Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368684 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 75 B


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:45

236

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Abu Qatodadan rivoyat qiladi. Abu Qatoda aytdi: «Nabiyning (s.a.v.) ashobidan bir jamoa bilan yo‘lga chiqdim. Jamoa ichida mendan boshqa ehromga kirmagan yo‘q edi. Bir tuyaqushni ko‘rib qoldim. Otimga qarab yurdim va otga mindim. Shoshilganimdan tayog‘imni ololmagan edim. Ularga: «Menga tayog‘imni bering», dedim. Ular bermadilar. Men tushdim va o‘zim oldim. Tuyaqushni qidirdim, biroq topolmadim. Uning o‘rniga eshak ovladim. Uni men va ular yedik».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:55

237

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Usmon ibn Muhammaddan, u Talha ibn Ubaydullohdan rivoyat qiladi. Talha ibn Ubaydulloh aytdi: «Ehromga kirmagan kimsa ovlagan hayvon go‘shtini ehromdagi kishining yeyishi borasida muzokara qildik. Rasululloh (s.a.v.) uxlar edilar. Ovozimiz baland chiqqani uchun Rasululloh (s.a.v.) uyg‘ondilar. «Qaysi mavzuda muzokara qilyapsizlar?» deya so‘radilar. «Ehromda bo‘lmagan kimsa ovlagan narsani ehromdagi kishi yeyishligi haqida», dedik biz. Rasululloh (s.a.v.) uni yeyishimizni aytdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:02

238

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Ehromli kishi sichqon, ilon, it, kalxat va chayon o‘ldirishi mumkin».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:09

239

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) Maymuna binti Horisni ehromda bo‘lganlarida nikohlariga oldilar (unga uylandilar)».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:16

240

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ehromda bo‘lganlarida qon oldirdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:24

241

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasulullohni (s.a.v.) Hajar ul-Asvadni istilom qilishlarini ko‘rganimdan beri uni istilom etishni tark qilmadim».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:31

242

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Tavof asnosida har safar Ruknul Yamaniyga borganimda u yerda Jabroilga duch kelaman», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:50

243

Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladi. Ato ibn Raboh aytadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) so‘raldi:
- Yo Rasululloh! Siz nega Ruknul Yamaniyni ko‘p istilom qilasiz?
Marhamat qildilarki:
- U yerga har borganimda Jabroil u yerda turganini, uni istilom qilganini va gunohini kechishni Alloh taolodan so‘rashini ko‘raman».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:48:58

244

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Dinordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Ruknul Yamaniy bilan Hajar ul-asvad orasida Alloh rasuli (s.a.v.) shunday duo qilar edilar: «Ey Allohim! Kofirlikdan, faqirlikdan, xorlikdan, dunyo va oxiratda sharmandali o‘rinlardan O’zing panoh bergin».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:05

245

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) xastaliklarida ulovlari ustida turib Ka’bani tavof etdilar va rukunlarni istilom qildilar».
Bir rivoyatda naql etilishicha, Nabiy (s.a.v.) xastaliklarida ulovlari ustida Safo va Marva orasida sa’y qildilar.

Qayd etilgan