Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368514 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:52:50

405

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Ka’b ibn Molik Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yonlariga keldi va bunday dedi:
- Yo Rasululloh, bir cho‘pon qiz suruv boqib yurganida bir qo‘yning o‘lishidan (harom o‘lishidan. - Tarj) qo‘rqdi va uni tosh parchasi bilan so‘ydi.
Payg‘ambar (s.a.v.) u qo‘yning go‘shtidan yeyishni buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:53:06

406

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Sha’biydan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdi: «Ansordan bir bola Uhud tomon borar ekan, bir quyon ovladi. So‘yadigan biror asbob topolmay uni tosh bilan so‘ydi. Quyonni qo‘lida osiltirib Rasulullohga (s.a.v) olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) uni yeyishni buyurdilar».
Bir rivoyatda: «Bir odam ikki quyonni tutib oldi. Ularni tosh bilan so‘ydi. Nabiy (s.a.v.) uni yeyishni buyurdilar», deyiladi.
Yana bir rivoyat lafzi quyidagicha: «Bani Salamadan bir odam Uhudda bir quyonni tutib oldi. Uni tosh bilan so‘ydi. Nabiy (s.a.v.) uni yeyishni buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:53:24

407

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir ayol so‘ygan hayvonning go‘shtidan yedilar va ayollarning o‘ldirilishini ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:53:32

408

Abu Hanifa (r.a.) Mihval ibn Roshiddan, u Muslim Bittindan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday deb marhamat etdilar: «Alloh taolo nazdida Zulhijja oyining ilk o‘n kunidan xayrli kun yo‘q. U kunlarda Allohni ko‘p zikr etingiz».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:54:18

409

Abu Hanifa (r.a.) Jabladan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Qurbonlik so‘yish Rasulullohdan (s.a.v) sunnat bo‘lgan».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:54:28

410

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Abdurrahmon ibn Sobitdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) junli, qo‘ng‘ir ikki qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Birini o‘zlari uchun, birini esa: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q», deb iqror bo‘lgan ummatlari uchun so‘ydilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:54:44

411

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohim va Sha’biydan, u Abu Burda ibn Niyordan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Burda (r.a.) Hayit namozidan oldin qo‘y so‘ydi. Hazrat Payg‘ambarga (s.a.v.) buni aytdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Bu senga bo‘ladi, (so‘yganing qurbonlikka o‘tadi). Sendan so‘ng hech kimga bo‘lmaydi,- dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:55:19

412

Abu Hanifa (r.a.) Alqama ibn Marsad va Hammoddan, u ikkisi Abdulloh ibn Buraydaning otasidan rivoyat qiladi: «Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar: «Qurbonlik go‘shtlarini uch kundan ortiq saqlashdan boylaringiz faqirlaringizga ko‘proq berishi uchun qaytardim».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:55:28

413

Abu Hanifa (r.a.) va Musa’ir Muhorib ibn Dasordan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Muhorib Jobirning uyiga keldi. Jobir unga non, sirka qo‘ydi va dedi: «Rasululloh (s.a.v.) bizni takallufdan (uy egasining o‘zini qiynab qo‘yadigan darajada mehmonga ikrom qilishidan) qaytardilar. Bu bo‘lmaganda edi, sizga takalluf ko‘rsatardim (siz uchun o‘zimni ko‘proq ovora qilardim - Tarj.) Men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdimki, bunday dedilar: «Sirka qanday yaxshi tamaddilikdir (qayladir)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 17:55:41

414

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sirka qanday yaxshi tamaddilikdir», dedilar».

Qayd etilgan