathi kuni sovutlarini yechib suv so‘radilar. (Roviy aytadiki), xamir yuqlari bor katta bir idishda suv olib kelindi. Kiyim bilan to‘sib g‘usl qildilar So‘ng bir kiyim so‘radilar. Uni o‘ng qo‘ltiqlarining ostidan o‘tkazib, chap yelkalari ustiga tashladilar va ikki rakat namoz o‘qidilar. Abu Hanifa: «Bu Zuxo (Quyosh chiqqandan so‘nggi namoz edi», dedilar.
Bir rivoyatda shunday kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) Makkaning fathi kuni sovutlarini yechdilar va suv so‘radilar. Xamir yuqlari bor idishda suv keltirildi. G’usl qilib, bir kiyimda o‘ng qo‘ltiqlarining ostidan o‘tkazib chap yelkalariga tashlab to‘rt yo ikki rakat namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:50

170

Abu Hanifa (r.a.) bir odamdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Ramazon oyi kirganida kechalar namoz o‘qir va uxlar edilar. Oxirgi o‘n kunida butun tunlarni ibodat bilan o‘tkazar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:37:58

171

Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Mug‘iyradan (r.a.) rivoyat qiladi. Mug‘iyra (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) tun bo‘yi turib namoz o‘qirdilar. Hattoki, oyoqlari shishib ketar edi. Ashobi kirom ul zotga:
- Sizning o‘tgan va bo‘lg‘usi gunohlaringiz kechirilgan emasmi? - dedi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Rabbiga ko‘p shukr etuvchi qul bo‘lmayinmi?! - deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:07

172

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ja’fardan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Ja’far (r.a.) aytdi: «Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) tungi namozlari o‘n uch rakat edi: ulardan uch rakati vitr, ikki rakati esa fajr (tong, bomdod. - Tarj.) namozi edi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:24

173

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, Alqama Ibn Aqmardan, u Humrondan, Humron Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ibn Umar (r.a.) doim Humronni majlislarda o‘zlariga yaqin o‘tqazardilar. Bir kun:
36 Ey Humron, doimo birga bo‘lishimizni sen o‘zingga yaxshilik istashingdan deb o‘ylayman,- dedilar.
37 Ha, ey Abu Abdurahmon, - deya javob berdi Humron.
- Men seni ikki narsadan qaytaraman va bir narsani senga buyuraman. Men Rasululloh (s.a.v.) uni buyurganlarini eshitganman.
- U uch narsa nima ekan, ey Abu Abdurahmon?- dedi Humron.
- To‘lovini qoldirmagan qarzing bo‘la turib o‘lma. Biror oyatni noto‘g‘ri tilovat qilma. Zero Qiyomat kuni u sendan, uni kamsitganing kabi seni kamsitib, qasos oladi. Alloh taolo hech kimga zulm qilmaydi. Rasululloh (s.a.v.) menga buyurgan narsani men ham senga buyuraman, u - bomdod namozining ikki rakatidir. Uni aslo tark eta ko‘rma, chunki unda rag‘bat etiladigan mukofotlar bor.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:33

174

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ubayd ibn Umayrdan, u Oisha onamizdan (r.a.)rivoyat qiladi: Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining sunnatiga nafl namozlari ichida qattiq e’tibor qilganlar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:41

175

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Qirq kun yoki bir oy Nabiyni (s.a.v.) kuzatdim: bomdod namozining ikki rakat sunnatida Kafirun va Ixlos suralarini o‘qiganlarini eshitdim».

Qayd etilgan