Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367614 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:50

176

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qiladi. Samura (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qiganlaridan so‘ng quyosh chiqib oqarmaguncha joylaridan jilmasdilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:38:59

177

Abu Hanifa (r.a.) Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim xufton namozidan keyin masjiddan chiqmasdan to‘rt rakat namoz o‘qisa, bu namoz Qadr kechasi shuncha o‘qilgan namozga teng bo‘ladi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:08

178

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim xufton namozidan keyin to‘rt rakat orasida salom bermay, o‘qisa, uning 1 rakatida Fotiha bilan «Tanzil» - Sajda surasini, 2 rakatida Fotiha bilan «Ha, mim» - Duxon surasini,3 rakatida Fotiha bilan Yosin surasini,4 rakatida Fotiha bilan Mulk surasini qiroat qilsa, unga Qadr kechasi uxlamay ibodat qilganning savobi yoziladi, oila a’zolaridan do‘zaxda yonishga loyiq bo‘lganlarning hammasi shafoat qilinadi, qabr azobidan qutiladi», deya marhamat qildilar».
Ibn Umardan (r.a.) mavquf holda rivoyat etilgan (mavquf sahobiydan rivoyat qilingan hadis).

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:18

179

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Mujohiddan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) peshindan keyin ikki rakat namoz o‘qirdilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:29

180

Abu Hanifa (r.a.) Nofe’dan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.): «Uylaringizda namoz o‘qib turing, uni qabrga aylantirib qo‘ymang», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:40

181

Abu Hanifa (r.a.) Nofe’dan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Hazrati Biloldan:
- Rasululloh (s.a.v.) Ka’baning qaerida va necha rakat namoz o‘qidilar? - deb so‘radim.
Hazrati Bilol (r.a.):
38 Ka’baning eshigidan keyingi ikki ustun yonida ikki rakat namoz o‘qidilar,- deya javob berdi».
O’sha paytda Ka’baning olti ustuni bor edi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:50

182

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Xazrati Umardan (r.a.) rivoyat qiladi:. «Bir odam Hazrati Umardan (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) Ka’baga kirganlarida o‘qigan namozlari haqida so‘radi.
- Ka’bada to‘rt rakat namoz o‘qidilar, - dedi Hazrati Umar (r.a.).
Haligi odam:
39 Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qigan joylarini menga ko‘rsat, - dedi. Xazrat Umar (r.a.) o‘g‘lini u bilan yubordi. U xurmo yog‘ochi yonidagi ustun tagini ko‘rsatdi».
Bir rivoyatda: «Ibn Umar (r.a.): «Rasululloh Ka’bada to‘rt rakat namoz o‘qidilar», dedi. Men unga «Namoz o‘qigan joylarini ko‘rsat», dedim. O’g‘illarini men bilan yubordilar. U menga xurmo yog‘ochi ostidagi o‘rta ustunni ko‘rsatdi», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:39:59

183

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.):
- Marhumning uch bolasi o‘lgan bo‘lsa, Alloh taolo uni jannatga kiritadi, - dedilar.
- Ikki bolasichi? - so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
- Ikki bolasi o‘lgan bo‘lsa ham, - deya marhamat qildilar Rasuli akram (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:06

184

Abu Hanifa (r.a.) Abdul Malikdan, u shomlik bir odamdan, u Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) shomlik odamga: «Shubhasiz, qiyomat kunida tushikka: «Qani, jannatga kir», deyilganda, u: «Yo‘q, onam va otam jannatga kirmasa, kirmayman deganini ko‘rasan», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:14

185

Abu Hanifa (r.a.) Sulaymon ibn Abdurahmon Dimashqiydan, u Muhammad ibn Abdurahmon Qushayriydan, u Yahyo ibn Saiddan, u Abdulloh ibn Omirdan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.): «Banda o‘lganida insonlar u haqida yaxshi gaplar gapiradilar. Alloh taolo uning yomon kimsa ekanini biladi. Alloh subhanahu va taolo farishtalarga: «Bandalarimning bu kimsa haqidagi guvohliklarini qabul qildim va uni kechirdim», deb aytadi», deya marhamat etdilar».

Qayd etilgan