Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368227 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:37:16

365

Abu Hanifa (r.a.) Salamadan, u Abu Za’rodan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Mendan keyingi ikki kishiga: Abu Bakr (r.a.) va Umarga (r.a.) ergashing».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:37:42

366

Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan, u Rab’idan, u Huzayfa ibn Yamoniydan rivoyat qiladi. Huzayfa ibn Yamoniy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Mendan keyin Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Hazrati Usmon (r.a.)ga ergashinglar. Hazrati Ammor (r.a.) xulq-atvoridan namuna oling. Ibn Ummu Abd (Abdulloh Ibn Mas’ud) vasiyatiga rioya eting».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:37:53

367

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Muso ibn Kasirdan rivoyat qiladi. Muso ibn Kasir (r.a.) aytdi: «Hazrati Umar (r.a.) bir kuni Hazrati Usmon (r.a.) uyiga bordi. Usmon juda xafa edi.
- Seni xafa qilgan narsa nima? - deya so‘radi Hazrati Umar (r.a.)
- Nega xafa bo‘lmayin?! - dedi Hazrati Usmon (r.a.). - Men bilan Rasululloh (s.a.v.) orasidagi qarindoshlik uzildi. Bu Rasululloh (s.a.v.) qizlari - hazrati Usmonning ayollari Ruqiyaning vafoti musibati edi.
Hazrati Umar (r.a.) unga bunday dedi:
- Seni qizim Hafsaga uylantirayin.
Hazrati Usmon (r.a.):
- Rasulullohning (s.a.v.) maslahatlarini ol, - dedi bu taklifga javoban.
Hazrati Umar (r.a.) bu gapni Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) aytgach, Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:
- Sizni Hazrati Usmondan ham yaxshiroq bilan qarindosh bo‘lishga, Hazrati Usmonni sizdan-da xayrli bir kishi bilan qarindosh bo‘lishga dalolat qilaymi?
- Ha, yo Rasululloh (s.a.v.), - dedi Hazrati Umar (r.a.)
Shunda Rasululloh (s.a.v.) bunday taklifni aytdilar:
- Sen Hafsani menga ber, men qizimni Usmonga beraman, ey Umar!
Hazrati Umar (r.a.) bunga rozi bo‘ldi va Rasululloh (s.a.v.) bu ishni amalga oshirdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:38:05

368

Abu Hanifa (r.a.) Salamadan, u Hibbatul Uroniydan rivoyat qiladi. (U Hazrati Alining hamadonlik do‘stlaridandir). U aytdi: «Hazrati Alining: «Men ilk musulmon bo‘lgan kishiman», deganlarini eshitganman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:38:24

369

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir kuni Hazrati Alining (r.a.) yuziga qaradilar va uni ochlikdan holsiz bir vaziyatda ko‘rgach:
- Nega ochsan? - deya so‘radilar.
Hazrati Ali (r.a.):
- Yo Rasululloh, shu-shu kundan beri to‘yib ovqat yemayman, - degach, Rasululloh (s.a.v.):
- Senga jannat xushxabarini beraman, - deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:39:08

370

Abu Hanifa (r.a.) Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Oxirat kunida shahidlarning sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib, keyin davlat rahbarining huzuriga kirib, amri bil ma’ruf (yaxshilikka chaqirish. - Tarj.), nahyi anil munkar (yomonlikdan qaytarish. - Tarj.) qilgan kishidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:39:25

371

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) Ahzob (Handaq) kechasi (Handaq urushi kuni. - Tarj.):
- Bizga (dushmanning vaziyati haqida - Tarj.) kim xabar olib keladi? - dedilar.
Zubayr ketdi. Rasulullohga (s.a.v.) xabar keltirdi. Buni uch marta amalga oshirdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar:
- Har Nabiyning bir havoriysi bo‘ladi. Mening havoriyim Zubayrdir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:39:40

372

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u bir odamdan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Hazrati Umar (r.a.) bir kecha Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida suhbat qildilar.
Alloh Rasuli va ular birga chiqishdi. Ibn Mas’ud Qur’on o‘qiyotganda uyi oldidan o‘tdilar. Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Qur’onni nozil bo‘lgani kabi o‘qimoq kimni shod etsa, u Ibn Ummu Abd (Ibn Mas’ud)ning qiroatiga muvofiq o‘qisin. Tilaganingni so‘ra, so‘ragan narsang senga beriladi».
Hazrati Abu Bakr (r.a.) va Hazrat Umar (r.a.) xushxabarni yetkazishmoqchi bo‘lib, Ibn Mas’udning oldiga keldilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.) yo Hazrati Umardan (r.a.) oldin kelib, Ibn Mas’udga mujda: Nabiyning (s.a.v.) Ibn Mas’udga (r.a.) duo qilishni aytganlarini yetkazdi. Ibn Mas’ud bunday dedi: «Allohim!.. Sendan doimiy iymon, tuganmas ne’mat, abadiy jannatingda Payg‘ambaringga yo‘ldosh bo‘lmoqni so‘rayman».
Bir rivoyatda (Haysamdan, u Abdullohdan qilgan rivoyatda) Abdulloh aytdi: «Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yonlarida Hazrati Abu Bakr (r.a.) bilan Hazrati Umar (r.a.) suhbatlashar edi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) tashqariga chiqdilar, ikkovi ham Ul zotning (s.a.v.) izlaridan chiqishdi. Ibn Mas’ud (r.a.) Qur’on o‘qiyotganida, uning uyi yonidan o‘tdilar.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qildilar: «Qur’onni nozil qilingani kabi o‘qish kimni quvontirsa, Ibn Ummu Abdning (Ibn Mas’udning) qiroati asosida o‘qisin». Va: «Nimani so‘rasang, so‘raganing senga beriladi», dedilar.
Hadisning qolganini yuqoridagi kabi zikr etdi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:40:06

373

Abu Hanifa (r.a.) Avndan, u otasidan, u Abdulloh Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kirganlarida onasi Ummu Abdni u yerga yuborib, Hazrati Payg‘ambarning xatti-harakatlari (muomalalari, axloqlaridan) ko‘rganlarini kelib aytishni so‘rardi. So‘ng onasi unga aytganlariday Hazrati Payg‘ambarga ergashardi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:40:24

374

Abu Hanifa (r.a.) Avndan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Abdulloh (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) joynamozlarini olib yurardi.
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) hassalarini olib yurardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.v.v.) ridolarini olib yurardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) ulovlariga qarardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) misvoklari, obdastalari va Ul zotning oyoq kiyimlarini olib yurardi», deyiladi.

Qayd etilgan