Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368256 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:37:19

Ihromdagi kishi o‘zi ovlamagan hayvon go‘shtini yeydi

Muhammad ibn Munkadirning hadisini Talha, Ibn Muzaffar, Ibn Xusrav, Ibn Abdulboqiy rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-102).

Ihromli kishining ihromda bo‘lmagan odam so‘ygan hayvon go‘shtini yeyishi

237-hadis
Muslim va Ibn Hibbon «Sahih»larida hadisning ma’nosi keltirilgan. Muslim Ibn Munkadirdan, u Muozdan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-102).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:37:38

Ihromli kishi o‘ldirishi mumkin bo‘lgan hayvonlar

238-hadis
Nofe’ning hadisini Horisiy, Ibn Muzaffar, Ibn Xusrav mazkur holda rivoyat qilishadi. «Sahihayn»da Ibn Umarning (r.a.) hadisi marfu’ tarzda «hayvonlardan beshtasi» shaklida kelgan.
Muslim Ibn Umardan (r.a.) boshqa yo‘l bilan rivoyat qilgan. Abu Dovud va Termiziy Abu Saiddan hadisni rivoyat qilishgan. Nasaiy va Ibn Moja Oyisha onamizning (r.a.) hadisini marfu’ tarzda rivoyat qilishgan.
Sanab o‘tilgan bu besh narsani o‘ldirish Abu Hanifa, Abu Yusuf va Imom Muhammadning nazdlaridadir. Ular bo‘rini it bilan bir hisob etishgan («Uqud’ul-javohir», 1-102).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:37:53

Ihromdagi kishining ihromi nikoh aqdiga mone’ bo‘lmaydi

239-hadis
Ibn Abbosning hadisini barcha muhaddislar rivoyat qilishgan. Imom Buxoriyga ko‘ra, Nabiy (s.a.v.) ihromda bo‘lganlarida Maymuna onamizni nikohlab oldilar, ihromdan chiqqanlaridan so‘ngra u bilan qo‘shildilar («Al-muntaqo», 2-247).

Ihromda bo‘lganning qon oldirishi

240-hadis
Hammod Ibn Abbosdan rivoyat qilgan hadis muttafaqun alayhdir («Al-muntaqo», 2-245).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:38:20

Hajarul-asvadni iste’lom qilish

241-hadis
Nofe’ning hadisini Yahyo ibn Abdulhamid al-Hamoniy rivoyat qilgan. Buxoriy va Muslim keltirishgan. «Fathul-qodir» asarida: «Tavofni Hajardan boshlash sunnatdir. Boshqa joydan boshlasa ham joizdir. Biroq ko‘pchilik mashoyix nazdida makruhdir» deyilgan. («Uqud’ul-javohir», 1-95).

Ruknlarni hassa va boshqa narsalar bilan iste’lom qilish mubohligi haqida

245-hadis
Hammodning hadisini «Kutubi sitta» sohiblari Ibn Abbosdan (r.a.) keltirishgan. Muslim va Abu Dovud Jobirdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda «Hajarul-asvadni hassasi bilan iste’lom qilar edi», deyiladi. Imom Buxoriy hadisni boshqa yo‘l bilan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-96).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:38:52

Ikkinchi shavtda raml qilmoq

246-hadis
Muslim, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilishgan.
Abu Dovud, boshqa «Sihoh» sohiblari va Muslim hadisni Jobirdan rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-96).

Bir iqomat bilan namozni jam qilish

247-hadis
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) shom va xuftonni jam qilib o‘qidilar. Shomni uch rakat, xuftonni ikki rakat, bitta iqomat bilan ado etdilar», deyiladi. Bu hadisni Muslim rivoyat qilgan.
Abu Hanifa (r.al.) shu kecha jam etishni olganlar («Zujajatul-masabih», 2-155).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:39:11

Bir azon va bir iqomat bilan ikki namozni jamlash

249-hadis
Ibn Abdulboqiy «Musnad»ida bu hadisni rivoyat qildi. Ibn Abu Shayba, Ishoq va Tabaroniy shunday keltirishgan. Faqat ular: «Muzdalifada», deyishgan.
Imom Buxoriy Ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatda: «Bitta iqomat takbiri bilan shom namozi va xufton namozini jam qildilar», deyilgan.
Imom Muslim shu ma’noda Jobirdan rivoyat qilgan. Unda «Bir azon va ikki iqomat takbiri bilan jam qildilar...» deyilgan. Abu Ja’far Tahoviy shuni ixtiyor etgan («Uqud’ul-javohir», 1-97).

Vaqfada turish va shaytonga tosh otish vaqtini tayin etish

250 -251-hadislar
Hadisni Hasan ibn Ziyod, Xorisiy va Ibn Xusrav rivoyat qilishgan. To‘rt «Sunan» sohiblari ham keltirishgan. Uni «bi laylin» o‘rniga «bi falsin» lafzi bilan keltirishgan. Ibn Abbosning muttafaqun alayh hadisida: «Men ham Rasululloh (s.a.v.) yuborgan kimsalar orasida edim», deyiladi.
Abu Dovud hadisni boshqa bir shaklda keltirgan, isnodi sahihdir. Imom Buxoriy va Imom Muslim Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-97).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:39:33

Haj qilayotgan kishi qachon talbiya aytishdan to‘xtaydi?

252-hadis
Ibn Xusrav shunday rivoyat qilgan. «Kutubi sitta»da kelgan. Ibn Moja unga quyidagini qo‘shgan: «Toshni otgach, talbiyani to‘xtatadi». Abu
Dovud Ibn Mas’uddan keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-98).

Hady qurbonligi, tamattu’ va qiron haji qiluvchi so‘yadigan qurbonlik moliga miniladimi, minilmaydimi?

253-hadis
Hady - Ka’baga hadya qilingan tuya, sigir, qo‘ydir. Hadyning eng kichigi qo‘ydir.
Bu hadisni Abu Dovuddan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari Abu Hurayradan rivoyat qilishgan.
Imom Buxoriy marfu’ degan. Unda: «Hayvonlarni haydayotgan odamni ko‘rdi», deyiladi. Abu Hanifa, Abu Yusuf va Imom Muhammad bunday deydilar: «Tamattu’, qiron va hady uchun olib borilgan hayvonni minsa bo‘ladi. Ammo bu minishga ehtiyoj bo‘lganidagina joiz». Imom Muslim Jobirdan rivoyat etgan hadisni hujjat qilganlar.
Bu qo‘shimchalar xabarlardagi sahih yo‘llar orqali kelgan. Bu rivoyatlar minish faqat zarurat bo‘lgan paytda joizligiga dalolat qiladi. Imomlarimiz ham shuni ta’kidlaganlar («Uqud’ul-javohir», 1-104).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:39:49

Ihromda shart qilingan narsalar

254-hadis
Hammodning hadisini Ahmad, Ibn Moja va Nasaiy rivoyat qilishgan. «Subay» ismi «sod» harfining zammasi bilan, ismning kichraytirilgan shaklidir. Subay johiliyatda va Islomda yashagan.
Ibn Hibbon hadisni ishonchli deb zikr etadi. Abu Dovud hadisni «Men nasroniy bir kishi edim» lafzi bilan keltirgan («Al-muntaqo», 2-229).
Eslatma: «Musnad»ni o‘qishda Abu Hanifadan (r.al.) avval Hammod ismi zikr etilsa, bu Imomi A’zamning o‘g‘illaridir. Agar Hammod ismi Abu Hanifadan keyin tilga olingan bo‘lsa, bu Imomi A’zamning ustozlaridir. Abu Hanifa ustoziga bo‘lgan hurmati tufayli o‘g‘liga Hammod deb ism qo‘yganlar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:40:04

Ramazonda umra qilishning fazilati

255-hadis
Asad shunday rivoyat qilgan. Imom Buxoriy va Imom Muslim hadisni keltirishgan. Imom Muslimning rivoyatida: «Rasululloh (s.a.v.) ansordan bir ayolga dedilar...» deyiladi.
Imom Buxoriy: «Haj yoki haj kabidir» shaklida rivoyat qilgan.
Imom Muslim boshqa yo‘l bilan rivoyat qilgan. Unda: «Ramazonda umra qilish haj qilgan kabidir. Yoki men bilan birga haj qilgan kabidir», deyiladi.
Imom Buxoriy ham shu yo‘l bilan keltirgan. Nasaiyda «Men bilan birga» lafzi bo‘lmay, «hajga tengdir» lafzi mavjuddir. Imom Ahmad Jobirning (r.a.) hadisidan rivoyat qiladi («Uqud’ul-javohir», 1-103).
Ibn Abbosdan (r.a.) naql etilgan «Ramazondagi umra hajga tengdir» rivoyatini Imom Termiziydan boshqa hamma muhaddislar rivoyat qilishgan(«Al-muntaqo», 2-222).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:40:40

Makka fathida Rasululloh (s.a.v.) Makkaga qanday kirib borganlar?

256-hadis
Abdulloh ibn Dinorning hadisini Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy keltirishgan. Ibn Moja Jobirdan rivoyat qilgan hadisda quyidagicha kelgan: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Makkaga kirganlarida boshlarida qora sallalari bor edi» («Uqud’ul-javohir», 1-151).

Qayd etilgan