Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367643 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:21:25

Minoda namozni qisqartirish

150-hadis
Hammodning Ibrohimdan rivoyat qilgan hadisini Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat etishgan ("Uqud’ul-javohir", 1-62).

Vitr namozining vojib bo‘lishi

152-hadis
Ibn Umarning hadisi Ibn Muzaffar, Ibn Xusrav va Ashnoniy va Talha rivoyat qilishgan. Va Talhadan boshqalari sanad va matni borasida ittifoqdirlar. Talha va Abu Ya’fur Abdi Vaqdon ixtilof qilishgan. Roviylar ishonchli bo‘lgani uchun bu ixtilof zarar bermaydi. Nasaiydan boshqa «Sunan» sohiblari, Ahmad ibn Hanbal va Doraqutniy hadisni rivoyat qilishgan.
Vitr vojibdir, amaliy farzdir. Zufar vitrni farz degan. Nuh ibn Maryam vitrni sunnat deb rivoyat qilgan. Bu rivoyatlar shunday uyg‘unlashtirilgan. Vitr amalan farz, e’tiqodan vojib, sunnat bilan sobit bo‘lgan («Uqud’ul-javohir», 1-60).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:21:39

Vitr namozi va uni ado etish muhimligi

153-hadis
Vitr namozi bilan bog‘liq hadislarni «Sunan» sohiblari Abu Dovud va Hokim Ibn Buraydaning «Vitr namozi haqdir» so‘zi bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-60).
«Alloh taolo sizga bir namozni sizga ziyoda etdi, u vitr namozidir» hadisini Tabaroniy rivoyat qilgan. Hofiz: «Bu hadisning isnodi hasandir», degan («Osorus-sunan», 2-4).
«Alloh taolo sizga bir namoz orttirdi. Bu namoz sizga qizil tuyalardan-da yaxshiroqdir. Alloh taolo vitr namozini xufton namozi bilan tong otguncha bo‘lgan vaqtda o‘qishni buyurdi».
Ahmad ibn Hanbal «Musnad»ida rivoyat qilgan. Abu Dovud, Termiziy, Hokim, Doraqutniylar rivoyat etishgan. Hokim bu hadisni «Sahih» degan. Ibn Hajar Buxoriyning buni zaif, deganini aytgan. Aksariyat muhaddislar ham zaif deyishgan («Al-munaviy», 2-224).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:22:05

Vitr namozining uch rakat ekani va unda o‘qilgan suralar haqida

154-155-hadislar
Zabidiyning hadisini Nasaiy Zuroda ibn Abu Avfa orqali rivoyat qilgan. Hokim Oyisha onamizdan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) uch rakat vitr namozini o‘qir edilar», deyiladi.
Vitr namozidagi qiroatga doir hadisni Tahoviy, Nasaiy va Ahmad keltirishgan. Ishoq: «Vitr namozida o‘qiladigan oyatlar haqida eng sahih rivoyat shulardir», degan («Uqud’ul-javohir», 1-60-61).
Hammodning hadisini Hokim keltirgan va: «Bu Buxoriy va Muslimning shartiga ko‘radir», degan.
«Sunan» sohiblari, Ibn Abbos va Doraqutniy Oyisha onamizning (r.a.) hadisini ushbu lafzlar bilan rivoyat qilishgan: «Uch rakatli vitr namozining oldingi ikki rakatida «A’lo» suralarini o‘qir edilar» («Uqud’ul-javohir», 1-61).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:22:31

Vitr namozi vaqtining kengligi haqida

158-hadis
Ibn Abu Shayba hadisni keltirgan. Buxoriy Masruqdan, u Oyisha onamizdan (r.a.) ayni ma’nodagi hadisni rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-61).

Sahv sajdasi salom berganidan so‘ng qilinadi

159-hadis
Hammodning hadisi «Kutubi sitta»da rivoyat etilgan. Buxoriyning lafzi «Sizdan biringiz shubha qilganida...» shaklidadir («Uqud’ul-javohir», 1-69).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:22:49

Sod surasidagi sajda oyati

160-hadis
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etilgan hadis: «Nabiy (s.a.v.) Sod surasida sajda qildilar» tarzidadir. Buxoriy hadisni «Nabiy (s.a.v.) sajda qilayotganlarini ko‘rdim» lafzi bilan rivoyat qilgan.
Abu Dovud Abu Saiddan qilgan rivoyat: «Rasululloh (s.a.v.) bizga xutba irod etdilar. Xutbada Sod surasini o‘qidilar, sajda oyatiga kelgach, minbardan tushdilar, sajda qildilar. Biz ham Ul zot bilan birga sajda qildik», deyiladi.
Imom Ahmad Abu Saiddan keltirgan boshqa bir rivoyatda «Nabiy (s.a.v.) sajda qilar edilar» shaklidadir.
Tilovat sajdasi sajda oyatini o‘qiganida, eshitganida, imomga iqtido qilganida (agar imom o‘qisa) vojibdir («Uqud’ul-javohir», 1-70).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:23:23

Namozni buzuvchi narsalar

161-hadis
Hammodning hadisini shu holda Hafs ibn Muslim rivoyat qilgan. Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Nasaiy A’mash orqali keltirishgan.

162-164-hadislar
Namoz o‘qiyotganning oldidan o‘tgan hech bir hayvon namozni buzmaydi.
Hammod rivoyat qilgan hadis so‘nggida bunday deyilgan: «Namozini hech bir narsa buzmaydi» hadisini Ibn Xusrav, Horisiy, Zufar va Al-Ashnoniy rivoyat qilishgan. Abu Dovud hadisni keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-58).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:23:51

Erkaklar namoz o‘qiyotganini «Subhanalloh» deyish bilan, ayollar qo‘lni qo‘lga urish bilan bildirishadi

Nofe’ning hadisini Hokim ibn Zayd rivoyat qilgan. Ibn Moja «Ruxsat berdi» lafzi bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-59).

Kusuf namozi ikki rakatdir

165-hadis
Hammodning hadisi bir rivoyatda bunday: «Quyosh va oydan qaysi biri tutilsa, ochilguniga qadar namoz o‘qing» yoki: «Alloh taolo uni o‘zgartirgunicha namoz o‘qing», dedilar, minbardan tushdilar va ikki rakat namoz o‘qidilar».
Horisiy «Musnad»ining ba’zi nusxalaridagi «xutba o‘qidilar» so‘zi «Hidoya»dagi: «Kusuf (quyosh) tutilishida xutba yo‘qdir. Chunki bunday bir naql kelmagan» so‘ziga ziddir. Hofiz keltiradi: «Bu «Hidoya»dagi fikr «Sahihayn»da Asmodan kelgan rivoyat bilan rad etiladi. Unda: «Quyosh ochilganidan so‘ng turdilar. Insonlarga xutba o‘qidilar, Alloh taologa hamdu sano aytdilar», deyilgan («Uqud’ul-javohir», 1-73).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:24:14

Kusuf namozi boshqa namozlar kabidir

166-hadis
A’toning hadisini Ibn Xusrav va Ibn Muzaffar naql qilishgan. Termiziy «Shamoil»da va Nasaiy Shu’ba rivoyati bilan keltirgan. Hokim: «U hadis sahihdir» degan («Uqud’ul-javohir», 1-74).

Istixoraning o‘rgatilishi

167-hadis
Nosihning hadisini Qosim ibn Hokim shunday rivoyat qilgan. Termiziy, Nasaiy, Abu Dovud Jobirdan shunga o‘xshash hadisni zikr etishgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:24:40

Istixora

168-hadis
Hammodning hadisini Ismoil ibn Ayosh rivoyat etgan. Bazzor uni taxrij qilgan. Buxoriy Ibn Munkadirning Jobirdan rivoyat qilgan hadisini taxrij etgan («Uqud’ul-javohir», 1-67).

Zuho (quyosh ko‘tarilgan payt) namozi

169-hadis
Abdurahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qilingan hadisda «Ummu Honiydan (r.a.) boshqa hech kim menga Rasulullohning (s.a.v.) zuho namozini o‘qiyotganlarini ko‘rganini aytmadi», deyiladi.
Ummu Honiy (r.a.) Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kuni uning (Ummu Honiyning. - Tarj.) uylariga kirib, sakkiz rakat namoz o‘qiganlarini, bu namozdan boshqa biror namozni ruku va sajdalariga to‘la rioya qilib, qisqa o‘qiganlarini aslo ko‘rmaganini aytadi.
Bu hadisni Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Zuho namozi haqida hadis ko‘pdir («Osorus-sunan», 2-44).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:25:07

Ramazon oyining oxirgi o‘n kechasini bedor o‘tkazish

170-hadis
«Kutubi sitta» sohiblari hadisni farqli yo‘llar bilan rivoyat qilishgan.

Ramazon oyidan unumli foydalanish va taroveh namozi haqida
salafi solihiynning qarashi


171-hadis
Ziyodning hadisini Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasaiy keltirishgan.
Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo sizlarga Ramazon ro‘zasini farz qildi, men esa sizlarga (tarobeh) namozini sunnat qildim», deya
marhamat etdilar.
Urva Oyisha onamizdan (r.a.) qilgan rivoyatda bunday deyiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Ramazon oyida masjidda kechqurun odamlar bilan birga namoz o‘qidilar. So‘ngra ikkinchi kecha o‘qidilar. Bu kecha birinchi kechadan ko‘p jamoat yig‘ildi. Uchinchi yo to‘rtinchi kecha esa masjid batamom to‘ldi. Rasululloh ularning yonlariga chiqmadilar. Odamlar Rasuli akramni (s.a.v.) chaqira boshlashdi. Rasululloh (s.a.v.) chiqmadilar. Tong otgach, hazrati Umar (r.a.) hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.):
-   O’ Rasululloh! Insonlar sizni kecha kechqurun kutishdi,- dedi.
-   Ularga farz qilinadi degan qo‘rquv bilan chiqmadim, - deya marhamat etdilar Rasululloh (s.a.v.)».
Imom Buxoriy rivoyatida ilova qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida ish ana shu holda edi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Nasaiy hadisni Molik orqali rivoyat etishgan.
Buxoriy hadisni Uqayl orqali taxrij qilgan. Hadisni Muslim va Nasaiy Yunus ibn Zayddan keltirishgan.

Qayd etilgan