Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367500 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 75 B


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:22

186

Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Solim ibn Abu Ja’ddan, u Ubayd ibn Nistosdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Mas’ud (r.a.) aytdi: «Tobutni to‘rt tomonidan ko‘tarishing hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) sunnatlaridandir. Oshiqchasi nafldir (qayta to‘rt tomonidan ko‘tarish - Tarj.).

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:29

187

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Abu Atiyya Vodiiydan rivoyat qiladi: «Alloh rasuli (s.a.v.) janoza namozini o‘qib berish uchun keldilar. Janoza uchun to‘planganlar orasida bir ayolni ko‘rdilar va uni ketkazishni aytdilar Ayol ko‘zga ko‘rinmay qolguncha Alloh rasuli (s.a.v.) takbir aytmadilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:37

188

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, bir necha kishidan rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob (r.a.) hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) ashobini to‘pladilar va ulardan janoza namozi takbirlari haqida so‘radilar. So‘ng ularga: «Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) o‘qigan eng oxirgi janoza namozini yaxshilab o‘ylang», dedilar. So‘rab-surishtirish natijasida ma’lum bo‘ldiki, Alloh rasuli (s.a.v.) vafot qilganlariga qadar to‘rt takbir aytgan ekanlar. Hazrati Umar: «Janozada to‘rt takbir ayting», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:50

189

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, Yahyodan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. «Nabiy (s.a.v.) janoza namozi o‘qiganlarida: «Ey Allohim! Bizning tiriklarimiz va o‘liklarimizni, bu yerda bo‘lgan va bo‘lmaganlarimizni, katta-kichik, erkak va ayollarimizni mag‘firat ayla», der edilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:40:58

190

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan  Tarj.) hazratirivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «(Vafot etganlarida  Payg‘ambarga (s.a.v.) lahad qilindi. Qibla tomondan olinib lahadga qo‘yildilar. Lahad og‘ziga xom g‘isht terildi». (Lahad - to‘g‘ri qazilgan qabr ichi, yonidan murda qo‘yiladigan, o‘yilgan yer - Tarj.).

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:41:08

191

Abu Hanifa (r.a.) bir odamdan, u Said ibn Ubodadan (r.a.) rivoyat qiladi. Said ibn Uboda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘min kishi qabrga qo‘yilganida uning yoniga ikki farishta keladi. U kishini o‘tirg‘izib:
 deb so‘raydi. Rabbing kim? 
 deydi mo‘min. Alloh, 
 Payg‘ambaring kim?- deb so‘raydi.
 Muhammad alayhissalom,- deydi u.
 Dining nima?- deydi u farishta.
 Islom,- deb javob beradi mo‘min.
Qabr unga kengaytiriladi. Jannatdagi joyini ko‘radi.
O’lgan kofir yoniga ham farishtalar kelishadi. Farishtalar uni o‘tirg‘izib:
 Rabbing kim?- deydilar.
 Eh,  deydi u bir narsasini yo‘qotgan kishiga o‘xshab.bilmayman,
 Payg‘ambaring kim?- deyishadi.
 Eh, bilmayman,- deydi u bir narsani yo‘qotgan kabi.
 Dining nima?- deyishadi.
 Eh, bilmayman,- deydi u.
Qabr unga toraytiriladi. Jahannamda o‘tiradigan joyini ko‘radi. Farishta uni shunday uradiki, inson va jinlardan boshqa hamma uning faryodini eshitadi», dedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) «Imon keltirganlarni dunyo va oxirat hayotida haq so‘zda Alloh taolo sobit qiladi: Zolimlarni adashtiradi. Alloh istaganini qiladi» mazmunidagi oyatni o‘qidilar». (Ibrohim surasi, 27-oyati mazmuni)

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:41:17

192

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Xoniydan, u hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Qabrda: Alloh haqida uch savol va (o‘lim oldidan - Tarj.) jannatdagi darajalar va boshing oldida Qur’on o‘qilishi» bor».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:41:26

193

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Bir janoza marosimiga hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga bordik. Ul zot onalarining qabriga keldilar va yig‘lay boshladilar. Shunchalik yig‘ladilarki, jonlari chiqayozdi. Biz so‘radik:
 Ey Rasululloh! Sizni yig‘latgan narsa nima?
 Onam qabrining ziyorati uchun Rabbimdan ruxsat so‘radim. Menga ruxsat berildi. Shafoat uchun izn so‘radim, menga  deya marhamat qildilar».izn berilmadi,
Bir rivoyatda quyidagicha aytiladi: «Nabiy (s.a.v.) onalarining qabrini ziyorat qilish uchun izn so‘radilar. Alloh taolo izn berdi. Musulmonlar ham ul zot (s.a.v.) bilan qabr yaqiniga bordilar va to‘xtadilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) qabr oldida uzoq turdilar. So‘ng Rasuli akramning (s.a.v.) yig‘ilari kuchaydi. Biz yig‘idan to‘xtamaydilar deb o‘yladik. Keyin yig‘lab qaytdilar. Hazrati Umar (r.a.):
 Yo Rasululloh! Ota-onam sizga  dedilar.fido bo‘lsin. Sizni yig‘latgan nima?
Rasuli akram (s.a.v.):
 Onamning qabrini ziyorat etish uchun Rabbimdan izn so‘radim, menga izn berildi. Onamni shafoat qilishim xususida izn so‘radim, bermadi. Unga rahmim kelib yig‘ladim,  deya marhamat qilganlarida, musulmonlar ham hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) rahm etishib yig‘lashdi».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:41:35

194

Abu Hurayra (r.a.) Alqamadan, u Mursid va Hammoddan, u ikkisi Abd bin Buraydadan, u otasidan, otasi Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): «Men sizlarni qabrni ziyorat qilishingizdan qaytaragan edim. Endi uni ziyorat qiling. Yomon so‘z aytmang», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:41:54

195

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytdi: «Nabiy (s.a.v.) qabristonga borganlarida: «Ey ahli maskan musulmonlar, sizga salom bo‘lsin. Biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz. Allohdan o‘zimiz va siz uchun ofiyat so‘raymiz», der edilar».

Qayd etilgan