Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367269 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 75 B


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:53:16

Bir tahorat bilan bir necha namoz o‘qish

53-56; 59-61; 63; 65-67-hadislar
Hazrati Alining (r.a.) bunday deyishgani rivoyat qilingan: «Agar din ra’y bilan bo‘lsa edi, mahsining ostiga mash etish ustiga mash qilishdan avloroq bo‘lar edi. Men Rasulullohning (s.a.v.) mahsi ustiga mash tortayotganlarini ko‘rdim».
Abu Dovud hasan sanad bilan bu hadisni rivoyat etgan. Alqamaning hadisini Muslim va Nasaiy ham keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-30).

Tor kiyim kiyish

58-hadis
Ibn Xusrav, Ibn Muzaffar, Abu Bakr ibn Abdul Boqi va al-Horisiy «Musnad»larida shunday keltirishgan. «Kutubi sitta» sohiblari quyidagi lafz bilan rivoyat qilganlar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) hojat uchun tashqariga chiqdilar. Mug‘iyra bir idish suv bilan ul zotning orqalaridan bordi. Rasuli Akram (s.a.v.) hojatini daf qilganlaridan so‘ng, Mug‘iyra ul zotning qo‘llariga suv quydi. Rasululloh (s.a.v.) tahorat oldilar va mahsiga mash tortdilar» («Uqud’ul-javohir», 1-31).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:53:47

Safarda mashning hukmi

64-hadis
Safvon ibn Asoldan rivoyat qilingan hadisda Safvon aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bizga safarda mahsilarimizni katta va kichik hojat hamda uyqu sababli uch kun, uch kecha yechmasligimizni, faqat junub bo‘lsak, yechishimizni aytdilar».
Nasaiy va Termiziy rivoyat etishgan. Buxoriy aytadi: «Mash muddatini ko‘rsatib bergan hadislar ichida bundan sahihi yo‘qdir».
Termiziy hadisni sahih degan. Said ibn Masruqning hadisini Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja shu yo‘l bilan rivoyat etgan.
Hofiz aytadi: «Bu hadis keltirilgan eng mashhur yo‘l Hammod va Hakamning Ibrohim Naxaiydan, u Jadaliydan, u Huzaymadan rivoyat qilgan yo‘ldir».

Junublik ma’naviy najosatdir

70-71 -hadislar
Abu Dovud va Nasaiy hadisni rivoyat etishgan. («Uqud’ul-javohir», 1-36).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:54:07

Hammomga lungisiz kirishning taqiqlanishi

74-hadis
Jobir (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat etadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, hammomga lungisiz kirmasin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, xotinini hammomga yubormasin».
Bu hadisni Nasaiy va Termiziy rivoyat qilishgan.
Hakim Muslimning shartiga ko‘ra, bu hadisni sahih, degan («At-targ‘ib vat-tarhib», 1-jild, 142-bet).
Termiziy va Nasaiy hadisni bunday lafzlar bilan rivoyat etishgan: «Kim Allohga ishonsa...»
Hakim va Ibn Adiy esa: «Lungisiz kirmasinlar» lafzi bilan rivoyat qilishgan: («Uqud’ul-javohir», 1-41).

Qayd etilgan


Laylo  04 Noyabr 2007, 19:54:18

Qurigan maniyni (kiyimdan) ishqalab tashlash, ho‘lini yuvish

75-76-hadislar
Bu mavzuda bir necha hadis bor. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Men Rasulullohning (s.a.v.) kiyimlaridan (maniyni) ishqalar edim, so‘ng u zot o‘sha kiyim bilan namoz o‘qir edilar (imomlik qilardilar. -Tarj)». Muslim rivoyati.
Yana Muslimga oid bir rivoyatda Oyisha onamiz (r.a.) bunday deganlar: «Rasulullohning (s.a.v.) kiyimidagi qurigan maniyni tirnog‘im bilan ishqalab tashlar edim» («Osorus-sunan», 1-15).
Hammodning hadisini Muslim shu lafz bilan rivoyat etgan. Buxoriyda esa mana bunday: «Men Rasulullohning (s.a.v.) kiyimlarini yuvardim».
Bazzor va Doraqutniy Oyisha onamizning (r.a.) hadisini quyidagicha keltirishgan: «Rasulullohning (s.a.v.) kiyimidagi maniyni ishqalar edim» («Uqud’ul-javohir», 1-37).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:04:33

Oshlangan teri

77-hadis
«Oshlangan teri tozadir» hadisini «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan. Sammok ibn Harbning hadisini Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyat etishgan. Muslim esa hadisni boshqacha lafz bilan keltirgan: «Teri oshlansa toza bo‘ladi». «Terining oshlanishi uning pokligidir» tarzida ham kelgan («Uqud’ul-javohir», 1-26).
Terining oshlash bilan toza bo‘lishi

78 -hadis
Talha hadisni «Musnad»da mazkur holda rivoyat qilgan. Hadisni Ahmad ibn Hanbal Abu Uvona va Sammok orqali rivoyat etgan («Uqud’ul-javohir», 1-29).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:04:44

NAMOZ

79-hadis
«Taysirul-vusul» kitobining 3-jild, 176-betida: «Sen Alloh taolo uchun qilgan har sajdangda Alloh taolo sening darajangni yuksaltiradi. Bir xatoingni ketkizadi», deya marhamat qilingan.
Abu Ma’dan: «Abu Dardoning oldiga kelib, undan so‘radim. U menga Savbonning aytganlarini gapirib berdi», deydi.
Bu hadisni Muslim, Termiziy, Nasaiy rivoyat etishgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:04:54

Namozning shartlari

80-hadis
Abdulloh ibn Ja’fardan rivoyat etilgan: «Kindik bilan tizza orasi avratdir» hadisini Hakim va Tabaroniy rivoyat qilishgan. Haysam bunday deydi: «Bu hadisda kelgan Asram ibn Hushab zaif bir kimsadir» («Al-munaviy», 5-432).
Doraqutniy A’to ibn Yasordan, u Ayyubdan rivoyat etgan hadisda: Abu Ayyub aytadi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) bunday deyishganini eshitdim: «Ikki tizzaning usti avratdir, kindikning pasti avratdir» («Fathul-qodir», 1-180).
Hakim va Doraqutniy bu hadisni zaif sanad bilan rivoyat qilishgan. Ibn Hajar «Hidoya» hadislari zikrida zaif sanad bilan rivoyat etgan. Abu Dovudning Amr ibn Shuaybdan rivoyatiga ko‘ra, bu hadislar kindikning avrat emasligiga ochiq dalildir. Tizzalarning avrat bo‘lishiga dalil aniq emas.
Bu hukm Buxoriydagi Abu Muso, Abu Dardo va Anasdan rivoyat etishgan, Muslim Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat etgan hadislar matnining taqozosidir.
Narsaning oxiri hukm doirasiga goho kiradi, goho kirmaydi. Mavzuga ehtiyot bo‘lib yondashmoq lozim. Ehtiyotan oxirning ( bu joyda tizzaning) hukm doirasiga kirishiga hukm qildik. Usul qoidasiga binoan, harom bilan muboh bir joyda duch kelsa, harom mubohdan g‘olib chiqadi.
Xulosa: Kindikdan tizza ostigacha bo‘lgan oraliq erkak kishi uchun avrat sanaladi. Imomi A’zam bir rivoyatda kindikni ham avrat deganlar («Uqud’ul-javohir», 1-40).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:05:29

Bir kiyim bilan namoz o‘qish joiz emas, deydiganlarga javob

81-82-hadislar
Zuhriyning hadisini Termiziydan boshqa «Sihohi sitta» sohiblari rivoyat etishgan. («Uqud’ul-javohir», 1-41).
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etiladi: «Rasulullohdan (s.a.v.) bir kiyim bilan namoz (joiz yo joiz emasligi. - Tarj.) haqida so‘raldi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Hamma ham ikkita ko‘ylakka ega bo‘la oladimi?» dedilar. Termiziydan boshqa barcha «Kutubi sitta» sohiblari hadisni taxrij etishgan.
Hofiz: «So‘ragan kishining ismini topmadim», deydi. Saraxsiy «Masbut»da savol bergan kishining Savbon ekanini aytgan («Taysirul-vusul», 2-234; «Al-muntaqo», 1-277).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:06:41

Bir kiyim bilan namoz o‘qish joizdir

83-hadis
Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiy (s.a.v.) bir kiyimda namozo‘qidilar».
Bu hadisni Termiziydan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari rivoyat etishgan («Taysirul-vusul», 2-234).
Abu Zubayrning hadisini Talha, Ibn Xusrav, Ashnoniy rivoyat qilishgan. Hadis muttafaqun alayhdir («Uqud’ul-javohir», 1-41).
Jobirdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda aytiladi: «Nabiy (s.a.v.) bir kiyim bilan namoz o‘qidilar». Bayhaqiy rivoyat qilgan. Muttafaqun alayh («Al-muntaqo», 1-279).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:06:55

Namozning fazilati

84-hadis
Hadisni Ibn Hibbon, Ibn Huzayma va Hakim Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-38).
Hazrati Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): «Qaysi amal fazilatli?» deya so‘raldi. Rasuli Akram (s.a.v.): «O’z vaqtida o‘qilgan namoz», deya marhamat qildilar. Abu Dovud, Termiziy rivoyati («Taysirul-vusul», 3-190).

Qayd etilgan