Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368385 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:41:10

375

Abu Hanifa (r.a.) Mu’ndan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Musulmon bo‘lganimdan buyon faqat bir marta yolg‘on so‘zlaganman.
Men Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) tuyalarini to‘qimlar (egarlar - Tarj.) edim. Toiflik bir to‘qim qiluvchi keldi. Mendan:
- Rasululloh (s.a.v.) qaysi to‘qimni ko‘proq yoqtiradilar? - deya so‘radi.
Men esa:
- Toifiy, Makkiy to‘qimni, - deb javob berdim. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) buni xushlamas edilar.
Tuya o‘sha holatda keltirilgach, Rasululloh (s.a.v.):
- Buni kim tayyorladi? - deya so‘radilar.
- To‘qimchi tayyorladi, - deyishdi sahobalar.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Ibn Ummu Abd (Ibn Mas’ud)ga aytinglar, tuyamizga u to‘qim ursin,- dedilar.
Shundan so‘ng tuya menga keltirildi»
Bir rivoyatda Abdulloh (r.a.) bunday dedi: «Nabiyga (s.a.v.) toiflik bir kishi olib kelindi. Toiflik kishi mendan:
- Rasululloh (s.a.v.) tuyalari uchun qanday to‘qim urilishini yaxshi ko‘radi? - deb so‘radi.
Men dedimki:
- Toifiy, Makkiy to‘qimini.
Tuyaga to‘qim urilgach, Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar va bunday dedilar:
"¢ Bu to‘qimning egasi kim?
"¢ Toiflik, - deyishdi.
"¢ Bizning bunga ehtiyojimiz yo‘q»,- dedilar Rasululloh (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:41:27

376

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Sha’biydan, u Masruqdan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytdi: «Musulmon bo‘lganimdan buyon faqat bir marta yolg‘on gapirganman. Men Rasulullohning (s.a.v.) tuyalariga egar qo‘yar edim. Toifdan bir egarchi keldi va dedi:
- Rasululloh (s.a.v.) tuyalarida qaysi egar turishini ko‘proq yoqtiradilar?
- Toifiy, Makkiy egar, - dedim.
Ibn Mas’ud aytdiki: «Rasulullohga (s.a.v.) u egar xush yoqmasligini bila turib shunday dedim».
Tuya egarlanib Rasulullohga (s.a.v.) keltirilgach:
- Buni kim egarladi? - dedilar.
- Toifdan kelgan egarchi,- deyishdi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Egarlashni Ibn Mas’udga (r.a.) bering, - deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:41:35

377

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abu Abdulloh Jadliydan, u Xuzaymadan (r.a.) rivoyat qiladi: «Xuzayma (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bir a’robiy bor edi. U Rasulullohga (s.a.v.) sotgan narsasini inkor qilar edi.
Xuzayma (r.a.):
- Guvohlik beramanki, uni sotding, - dedi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Uni sotganini qaerdan bilasan? - deb so‘radilar.
- Samodan bizga vahiy olib kelsangiz tasdiqlaymiz-ku, - dedi Xuzayma (r.a.).
Rasululloh (s.a.v.) Xuzaymaning guvohligini ikki kishining guvohligi o‘rniga qo‘ydilar.
Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) Xuzaymaning (r.a.) shohidligini vafot etgunlaricha ikki kishi shohidligi o‘rnida qabul qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:41:51

378

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Hazrati Xadicha jannatdagi shovqin-suronsiz, kulfatsiz uy bilan sevintirildi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:42:12

379

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohim Naxayidan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar:
- O’lim menga oson bo‘ladi. Ey Oisha (r.a.)! Sening jannatda ayolim bo‘lishingni ko‘rdim.
Keyin yonidagilarga qayrilib:
- O’lim menga oson, chunki Oishani (r.a.) jannatda ko‘rdim, -dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:43:04

380

Abu Hanifa (r.a.) Sha’biydan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) ayollari ichida hech birida bo‘lmagan yetti xislat menda bor edi. Xotinlari ichida Ul zotga eng suyuklisi edim. Menga bokira holimda uylandilar. Ul zotga Jabroil mening suratimda kelmagunlaricha, menga uylanmadilar. Jabroilni mendan boshqa ayollari ko‘rmadi. Jabroil men Ul zotning yopinchiqlari ostida bo‘lganimda ham kelardi. Menga qilingan tuhmat-bo‘htonlar tufayli bir qism insonlar halok bo‘lay deganida men haqimda oyat nozil bo‘ldi.
Rasululloh (s.a.v.) mening uyimda, mening kechamda, mening kunimda (mening navbatim kelgan kecha va kunduzi.- Tarj.) ko‘kragimda bosh qo‘yib, vafot etdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:43:31

381

Abu Hanifa (r.a.) Avndan, u Omir Sha’biydan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) bunday dedilar: «Menda Rasululloh (s.a.v.) ayollari ichida bo‘lmagan yetti xislat bor.
Rasululloh (s.a.v.) menga bokira holimda uylandilar. Mendan boshqa hech birini bokira holda olmadilar. Menga uylanmaslaridan oldin Jabroil mening suratimda tushdilar. Mendan boshqa birortasining suratida Jabroil Ul zotga tushmaganlar. Menga Jabroil ko‘rindi, mendan boshqa birorta ayollariga ko‘rinmadi. Ota va ko‘ngil jihatdan men Ul zotga ulardan sevimliman. Ifk hodisasi tufayli insonlardan bir to‘dasi halok bo‘layozgandi, men haqimda oyat nozil bo‘ldi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) mening kechamda, mening kunimda vafot qildilar. Muborak boshlarini ko‘kragimga qo‘yib, vafot etdilar».
Bir rivoyatda Oisha onamiz (r.a.) bunday deydilar: «Menda yetti xislat borki, bulardan hech biri Rasulullohning (s.a.v.) boshqa ayollarida yo‘q. Menga bokira ekanligimda uylandilar, mendan boshqasiga bokira holatida uylanmadilar. Uylanmaslaridan avval Jabroil Ul zotga mening suratimda keldi. Mendan boshqasining suratida kelmadi. Men Rasulullohga (s.a.v.) ko‘ngil va ota tarafidan suyuklilari edim. Men haqimdagi bo‘htonlar sababli bir qancha insonlar halok bo‘layozganda, oyat nozil bo‘ldi. Mening kunimda, mening kechamda Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Ko‘ksimga bosh qo‘yib, vafot etdilar. Menga Jabroil ko‘rindi, mendan boshqalariga ko‘rinmadi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:43:44

382

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Masruqdan (r.a.) rivoyat qiladi. Masruq (r.a.) Oisha onamizdan (r.a.) hadis rivoyat qilganda bunday der edi:
«Menga siddiqning qizi Siddiqa, ma’sumligi sobit bo‘lgan, Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) suyukli ayollari Oisha (r.a.) xabar berdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:43:55

383

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) Oisha onamiz (r.a.) xastaligida yoniga kirish uchun izn so‘radi. Oisha onamiz (r.a.): «Men g‘amginman, ket», deb odam chiqardilar.
Ibn Abbos (r.a.) Oisha onamiz (r.a.) yuborgan elchiga ichkariga kirmay ketmasligini aytdi.
Oisha onamiz (r.a.): «Men g‘am va qayg‘udaman. Nogoh yetadigan (o‘limdan) xavfdaman», dedilar. Ibn Abbos (r.a.) unga:
- Allohga qasamki, men Rasulullohdan (s.a.v.): «Oisha (r.a.) Jannatdadir», deganlarini eshitdim. Rasululloh (s.a.v.) Allohning eng sevimli qulidirlar. Jahannam ahliga uylanishlari mumkin emas, - dedilar.
Oisha onamiz (r.a.):
- Mendan siqilish va g‘amginlikni ketkazding. Alloh sening ham g‘am va kadaringni ketkazsin!- dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:44:12

384

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Omir Shabiydan rivoyat qiladi. Omir mag‘oziy (g‘azotlar) haqida gapirardi. Ibn Umar (r.a.) uni eshitgach: «Omir xuddi jangda ishtirok qilgandek so‘zlaydi», dedi.

Qayd etilgan