Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368640 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:12:39

Rukuda qo‘llarni sonlar orasiga qo‘yishdan qaytarish

104-hadis
Hadisni Abu Ya’fur orqali Muslim rivoyat qilgan. Buxoriy esa bunday lafzlar bilan keltirgan: «Biz qo‘llarimizni sonlarimiz orasiga qo‘yar edik, bundan qaytarilib, qo‘llarimizni tizzalarimizga qo‘yishga buyurildik» («Uqud’ul-javohir», 1-46).

Rukudan qad rostlagach, «Robbana lakal hamd» deyish

105-hadis
Buxoriyda Rufoa ibn Rofe’iyning hadisi rivoyat etilgan. Termiziy, Nasaiy, Abu Dovud ham hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-47).
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imom «Samiallohu liman hamidah» deganida siz «Robbana lakal hamd», deb aytingiz. Kimning 6u so‘zi farishtalarning so‘ziga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha kishining o‘tmishdagi barcha gunohlari kechiriladi», deya marhamat qildilarr. Bu hadis muttafaqun alayhdir («Osorus-sunan», 1-115).
Muslimning rivoyati esa mana bunday: «Rasululloh (s.a.v.) rukudan ko‘tarilganlarida: «Samiallohu liman hamidah. Allohumma robbana lakal hamd mil’al arzi va mil’a maa shi’ta min shay’in biadadin», der edilar» («Sahihi Muslim», 2-46).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:13:13

Sajdadan turishda qo‘lga tayanmaslik kerak

106-hadis
Hadisni «Sunan» sohiblari Ibn Huzayma, Ibn Hibbon rivoyat qilishgan. Termiziy: «Bu g‘arib hasan hadisdir. Shurayhdan boshqa uni rivoyat etgan kishini bilmaymiz», degan.
Hammam hadisni Osimdan mursal tarzda rivoyat qilgan. Unda Voil ibn Hajar zikr etilmagan. Bu hadis rivoyat yo‘llari ko‘p bo‘lgani uchun hasan darajasidan tushmaydi («Osorus-sunan», 1-117).
Osimning hadisini «Sunan» sohiblari rivoyat etishgan. Termiziy hadisning hasan ekanini aytgan. Hokim esa: «Muslimning shartiga ko‘ra hasandir», degan.
Imomi A’zam bu hadisdan quyidagi hukmni chiqarganlar: «Namoz o‘qiyotgan kishi sajdadan qiyomga turishda, yerga suyanmay turishi kerak».
Molikning hadisida rivoyat etilgan istirohat jalsasi (tin olish uchun o‘tirish. -Tarj.) esa uzrli kishiga oiddir («Uqud’ul-javohir», 1-48).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:13:28

Sajda qilish

107-hadis
«Men yetti a’zo bilan sajda qilishga buyurildim». Hadis muttafaqun alayhdir («Bulug‘ul-marom», 60-bet).
«Va qo‘llari bilan burunlariga ishorat qildilar» Nasaiyning bu rivoyati mazkur hadisning sharhida keladi.
Shuning uchun Abu Hanifa (r.al.): «Burunning o‘zi bilan sajda qilish ham sajda o‘rniga o‘tadi», degan («Subulus-salom», 1-181).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:13:52

Namozda bekorchi xatti-harakatning man’ etilishi

108-hadis
Hadisni Said ibn Muhammad shu tarzda rivoyat qilgan. Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiylar hadisni keltirishgan.
Buxoriy va Muslim lafzlarida «a’zum» (suyaklar) lafzidan so‘ng «peshonani ham ular qatorida sanadilar» so‘zi qo‘shilgan. Buxoriy: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘llari bilan burnini ko‘rsatdilar», lafzi bilan keltirgan. Imomi A’zam shuning uchun burun bilan sajda qilish peshonada uzr bo‘lmasa-da, joiz, deganlar. Imomayn (Abu Yusuf, Imom Muhammad) esa, peshonada biror uzr bor bo‘lsa, shunday qilish mumkin, uzr bo‘lmasa, peshonani yerga qo‘yish farzdir, deydilar («Uqud’ul-javohir», 1-49).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:14:06

Namozda tirsaklarni yerga qo‘yishning makruhligi

111-hadis
Abu Dovud Toiy shu tarzda rivoyat qilgan. Hadisni Termiziy va Ibn Moja Jobirdan (r.a.) rivoyat etishgan. «Kutubi sitta» sohiblari Anasdan (r.a.) shunga o‘xshash hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-49).
Anasdan (r.a.) rivoyat etilgan bir hadisda Nabiy (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Sajdada mo‘‘tadil bo‘ling. Sizdan biringiz sajda qilayotganida itlarga o‘xshab tirsaklarini yerga yopishtirib olmasin» («Osorus-sunan», 1-117).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:14:18

Bomdod namozida qunut duosini o‘qishning nasx qilinishi

112 -113-hadis
Hammod va Atiyyaning birinchi hadisini Ibn Xusrav, Talha, va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.
Atiyyaning ikkinchi hadisini esa Bazzor, Ibn Abu Shayba, Tabaroniy, Tahoviy, Hokim va Bayhaqiy keltirishgan.
«Sahihi Buxoriy»da Anasdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy (bomdod namozida. -Tarj.) Qunut duosini o‘qidilar, dinni o‘rgatishlari uchun yetmishta qorini bir qavmga yuborgan edilar», deyilgan («Uqud’ul-javohir», 1-62).
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy bomdod namozida Zakvon, Usayya va Bani Lihyon qabilalarini badduo qilib, qunut o‘qidilar», deyiladi.
Abu Dovud va Nasaiyning rivoyatlari: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy Qunut duosini o‘qidilar, keyin esa tark etdilar» shaklidadir («Taysirul-vusul», 2-222).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:14:38

Tashahhudda o‘ng oyoqni tik tutish

114-hadis
Said ibn Mansur va Tahoviy sahih sanad bilan hadisni rivoyat qilishgan («Osorus-sunan», 1-123).
Osimning hadisini Termiziy taxrij etib, «Hadis sahihdir», degan («Uqud’ul-javohir», 1-49).

Tashahhudni o‘rgatish

116-hadis
Muslim Ibn Abbosning (r.a.) hadisini marfu tarzda keltirgan. Hadisni Bayhaqiy ham Tovus orqali marfu tarzda rivoyat etgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:14:52

Tashahhud haqida

118 -hadis
Hadis muttafaqun alayhdir. Ahmad ibn Hanbal va Nasaiy hadisni sahih sanad bilan rivoyat qilishgan.
Termiziy va Bazzor: «Tashahhud haqidagi hadislarning eng sahihi Ibn Mas’udning hadisidir», degan.
Ibn Mas’udning tashahhud haqidagi hadisi yigirma bir tariq (yo‘l) bilan rivoyat qilingan. Muslim: «Insonlar Ibn Mas’ud rivoyat etgan tashahhudga ijmo qilishgan», degan. Chunki uning sohiblari bir-birlariga muxolifat qilmaganlar.
Tashahhud haqidagi hadisni yigirma to‘rt sahoba turli lafzlar bilan rivoyat qilishgan. Jumhur (ulamolar) Ibn Mas’udning hadisini tanlaganlar. («Subulus-salom», 1-190).
Hammodning hadisini «Kutubi sitta» sohiblari, Doraqutniy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-49).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:15:08

Ikki tomonga salom berish

120-121 -hadislar
Omir ibn Sa’d otasidan rivoyat qilgan hadisda: «Men Rasululloh (s.a.v.) o‘ng va chap tomonlariga salom berganlarida yonoqlarining oqligini ko‘rar edim», dedilar.
Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda: «Nabiy (s.a.v.) o‘ng va so‘liga salom berar edilar. «Assalomu alaykum va rahmatullohi», der edilar, men o‘ng va chap tomonga salom berganlarida ul zot (s.a.v.) yonoqlarining oqini ko‘rar edim», deyiladi.
«Kutubi sitta» sohiblari hadisni rivoyat etishgan. Termiziy hadisni sahih degan («Osorus-sunan», 1-125).
«Sunan» sohiblari hadisni: «Men ul zot (s.a.v.) yonoqlarining oqini ko‘rar edim» qismisiz rivoyat etishgan («Taysirul-vusul», 2-227).
Ikki tomonga salom berish bilan bog‘liq hadisni o‘n besh sahoba turli lafzlar bilan rivoyat qilishgan. Bular orasida sahih, hasan, zaif, matruk hadislar bor. Hammasida «Barokatuhu» lafzisiz rivoyat qilingan («Subulus-salom», 1-195).
Omirning hadisini Nasaiy, Muslim keltirilgan lafz bilan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-50).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:15:43

Bo‘yra ustida namoz o‘qish mubohligi

122-hadis
Abu Sufyonning hadisini Ibn Yunus ham rivoyat qilgan. Muslim, Termiziy, Ibn Moja keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-49).

Hazrati Abu Bakrning musulmonlarga imom bo‘lib namoz o‘qiganlari

126-127-128-hadislar
Ibn Umardan shunday rivoyat etilgan hadis «Hazrati Payg‘ambarning kasalliklari zo‘rayganida ...» lafzi bilan keladi.
Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan: «Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) og‘riqlari kuchayganida Abu Bakr (r.a.) insonlarga namoz o‘qib bergan edi...» hadisini Buxoriy, Muslim va Nasaiy keltirishgan («Taysirul-vusul», 3-232).
«Abu Bakrga buyuring, insonlarga namoz o‘qib bersin...» hadisini Buxoriy, Muslim, Nasaiy, Ibn Moja rivoyat etishgan.
Hadisni Hammoddan Muslim va Ibn Moja ham Ibrohim orqali rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-55).

Qayd etilgan