Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368421 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:33:44

Ro‘za tutish taqiqlangan uch kun

218-hadis
Abdul Malikning hadisini Ibn Xusrav shu holda rivoyat qilgan. Tabaroniy Ibn Abbosdan (r.a.) marfu’ tarzda quyidagi lafzlar bilan keltirgan: «Ogoh bo‘ling! Bu kunlarda ro‘za tutmang. Chunki bu kunlar yeyish, ichish va qo‘shilish kunlaridir».
Tabaroniy Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ o‘laroq hadisni bunday ibora bilan naql etgan: «Mino (hojilar Minoda o‘tkazadigan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi) yemoq va ichmoq kunidir». Bu hadisning asli Imom Muslimdadir («Uqud’ul-javohir», 1-86).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:34:00

Shak kuni ro‘za tutishdan qaytarilgani

219-hadis
Hofiz bunday degan: «Hadisni bu lafz bilan topolmadim. Ma’nosi esa mana bu hadisdan chiqarilgan: «Ramazon ro‘zasini (oy kirmay) bir kun yoxud ikki kun avvaldan tutmang».
Abu Hurayraning (r.a.) bu hadisi muttafaqun alayhdir.
Shak kunida ro‘za tutish haqida faqihlarimiz bunday deyishgan: «O’sha kuni kim agar bugun ramazon deb ro‘za tutsa, tahriman makruh (haromga yaqin makruh. - Tarj.) ish qilgan bo‘ladi. Chunki bunda ahli kitobga o‘xshashlik bor. Ahli kitob tutgan ro‘zalarining muddatini ko‘paytirgandir».
Shunga asosan Ramazon ro‘zasini oy boshlanmay turib tutishdan qaytarilganmiz.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:34:14

E’tikof

220-hadis
Nofe’ning hadisini Marvon ibn Muoviya mazkur tarzda rivoyat qilgan. Buxoriy va Muslim «Kechasi Masjidul Haromda e’tikof qilishimni...» lafzi bilan keltirishgan.
Buxoriy va Muslimning yana bir rivoyatida: «Hazrati Umar (r.a.) bir kun e’tikof o‘tirishni o‘zlariga vojib qilgan edi», deyiladi.
Abu Dovud esa «E’tikof o‘tir va ro‘za tut» lafzi bilan hadisni keltirgan.
Nasaiy va Tabaroniy bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) hazrati Umarga (r.a.) e’tikof o‘tirishni va ro‘za tutishni buyurdilar», deya naql etishgan.
E’tikofda ro‘zador bo‘lishni faqat Abdulloh ibn Navfal hadisda keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-88).
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlariga qadar Ramazonning so‘nggi o‘n kunida e’tikof o‘tirganlar. Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘ng zavjalari e’tikof o‘tirganlar («Zujajatul-masabih», 1-585).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:34:47

HAJ

221-hadis
Atiyyaning hadisini Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud va Hokim Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Hokim hadisni sahih degan.
Tabaroniy, Ahmad va Ibn Moja Fazl ibn Abbosning hadisiga «Ba’zan kasallikka chalinasan, ba’zan narsa yo‘qotasan, ba’zan esa ehtiyoj hosil bo‘ladi» lafzlarini qo‘shib rivoyat etishgan.
Imomi A’zamdan kelgan ikki rivoyatning sahihi (to‘g‘rirog‘i) shudir. Shu ixtiyor etilgan. «Hidoya» sohibi bunday deydi: «Abu Hanifadan (r.al.) bunga dalolat etuvchi rivoyat bor». Imom Muhammad nazdida boshqa yillarga surish ham joizdir» («Uqud’ul-javohir», 1-88).

Haj qilganni Alloh taolo avf etadi

222-hadis
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Hajga borgan kishini uchratsangiz unga salom bering, u bilan qo‘l berib ko‘rishing. Uyiga kirmasidan oldin sizni duo qilishini so‘rang, chunki uning gunohi kechirilgandir».
Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan («Zujajatul-masabih», 2-102).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:35:27

Talbiyaning fazilati va uni baland ovozda aytish

223-hadis
Ibn Abdulboqiy va Hasan ibn Ziyod mazkur tarzda rivoyat qilishgan. Ibn Abu Shayba, Abul Ali Mahsiliy «Musnad»larida shu yo‘l bilan hadisni keltirishgan.
Hokim Abu Bakr Siddiqning (r.a.) hadisini rivoyat qilishgan. «Hadis sahihdir, biroq uning sanadida Voqidiy bor, sanadi uzilgan», degan.
Termiziy ham Abu Bakrdan (r.a.) keltirgan. Termiziy va Ibn Moja Ibn Umardan (r.a.) ham hadisni rivoyat qilishgan. Hadisning sanadidagi Ibrohim Yazid Havza zaif roviydir («Uqud’ul-javohir», 1-95).
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil kelib ashobimga ovozlarini ko‘tarib tahlil va talbiya aytishlarini buyurishimni aytdi».
Bu hadisni Molik, Termiziy, Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja va Doramiy rivoyat qilishgan («Zujajatul-masabih», 2-113).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:35:53

Miyqot joylari

224-225-hadislar
Yahyoning hadisini Zufar shunday rivoyat qilgan. Buxoriy Molik orqali Nofe’dan hadisni quyidagi lafzlar bilan keltirgan: «Madina ahli Zulxulayfadan talbiya aytadi».
Hammodning hadisini Hasan ibn Ziyod va Hayyoj ibn Bastom rivoyat qilgan. Buxoriy Nofe’ orqali Ibn Umardan hadisni taxrij qilgan.
Muslim Abu Zubayr orqali Jobirdan hadisni keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-89).
Zulxulayfa bilan Makka orasi 198 mil, taxminan, o‘n marhaladir. U yerda «Masjidi Shaja» degan masjid bor. Yana u yerda «Alining qudug‘i» deb nomlanuvchi quduq ham bor.
Juhfa - Makkaga besh yoki olti marhala uzoqlikdadir. Makkadan 82 mil uzoqda joylashgan. U yerda «Qodiyri Xum» deyiluvchi joy bor. Qarn - Makkaning sharqida, ikki marhala uzoqlikda. Yalamlam - Makkaga ikki marhala uzoqlikda («Al-muntaqo», 2-217).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:36:11

Ihromdagi kishining libosi

Abdullohning hadisini «Kutubi sitta» sohiblari Nofe’ va Ibn Umar (r.a.) orqali rivoyat qilishgan.
Buxoriyning lafzi «Ihromli kishi ko‘ylak kiymaydi» shaklidadir. Muslim Umar ibn Dinorning hadisini Abu Zubayr orqali keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-94).

Ihromga kirishda xushbo‘ylik surish

228-hadis
Talha, Horisiy, Ibn Xusrav, Hasan ibn Ziyod shunday rivoyat qilishgan. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat etilgan hadis muttafaqun alayhdir.
Muhim eslatma: ihromga kirilganidan so‘ng, asli qoladigan xushbo‘ylik bor, asli yo‘qolib ketadigani ham bor. Bu hadis hammasiga shomildir (taalluqlidir. - Tarj.). Abu Hanifa va Abu Yusuf nazdlarida, hadisning zohiridan anglashilgan ma’no va mavzuga oid boshqa hadislarga binoan xushbo‘ylik surish sunnatdir. Imom Muhammad va Zufar Imomi A’zam va Abu Yusufning qarashlariga xilof etib: «Ihromdan keyin asli ketmaydigan xushbo‘ylikni surmaydi» deyishgan («Uqud’ul-javohir», 1-92).
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda: «Men Rasululloh (s.a.v.) ihromlariga, (unga) kirmaslaridan oldin misk aralashgan xushbo‘ylik surar edim. U zot (s.a.v.) mushk hidlari bo‘lgani holda ayollarini aylanib chiqar edilar. Men u zotning xushbo‘yliklariga e’tibor berar edim», deyiladi («Zujajatul-masabih», 2-113).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:36:19

Hazrati Payg‘ambarning sahobalarga Qiron hajini buyurishlari

229-hadis
Jobirning hadisini Muslim mazkur holda keltirgan. Tahoviy hadisni Ibn Ishoq orqali rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-100).
«Umra va hajni bir qilib ado etdilar va vafotlariga qadar bundan qaytarmadilar. Bu hadisni nasx qiluvchi bir oyat ham nozil bo‘lmadi».
Muslim hadisni Imron ibn Husayndan rivoyat qilgan («Fathul-qodir», 2-201).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:36:41

Umraning haj ibodati bilan birga abadiy bo‘lishi

230-hadis
Jobirning hadisini Doraqutniy shu holda keltirgan. Uning roviylari ishonchlidir.
Nasaiy va Ibn Moja Tovus orqali keltirishgan. Hofiz: uning muttasilligida shubha bor, degan.
Tahoviy hadisni Abu Dovud orqali keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-101).

Umrani tark etib haj qilmoq

231-hadis
Haysamiyning hadisida: «Oyisha onamiz (r.a.) haj qila boshladi. Bitirganida Rasululloh (s.a.v.) unga umrani buyurdilar»,
deyiladi.
Buxoriy va Muslim hadisni keltirishgan. Muslim rivoyatida: Oyisha onamiz (r.a.) Sarf degan joyda hayz ko‘rdilar. Arafotda pokiza bo‘ldilar («Uqud’ul-javohir», 1-103).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:36:56

Umraning qazosi

232-235-hadislar
Hammodning hadisini Buxoriy va Muslim «Yo Rasululloh!» lafzi bilan keltirishgan. Buxoriy: «So‘ng umra qildim» lafzi bilan rivoyat qilgan. Buxoriyning lafzlaridan ba’zilari esa: «Oyisha onamizga xitoban «Bor!.. Abdurrahmon ham sen bilan birga borsin» shaklidadir. Buxoriy buni «Jihod» bobida zikr etgan («Uqud’ul-javohir», 1-103).

Boshqa kishi uchun qurbonlik so‘yish

233-hadis
Haysamiyning hadisini Muslim Jobirdan naql etgan: Unda: «Qurbon kunida Rasululloh (s.a.v.) Oyisha onamiz (r.a.) uchun sigir qurbonlik qildilar» tarzida rivoyat qilingan.
Nasaiy va Hokim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-104).

Qayd etilgan