Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 267728 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 ... 75 B


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:43:58

505

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abdulmalikdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Qasamki, ularning hammasidan qilgan narsalarini so‘raymiz» oyatidagi «so‘raladigan narsa» - «La ilaha illallohdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:44:39

506

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Zarrdan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qildi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) Jabroildan (a.s.):
- Bizni avvalgidan ko‘proq ziyorat qilmaysizmi? - deya so‘radilar. Bir necha kechadan so‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Biz faqat Rabbing amri ila tusha olamiz. Oldimiz va ortimizdagi narsalar (dunyo va oxirat ishlari) Unikidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:45:17

507

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiy binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy aytdilar: «Men Rasulullohga (s.a.v.) bunday dedim:
- Ey Allohning Rasuli, Lut qavmining majlislarida qilgan yomonliklari nima edi?
- Ular yo‘ldan o‘tayotganlarga xurmo danagi yoki toshcha otishar edi. O’tayotganlarni masxara qilishardi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:45:43

508

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) Rasulullohga (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidi: «Alloh sizni haqir bir suvdan yaratdi. Keyin sizni zaiflikdan (go‘daklik chog‘ingizdan) so‘ng kuchli qildi. So‘ngra kuchli chog‘dan yana zaiflik va qarilik chog‘iga keltirdi».
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Ibn Umarga (r.a.): «Min zahfin» (zaiflik), deya o‘qi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:46:03

509

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Sha’biydan, u Masruqdan, u Abdullohdan rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Duxon va Batsha (o‘rtani tutun qoplashi va Allohning Badr jangida mushriklarni azobga giriftor qilishi) Rasulullohning (s.a.v.) zamonlarida yuz berdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:47:04

510

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Farzandlaringiz sizning kasbingizdandir, ular Allohning sizga hadyasidir. U (Alloh) istaganiga qiz, istaganiga o‘g‘il farzand beradi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:47:21

511

Abu Hanifa (r.a.) Makkiy ibn Ibrohimdan, u Ibn Luhay’adan, u Abu Qubayldan rivoyat qiladi. Abu Qubayl aytdi: «Men Abu Abdurrahmondan eshitdim, Rasulullohning (s.a.v.) quli Savbon Rasulullohdan quyidagini eshitgan ekan: «Dunyo ichidagilari bilan meniki bo‘lsa-da, shu oyatni eshitgan darajada xursand bo‘lmas edim: «Aytgin: «Ey havoyi nafslariga ergashib haddan oshgan qullarim. Allohning rahmatidan umid uzmang. Shubhasiz, Alloh barcha gunohlarni kechiradi».
Bir odam so‘radi:
- Allohga shirk keltirganni hammi?
Rasululloh (s.a.v.) jim bo‘ldilar. Haligi odam yana so‘radi:
- Shirk keltirsa hammi?
Rasululloh (s.a.v.) yana sukut saqladilar. Keyin bunday dedilar:
- Faqat shirk keltirsa ham (umidini uzmasin)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:47:32

512

Abu Hanifa (s.a.v.) Muhammad ibn Soib Kalbiydan, u Abu Solihdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Vahshiy Hazrati Hamzani o‘ldirgandan keyin bir muddat o‘tib, qalbiga Islom (iymon) otashi tushdi. Elchi yuborib, qalbida musulmon bo‘lish orzusi paydo bo‘lganini Rasulullohga (s.a.v.) ma’lum qildi va bunday dedi:
- Allohning Kitobidan aytganlaringizni eshitdim: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur» (Furqon, 68-69). Men bu (gunoh) larning hammasini qildim. Men uchun najot bormi?
Jabroil kelib: «Ey Muhammad, unga ayting: «Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik - gunohlarini yaxshilik - savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir» (Furqon, 70), - dedi.
Rasululloh (s.a.v.) bu oyatni unga yubordilar. Unga bu oyatlar o‘qilgach Vahshiy bunday dedi:
«Bu oyatlarda shartlar bor. Bu shartlarni bajara olmaslikdan qo‘rqayapman. Solih amal qilolmaslikdan qo‘rqaman. Ey Muhammad!"¦ Bundan-da qulaylik, kenglik (engillik) beradigan bir oyat bormi?»
Jabroil ushbu oyatni olib keldi:
«Aytgin: «Ey nafslariga zulm o‘tkazib haddan oshganlar, Allohning rahmatidan umid uzmang. Alloh hamma gunohlarni kechiradi. Shubhasiz, U mag‘firat va marhamat egasidir».
Rasululloh (s.a.v.) bu oyatni yozdilar va Vahshiyga yubordilar. Bu oyat unga o‘qib berilganda: «Qanday ham yaxshi!», dedi va musulmon bo‘ldi. Rasulullohga elchi yubordi va:
- Men haqiqatan musulmon bo‘ldim. Endi Siz bilan uchrashsam bo‘ladimi? - deya so‘radi.
Rasululloh (s.a.v.) unga bunday javob yubordilar:
- Ey Vahshiy!.. Yonimga kelsang, yuzingni ko‘rsatma. Mening ko‘zlarim amakim Hamzaning qotilini ko‘rishga toqat qilolmaydi.
Vahshiy bu so‘zlar qarshisida jim bo‘lib qoldi.
Bir muddat so‘ngra Musaylama Hazrat Payg‘ambarga (s.a.v.) ushbu maktubni yubordi:
«Allohning elchisi Musaylamadan Allohning elchisi Muhammadga. Yer yuzida Senga sherik qilindim. Yarmi meniki, yarmi Qurayshnikidir. Biroq Quraysh haddan oshgan qavmdir».
Ikki kishi bu maktubni Rasulullohga (s.a.v.) keltirdilar. Maktub o‘qilgach, Rasululloh (s.a.v.) u ikki elchiga bunday dedilar:
- Agar elchi bo‘lmaganingizda sizni o‘ldirardim.
Keyin Ali ibn Abu Tolibni chaqirib unga «Yoz!», dedilar:
«Rahmon va Rahim Allohning nomi ila boshlayman. Allohning rasuli Muhammaddan yolg‘onchi Musaylamaga. Salom hidoyatga ergashganlarga bo‘lsin. Yer yuzi Allohnikidir. Unga qullaridan xohlaganini voris qiladi. Oqibat muttaqiylarnikidir. Va sollallohu ala sayyidini Muhammad».
Musaylamaning yozganlaridan Vahshiy xabar topgach, nayzasini chiqardi va uni o‘tkirladi. Keyin Musaylamani o‘ldirishga qasd qildi. Bu izmida qattiq turdi. Nihoyat Yamomada uni o‘ldirdi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:48:14

513

Abu Hanifa (r.a.) Salama ibn Kuhayldan, u Ibn Mas’udning birodarlaridan Abu Zag‘rodan rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: «Shafoatim tufayli ahli iymon otashdan chiqadi va faqat bu oyatda zikr etilgan kimsalardan boshqasi unda qolmaydi: «Sizni Saqar jahannamiga tushirgan nima?», deb so‘ralganda, ular bunday deyishadi: «Biz namoz o‘qimas edik, faqirlarga taom bermas edik. Botilga sho‘ng‘iganlar bilan birga botilga sho‘ng‘ir edik. O’lganimizcha qiyomat kunini yolg‘on, dedik». Shafoatchilarning shafoati ularga foyda bermaydi».
Boshqa rivoyatda: Ibn Mas’ud (r.a.) aytdi: «Alloh taolo qiyomat kuni iymon ahlidan bir necha guruhini azoblaydi. So‘ng ularni Muhammad (s.a.v.) shafoatlari bilan undan chiqaradi. Unda faqat mazkur oyatda zikr eitlganlargina qoladi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Sentyabr 2006, 18:48:36

514

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Salama ibn Kuhayldan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Jahannamda Alloh taolo ushbu oyati karimada zikr qilganlardan boshqa hech kimsa qolmaydi: «Sizni Saqar do‘zaxiga kirgizgan nima? Ular ayturlarki, biz namoz o‘qimas edik, faqirlarga (taom) bermas edik». Shafoatchilarning shafoati ularga foyda bermaydi».

Qayd etilgan