Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367590 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:16:10

Ko‘r va qul kishilarning imomlik qilishi

129-hadis
«Osorus-sunan» sohibi ushbu hadislarni «Ko‘r kimsaning imomati», «Ko‘r holida qavmiga imom bo‘lardi» boblarida keltirilgan. Bu hadisni Buxoriy rivoyat qilgan. «Ko‘r bo‘lgani holda Ummu Maktum insonlarga namoz o‘qib berardi» (imomlikka o‘tardi. - Tarj.) hadisini Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qilgan. Qulning imomatiga doir hadis Ibn Umardan (r.a.) rivoyat etilgan. Unda: «Ilk muhojirlar jamoasi Rasulullohdan (s.a.v.) oldin Quboga kelganida Abu Huzayfaning (r.a.) quli Solim ularga imomlik qilardi. Solim ular ichida Qur’onni eng ko‘p yodlagan kishi edi», deyiladi. Buxoriy rivoyat qilgan («Osorus-sunan», 1-131).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:16:30

Ayol kishi bilan safda yonma-yon turgan erkak namozining buzilishi

130-hadis
Haysamning hadisini shu holda Hafsa ibn Solim rivoyat qilgan. Nasaiy hadisning ma’nosini Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan: Unda: «Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yonlarida namoz o‘qidim. Oyisha onamiz (r.a.) orqa safda biz bilan birga namoz o‘qidilar, men Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlarida o‘qidim», deyiladi.
«Men hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yonlarida edim» so‘zi bilan hadisidagi mubhamlik (noaniqlik. -Tarj.) oydinlashadi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘qilgan namozda Ibn Abbosning (r.a.) o‘ngtomonda turgani «Sahihayn»da kelgan mashhur qissada zikr etilgan.
«Ayol erkak bilan namozda yonma-yon tursa, ularning namozi buzilishiga» Imomi A’zam shu hadisni dalil qildilar. «Agar namoz fosid bo‘lmaganida Oyisha onamiz (r.a.) orqa safda turmas edilar...» Orqa safda yolg‘iz turish Imomi A’zamga ko‘ra, makruh, Ahmad ibn Hanbalga ko‘ra mufsiddir («Uqud’ul-javohir» 1-53).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:17:18

Birinchi safning fazilati va saflarni to‘ldirish haqida

131-hadis
«Birinchi safga Alloh taolo rahm qiladi va farishtalar duoi xayr qilishadi».
Ahmad ibn Hanbal, Termiziy va Ibn Moja Barodan, Ibn Moja yana Abdurahmon ibn Avfdan, Tabaroniy No‘‘mon ibn Bashirdan, Bazzor esa Jobirdan rivoyat qilgan («Al-munaviy», 2-269).
Saflarni to‘ldirish haqidagi hadis Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat etilgan. Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja va Ibn Hibbon «Sahih»da keltirishgan. Hadis oxirida: «Kim safdagi bo‘shliqni to‘ldirsa, Alloh taolo uning darajasini yuksaltiradi» («Al-munaviy», 2-269) deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:18:31

Ayollarni masjidga qo‘ymaslikdan qaytarish

134-hadis
Hammodning hadisini Abu Yusuf shunday rivoyat qilgan

Kechki ovqatni xufton namozidan oldin yeyish haqida

135-hadis
Zuhriyning hadisini Imom Buxoriy, Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja Ibn Umardan marfu’ holda rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:18:50

Farzga qo‘shilish

136-hadis
Haysamning hadisini Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy Jobirdan rivoyat qilishgan.

Juma kuni g‘usl olish

137-138-hadislar
Nofe’ning hadisini Ibn Xusrav va Ibn Muzaffar rivoyat qilishgan. Imom Muslimning lafzi: «Sizlardan biringiz juma namozi uchun masjidga bormoqchi bo‘lsa, g‘usl qilsin» («Uqud’ul-javohir», 1-27).
Hazrati Oyisha onamizning (r.a.) hadisini Buxoriy va Muslim bir-biriga yaqin, o‘xshash lafzlar bilan rivoyat qilishgan («Osorus-sunan», 2-88).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:19:15

Xotibning xutbada minbarda o‘tirishi

139-hadis
Abu Dovud hadisni «...Muazzin azonni tugatguniga qadar o‘tirdi» lafzi bilan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-72).

Xotibning xutba asnosida tik turishi

140-hadis
Hammodning hadisini bir jamoat shunday rivoyat qilgan. Ibn Moja hadisni A’moshdan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan rivoyat qilgan («Uqud’ul javohir», 1-72).
Jobirning hadisini Buxoriy, Muslim va Termiziy keltirishgan («Taysirul-vusul», 1-182).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:19:37

Juma namozida qiroat

141-hadis
Ibn Xusrav va Talha Ibn Junodaning rivoyatini naql qilishgan. Muslim, Abu Dovud va Nasaiy hadisni "Fajr namozida" lafzini qo‘shib keltirishgan ("Uqud’ul-javohir", 1-51).

Ikki hayitda A’lo va G’oshiya suralarini o‘qish

142-hadis
Ibrohimning hadisini Ibn Xusrav shunday rivoyat qilgan. Imom Buxoriydan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari keltirishgan. Nasaiy Anasdan (r.a.): "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga peshin namozini o‘qidim. A’lo va G’oshiya suralarini o‘qidilar" tarzida rivoyat qilgan ("Uqud’ul-javohir", 1-51).
«Hayit va juma namozi bir kunda kelsa, har ikkala namozda ham shu ikki surani o‘qiydi». Buni Muslim rivoyat qilgan. ("Osorus-sunan", 2-98).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:20:19

Juma kuni vafot etganning qabr azobidan qutulishi

144-hadis
Qosim ibn Hakam Abu Hanifadan (r.al.) shunday rivoyat etgan. Abu Ya’lo, Anasdan (r.a.) shunga o‘xshash hadisini keltirgan. Termiziy Ibn Umardan: "Juma kuni o‘lgan yoxud juma kechasi o‘lgan har musulmonni Alloh taolo qabr fitnasidan asraydi" mazmunli hadisni keltirgan ("Uqud’ul-javohir", 1-21).

Turmushga chiqmagan va hayzli ayollarning namozgohga chiqishlari mubohligi haqida

145-hadis
Hammodning hadisini Horisiy rivoyat qilgan. Buxoriyda Hafsa orqali Ummu Atiyyadan hadis rivoyat etilgan ("Uqud’ul-javohir", 1-53).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:20:46

Ayollarning namozgohga chiqishlarining muboh bo‘lishi

146-hadis
Abdulkarimning hadisini Ibn Muzaffar va Ibn Xusrav rivoyat etishgan.

Hayit namozidan avval va keyin boshqa namoz yo‘q

147-hadis
«Kutubi sitta» sohiblari Ibn Abbosdan (r.a.) hadisni rivoyat etishgan. Termiziy Ibn Umardan (r.a.) shunga o‘xshash hadisni keltirgan. Termiziy va Hokim hadisni sahih, deyishgan ("Uqud’ul-javohir", 1-72).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:21:06

Zul-Xulayfada namoz

148-hadis
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyat qilishgan.

Sahobai kiromning safardagi namozi

149-hadis
Hammodning hadisini Nasaiy "Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim"lafzi bilan keltirgan ("Uqud’ul-javohir", 1-71).

Qayd etilgan