Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:25:34

Kechasi vitr namozi o‘qish

172-hadis
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (s.a.v.) kechasi o‘n uch rakat namoz o‘qir edilar. Vitr va bomdod namozining ikki rakat sunnati bu (sanoq)ning ichidadir.
Muslim rivoyat qilgan («Zujajatul-masabih», 1-339).

Nafl namoz

174-hadis
A’toning hadisini Buxoriy va Muslim rivoyat etishgan. Buxoriyda hadis lafzi bunday: «Rasulullohning (s.a.v.) hech bir nafl namozga bomdod namozining sunnatini o‘qishga shoshilganlaridek shoshganlarini ko‘rmadim».
Muslim Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda bunday marhamat qilinadi: «Bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyo va dunyo ichidagi hamma narsadan-da xayrlidir» («Uqud’ul-javohir», 1-65).
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Payg‘ambar (s.a.v.): «Otingiz qochib ketadigan bo‘lsa ham, bomdod namozining ikki rakat sunnatini tark qilmang», deydilar.
Ahmad ibn Hanbal va Abu Dovud rivoyat qilishgan, isnodi sahihdir («Osorus-sunan», 1-29).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:25:56

Bomdod namozida qiroat

175-hadis
Nofe’ning hadisini Talha rivoyat qilgan. Ibn Moja va Termiziy hadisni «qirq kun» lafzisiz keltirishgan. Nasaiy rivoyatida «yigirma kun» lafzi bor («Uqud’ul-javohir», 1-51).

Quyosh chiqqunicha masjidda o‘tirish

176-hadis
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Kimki bomdod namozini jamoat bilan o‘qib, quyosh chiqquniga qadar Alloh taoloni zikr etib, masjidda o‘tirsa, so‘ng ikki rakat namoz o‘qisa, unga bir haj va bir umra savobi yoziladi».
Anas aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «To‘la haj va umra savobi beriladi», deb marhamat qildilar».
Termiziy rivoyat qilgan va isnodi hasan-g‘arib degan («At-targ‘ib vat-tarhib», 1-295).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:26:34

Xufton namozidan so‘ng to‘rt rakat namoz o‘qigan kishi haqida

177-178-hadislar
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadis Muhorib ibn Dasordan (r.a.) marviydir. Bu ma’nodagi hadisni Abu Dovud Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan.
Nasaiy Shurayh ibn Honiy orqali keltirgan. Ahmad, Bazzor, Tabaroniyning rivoyatida «xufton namozini o‘qiganlarida» iborasi mavjud.
Buxoriy Ibn Abbosdan (r.a.), Bayhaqiy Oyisha onamizdan (r.a.) mavquf tarzda rivoyat qilgan.
Nasaiy, Doraqutniy Ka’bdan mavquf holda keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-66).

Peshin namozining farzidan keyingi sunnati

179-hadis
Hazrati Oyisha onamizdan (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) nafl namozlari haqida so‘raldi. U shunday javob berdi: «Rasululloh (s.a.v.) uyimda peshin namozining farzidan oldin to‘rt rakat o‘qir edilar, so‘ng farzini chiqib jamoat bilan o‘qir edilar, keyin esa uyga kelib, ikki rakat namoz o‘qir edilar». Muslim rivoyati («Zujajatul-masabih», 1-332).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:26:55

Uydagi namoz

180-hadis
Nofe’ning hadisini Buxoriy va Muslim Zayd ibn Sobitdan marfu’ yo‘l bilan rivoyat qilgan. Unda aytilgan: «Ey insonlar!.. Uylaringizda namoz o‘qing». Boshqa bir lafz bilan «Uylaringizda namoz o‘qishingiz kerak. Farz namozlaridan boshqa eng xayrli namoz - kishining uyida o‘qigan namozidir».
Abu Dovuddan rivoyat etilgan hadisda esa: «Kishining uyida o‘qigan namozi bu masjidimda o‘qigan nafl namozidan afzaldir», deyilgan.
Ibn Abu Shayba va Termiziy «imomning namozi» lafzi bilan rivoyat qilishgan. Termiziy hadisni sahih-hasan degan.
Nasaiy va boshqalar hadisni Ibn Umardan (r.a.) keltirishgan. Ibn Abu Shayba va Tabaroniy esa Zayd ibn Xolid Juhaniydan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-67).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:27:12

Ka’bada o’qilgan namoz

181 -182-hadislar
Nofe’ning hadisini Buxoriy «Ibrohim maqomida namoz o‘qiydigan joy qiling» bobida keltirgan.
Doraqutniy hasan sanad bilan rivoyat qilgan. Buxoriy va Muslim Ayyubdan, Nofe’dan rivoyat qilishgan. «Sahihayn»da Molikdan, u Nofe’dan, u Ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatda: «Nabiy (s.a.v.) Ka’baga Usoma bilan birga kirdilar» lafzi mavjud («Uqud’ul-javohir», 1-78).
«Sahihayn»da Ayyub, Nofe’, Ibn Umar (r.a.) orqali kelgan rivoyatga binoan bu Makkaning fathi kuni bo‘lgan. Bu va bundan boshqa «Sahihayn»da mavjud hadis Ibn Abbosning: «Nabiy (s.a.v.) Ka’baga kirdilar. U yerda oltita ustun bor edi», rivoyatiga muoriz (zid)dir. («Fathul-qodir», 1-479; «Al-muntaqo», 2-287-325).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:27:43

Uch farzandi o‘lgan kishi haqida

183-hadis
Imom Ahmad ibn Hanbal, Muslim va Hokim Ibn Buraydaning otasidan rivoyat etilgan hadisni rivoyat qilishgan. Nasaiy esa hadisni Anasdan (r.a.) keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-78).

Bolasi tushgani tufayli ota-onaning jannatga kirishi

184-hadis
Tabaroniy hadisni «Mu’jamul avsot» kitobida Sahl ibn Hanifdan marfu’ tarzda naql etgan: «Turmush quringlar. Men sizning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman. Tushgan (o‘lik tug‘ilgan. - Tarj.) bola jannatning eshigida turadi. Unga:
-   Jannatga kir, - deyilganida:
-   Onam va otam jannatga kirmagunlaricha kirmayman, - deydi». «Hadisda zikr etilgan Muso ibn Rabaziy zaif roviydir» deyilgan
(«Tarhut-tasrib», 3-250).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:27:59

Tobutni ko‘tarish tartibi

186-hadis
Hadisni shu matn bilan Abu Na’im, Al-Horisiy, Ibn Xusrav va Abu Bakr ibn Abdulboqiy rivoyat qilgan. Ibnul Muqriy ulardan boshqacha rivoyat qilgan. Ibn Moja ham «Sunan»ida hadisni shunday keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-76).
Abu Ubayda Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilgan: «Kim tobut orqasidan yursa, tobutning hamma tomonidan ko‘tarsin. Bu sunnatdir. So‘ng agar xohlasa ko‘tarsin, xohlamasa ko‘tarmasin». Buni Ibn Moja rivoyat qilgan. Sanadi mursaldir («Osorus-sunan», 2-121).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:28:20

Janoza namozining takbirlari

188-hadis
Hadisni Horisiy va Ashnoniy rivoyat qilishgan. Ibn Xusrav va Abu Hanifa (r.al.) Haysamdan, u Ibn Sirindan, u hazrati Alidan (r.a.) rivoyat etgan.
Hadisni Tabaroniy va Bayhaqiy Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Bayhaqiy aytadi: «Bu hadis bir necha yo‘llar orqali rivoyat etilgan, hammasi zaif. Faqat sahobalarning janoza namozi to‘rt takbir bilan bo‘lishiga oid ijmosi bu borada dalildir».
Molik esa hadisni Abu Umomadan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-75).

Janoza namozida o‘qiladigan duolar

189-hadis
Shaybonning hadisini Qosim ibn Hakam rivoyat qilgan. Ahmad ibn Hanbal keltirgan va unga quyidagilarni qo‘shimcha qilgan: «Allohumma man ahyaytahi minna fa ahyihi».
Abu Dovud va Termiziy hadisini Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-75).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:28:38

Marhumni qibla tomondan qabrga qo‘ymoq

190-hadis
Ibn Adiy «Komil» asarida, Uqayliy «Zuafo» asarida Amr ibn Yazid Taymiydan hadisni keltirishgan. «Sunan» sohiblari Ibn Abbosdan (r.a.) hadisni rivoyat qilishgan. Termiziy hadisning g‘arib ekanini aytgan.
Ibn Moja va Ahmad hadisni Jarirdan keltirishgan. Abdurrazzoq sahih sanad bilan keltirgan. Termiziy Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan va «Hadis hasandir», degan («Uqud’ul-javohir», 1-76).
«Osorus-sunan» muallifi bu mavzuga «O’limi yaqinlashganni qibla tomonga qaratish» nomli maxsus bob ajratgan.
Abu Qatodadan rivoyat qilinadi: Nabiy (s.a.v.) Madinaga kelganlarida Al-Baro ibn Marurni so‘radilar. «U vafot etdi, yuzini qiblaga tomon burib qo‘yishni vasiyat qildi», deyishdi. Bu so‘zni eshitgan Rasululloh (s.a.v.): «Fitratga (sunnatga - Tarj.) muvofiq qilibdi», dedilar va uning janozasini o‘qidilar».
Hokim «Mustadrak» asarida rivoyat qilgan va hadisni sahih, degan («Osorus-sunan», 2-116).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:29:36

Qabr savoli va azobi

191-hadis
Toyolisiy, Ibn Abi Shayba, Ibn Muni’ ham shu yo‘l bilan rivoyat etishgan.
Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja muxtasar tarzda rivoyat qilishgan.
Barodan rivoyat qilingan hadis muttafaqun alayhdir («Uqud’ul-javohir», 1-21).

Ajali ko‘rinib qolganning yonida Yosin surasini o‘qish

192-hadis
Ma’qal ibn Yosirdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v.) bunday deydilar: «Ajali ko‘rinib qolganlaringizga Yosin surasini o‘qingiz». Buni Abu Dovud, Ibn Moja va Nasaiy rivoyat etishgan. Ibn Hibbon hadisni sahih degan («Osorus-sunan», 6-117).
Ahmad ibn Hanbal va Ibn Moja Sulaymon Taymiyning hadisini rivoyat qilishgan.
Abu Zarr va Abu Dardo (r.a.) sanadi bilan kelgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qiladilar: «O’lim to‘shagida yotgan insonga Yosin surasi o‘qilsa, Alloh taolo unga o‘limni oson qiladi» («Subulus-salam», 2-91).

Qayd etilgan