Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368643 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:32:54

355

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) qirq yoshga kirganlarida payg‘ambar qilib yuborildilar. Makkada o‘n yil, Madinada o‘n yil turdilar. Vafot etganlarida soqollarida va sochlarida yigirma dona oqargan tola yo‘q edi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:33:29

356

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambarning (s.a.v.) hidlari xushbo‘y edi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:33:50

357

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) masjidga borayotganlarida xushbo‘y hidlari bilan bilinardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:34:22

358

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambarda (s.a.v) mening oladigan qarzim bor edi. U zot qarzni uzdilar va oshiqcha berdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:34:41

359

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: «Men Rasulullohning (s.a.v.) kaftlaridan yumshoqroq ipakni ushlamaganman».
Boshqa rivoyatda Abu Hanifa (r.a.) Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashirdan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) u zot bilan birga o‘tirganlarning oldida tizzalarini (oyoqlarini - Tarj.) aslo uzatmas edilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:34:51

360

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan, u Masruqdan rivoyat qiladi. Masruq Oisha onamizdan (r.a.) Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) axloqi haqida so‘radi. Oisha onamiz (r.a.):
- Sen Qur’on o‘qimaysanmi? (Ya’ni, ul zotning axloqlari Qur’oni karim edi. - Tarj.), - deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:35:05

361

Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan, u Anasdan ( r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) qul chaqirsa, borardilar, eshakka minardilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:35:47

362

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qildi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) kasalliklarida namozga borganlaridagi oyoqlarining oqligini hali ham ko‘rayotgandayman».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:36:22

363

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) o‘limlari oldidan kasal bo‘lganlarida mening uyimda qolish uchun boshqa ayollaridan ruxsat so‘radilar. Ular rozi bo‘lishdi. Buni eshitgach, tezda turib, xizmatchim yo‘q edi - uyimni supurib-sidirdim va Ul zotga izxir bandlari solib qoplangan yotoqlarini to‘shadim.
Rasulullohni (s.a.v.) ikki kishi qo‘ltiqlaridan olib keldi va ul zot men solgan to‘shakka yotdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:36:35

364

Abu Hanifa (r.a.) Yaziddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Hazrati Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) kasalliklari yengillashganini ko‘rgach, xotini - Xorija qizining yoniga borishga ruxsat so‘radi. U ansorning bog‘larida turgan edi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) o‘lim xotirjamligi ichida yotganliklarini bilmagandi. Rasululloh (s.a.v.) unga (ketishga) ruxsat berdilar.
Ul zot (s.a.v.) o‘sha kecha vafot etdilar. Tong otgach, Hazrati Abu Bakr (r.a.) insonlar o‘zaro bir nimalar deb gapirishayotganini eshitdi.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) quliga ularning gapini eshitib, kelib aytishni aytdi. Qul kelib:
- Ularning Hazrati Muhammad (s.a.v.) o‘ldi, deyishayotganini eshitdim, - dedi.
Bu so‘zni eshitgan Hazrati Abu Bakr (r.a.) o‘zlarini yomon his qilib: «Voh, belim sindi», deya boshladilar.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) masjidga yetib bormagan edilar. Kishilar unga xabar yetmagan deb o‘ylashdi.
Munofiqlar kishilarni g‘alayonga solish uchun:
- Muhammad payg‘ambar bo‘lganda, o‘lmas edi,- deya boshlashdi.
Hazrati Umar (r.a.):
- Kimning: «Muhammad (s.a.v.) o‘ldi», deganini eshitsam, uning boshiga qilich solaman, - dedilar.
So‘ng ular tilini tiydi.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) u yerga kelgach Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yuzlaridagi yopinchiqni oldi. Ul zotni o‘pib, hidlay boshladi va bunday dedi: «Alloh taolo Sizga o‘limni ikki karra tatitmaydi. Siz Alloh taologa undan qadrlisiz».
Shundan so‘ng insonlarga qarab:
«Ey insonlar!.. Kim Hazrati Muhammadga topinayotgan bo‘lsa, (bilsinki) Hazrati Muhammad (s.a.v.) vafot etdilar. Kim Hazrati Muhammadning Rabbiga topingan bo‘lsa, u o‘lmaydi», dedi va quyidagi oyatni o‘qiy boshladi:
«Muhammad ham payg‘ambardir. Undan oldingi payg‘ambarlar ham o‘lishgan. Agar u o‘lsa yo qatl etilsa, ortlaringizga - kufrga qaytasizmi? Kim iymondan so‘ng kufrga qaytsa, Alloh taologa aslo, hech ziyon yetkazolmaydi. Alloh taolo islomda sobit qolib, Uning ne’matiga shukr etuvchilarga albatta ajr beradi» (Oli Imron surasi, 144-oyat).
Hazrati Umar (r.a.) bu oyatni eshitgach: «Biz bu oyatni go‘yo oldin hech o‘qimagandaymiz», dedi. Insonlar ham Hazrati Abu Bakrning (r.a.) so‘zini takrorlashdi. Men bu oyatni takror o‘qidim.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) dushanba kuni kechasi vafot etdilar. Ikki kun, ikki kecha olib qolindi. Chorshanba kuni dafn etildi.
Usoma ibn Zayd, Avs ibn Havliy suv quyib turdi, Hazrati Ali (r.a.) va Fazl (r.a.) Hazrati Payg‘ambarni yuvishdi».

Qayd etilgan