Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 368096 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:41:12

Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish

257-hadis
Alloma Namaviy «Osorus-sunan» asarida hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish haqida maxsus bir bob ajratgan. Unda shunday deyiladi: «Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Kim mening qabrimni ziyorat qilsa, unga shafoatim vojib bo‘ladi».
Buni Ibn Huzayma «Sahih»ida, Doraqutniy, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat etishgan. Isnodi hasan, deyilgan. Ba’zi ahli ilm zaif degan.
Taqiyyuddin Sabukiy «Shifa us-saqom» asarida ularga qarshi chiqqan. Bu kitobni u qabr ziyorati haqida Ibn Taymiyaga raddiya tarzida yozgan. Bu nodir kitobdir. So‘ngra Abu Dardodan hadis keltiradi. U «Bilol tushida ko‘rdi...» deb boshlanadigan hadisdir («Osorus-sunan», 2-127).
Ibn Adiy hasan sanad bilan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: «Kim haj qilsa-yu meni ziyorat etmasa, menga jafo qiladi» («Hoshiya-tut-Tahoviy», 405).
«Kim vafotimdan keyin haj qilganida mening qabrimni ziyorat qilsa, meni tirikligimda ziyorat qilgan kabi bo‘ladi».
Ushbu hadisni Tabaroniy va Bayhaqiy «Sunan»ida Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilishgan («Fayzul qodir», 2-116); («Fathul-qodir», 2-336).
Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish fazilatli sanaladi. «Kim faqat mening qabrimni ziyorat qilish maqsadida kelsa, Alloh taolo albatta u kishiga meni shafoatchi qiladi». Bu hadisni Tabaroniy Ibn Umardan keltirgan. Ibn Sakan hadisni sahih, degan («Ihyo», 2-266).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:41:27

NIKOH

258-hadis
Qosimning hadisini Abu Dovud, Tayolasiy, to‘rt «Sunan» sohiblari, Hokim va Bayhaqiylar keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-105).

Uylanishga tashviq

259-hadis
Talha hadisni quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan: «Uylaning, ko‘paying, chunki men Qiyomat kunida boshqa ummatlar oldida sizning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman».
Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Hibbon Ma’qal ibn Yasorning hadisidan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-105).
«Suyukli va ko‘p tug‘adigan ayollarga uylaning. Chunki men sizning ko‘p ekaningiz bilan faxrlanaman» hadisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan («Al-muntaqo», 2-495).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:41:49

Bokiralarga uylanish

260-hadis
Abu Naim va Ibn Sunniy hadisni Ibn Umardan rivoyat qilishgan. Ibn Moja, Bayhaqiy va Ibn Hibbon hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 1-106).
«Bokiralarga uylaning, chunki ular og‘izlari totli, rahmlari serpusht, oziga qanoat qiluvchidir».
Ushbu hadisni Ibn Moja mursal, Bayhaqiy muttasil tarzda rivoyat qiladi («Zujajatul-masabih», 2-382).

Tug‘adigan qora xotin

262-hadis
«Tug‘maydigan chiroyli xotindan tug‘adigan qora xotin yaxshidir». Hadisni Tabaroniy, Daylamiy, Muoviya Ibn Xaydadan rivoyat qilishgan («Al-munaviy», 4-115).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:42:12

Ayoldagi xosiyatsizlik

263-hadis
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Ayolda, uyda, otda xosiyatsizlik bor». Bu hadis muttafaqun alayhdir.
Bu rivoyatda: «Xosiyatsizlik uch narsada - ayolda, maskanda, ulovdadir», deyildi.
«Sahihayn»da Sahl ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Agar xosiyatsizlik bo‘lsa, (u) ayolda, uyda, otdadir», deb aytdilar». Imom Buxoriy «Agar biron narsada xosiyatsizlik bo‘lsa...» lafzi bilan rivoyat qiladi («Miftahus-saodat», 2-225).
Uyning xosiyatsizligi yomon bilan qo‘shni bo‘lish. Otning xosiyatsizligi -Alloh taolo yo‘lida g‘azotga minilmaslik. Ayolning xosiyatsizligi tug‘masligi va xulqining yomonligi.

Tul xotin xohlamasa ham, valiyi uni turmushga bersa, eridan ajratiladi

268-hadis Abdulazizning hadisini Imom Buxoriy Hanso binti Hizom al-Ansoriyadan keltirgan. Bu hadisni Buxoriy yolg‘iz o‘zi keltirgan. Imom Muslim kitobida Hansodan hech narsa keltirmagan. Nasaiy Hansoning hadisida «(bokira) edi» deb keltirgan. Ahmad ibn Hanbal hadisni Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-115).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:42:38

Nikohi harom qilinganlar

269 -270-hadislar
Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilgan. Termiziy bu hadisni sahih-hasandir, degan. Ibn Hibbon ham hadisni sahih degan va unga quyidagicha qo‘shimcha qilgan: «Amma erkak qardoshining (aka-ukaning.-Tarj.) qizi ustiga, xola esa qiz qardoshining (singlisining. -Tarj.) ustiga nikohlanmaydi». Buni Imom Muslim rivoyat qilgan.
Atiyyaning hadisini Al-Hul’iy «Favoid» asarida keltirgan. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Imom Buxoriy Jobir va Abu Hurayradan rivoyat qilgan. («Uqud’ul-javohir», 1-107,108).
«Kutubi sitta» sohiblari rivoyat qilishadi: «Nabiy (s.a.v.) ayolning ammasi yo xolasi ustiga nikohlanishini taqiqladilar» («Al-muntaqo», 2-528).

Mut’a nikohining harom bo‘lishi

271-272-273-274-275-276-hadislar
Muxtalif (har xil, turli) sanadlar bilan yetti rivoyat bor. Imom Buxoriy va Imom Muslim Ibn Mas’uddan rivoyat qilishgan. Bu rivoyatlar mut’a nikohining harom bo‘lganiga dalolat qiladi. Dastlab mut’a muboh edi. Keyin sahobalarning ijmosi bilan nasx qilindi. Bu Abu Hanifa, Abu Yusuf va Imom Muhammadlarning so‘zlaridir. Muvaqqat nikoh ham mut’a nikohi kabi haromdir («Uqud’ul-javohir», 1-110).
Sobraning «Mut’a nikohidan qaytardilar» deganini Imom Muslim rivoyat qilgan. Imom Buxoriy hazrati Alidan rivoyat qilgan. Bu hadis sahihdir («Fayzul qodir», 6-321).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:42:55

Azl

277-hadis
Ahmad hadisni boshqa lafz bilan rivoyat qilgan. Muslim hadisni Jobirdan rivoyat qilgan. Unda bir guruh azl qilishni karih (ya’ni, jirkanch) hisoblashgan, deyiladi. Ular Imom Muslim Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisni dalil qilishgan. Unda: «Bu tirik bolani yashirincha ko‘mishdir», deyilgan («Uqud’ul-javohir», 2-90).
Abu Saiddan qilingan rivoyatda aytiladi: «Bani Mustalaq g‘azotida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga jangga chiqdik. Arablardan asirlar oldik. Ayollarga jinsiy rag‘batimiz paydo bo‘ldi. Bo‘ydoqlik bizga zo‘rlik qila boshladi. Azl qilmoqchi bo‘ldik. Bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radik. Ul zot: «Azl qilishingiz lozim emas. Alloh Qiyomat kuniga qadar yaratajak narsalarini yaratgandir», dedilar. Bu hadis muttafaqun alayhdir. Imom Muslim rivoyatidagi hadisda bunday deyiladi: «Keyin u (sahobalardan birlari. - Tarj.) joriyaga yaqinlashdi va joriya homilador bo‘lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.): «Undan taqdir etilgan narsa vujudga keladi, deb sizga aytgandim», dedilar («Zujajatul-masabih», 2-425).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:43:13

Jimo’ asnosida xotinning qiniga har xil tomondan kelish

278-hadis
«Sahihayn»da Jobirdan qilingan rivoyatda: «Yahudiylar: Erkaklar xotiniga orqa tomonidan qiniga yaqinlashsa, bola g‘ilay bo‘ladi, deb aytishadi», deyilgan.
Imom Muslimning lafzi bunday: «Xohlasa, yuzi bilan, xohlasa orqa bilan yotqizib, qiniga bo‘lishi sharti bilan xotiniga yaqinlashadi».

Xotinlarning orqasiga yaqinlashmoq

279-280-281 -hadislar
«Rasululloh (s.a.v.) xotinlarning orqalariga yaqinlashishni taqiqladilar».
Nasaiy, Tabaroniy «Avsat» asarida Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qildilar: «Xotinlarning orqalariga yaqinlashishdan qaytarish bu ishning harom va katta gunoh ekani uchundir».
Haysamiy deydi: «Hadisni rivoyat qilgan kishilar ishonchlidir». Nasaiy sahih sanad bilan rivoyat qilgan («Fayzul qodir», 6-339).
Huzayma ibn Sobitdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) Uch marta: «Alloh taolo haqdan uyalmaydi», dedilar va «Xotinlarning orqalariga yaqinlashmang» deb aytdilar.
Tabaroniy «Avsat»ida ishonchli sanad bilan rivoyat qilgan: «Xotinlarning orqalariga yaqinlashganni Alloh taolo la’natlaydi» («Az-zavajiru Ibn Hajar», 2-26).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:45:06

Bola yotoqqa oid

282-hadis
«Bola yotoqqa oiddir (Ya’ni, xotin bilan to‘shakda yotadigan er nasabidan bo‘ladi). Zino qilgan toshbo‘ron qilinadi».
Hadisni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan.
Nasaiy Ibn Mas’uddan, u Abu Umomadan, u Abdulloh ibn Zubayrdan rivoyat qilgan.
Ibn Moja Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilgan. Ibn Abdulbar bu hadis yigirmadan ortiq sahobiydan rivoyat qilinganini aytgan. Hadisdagi «bola»dan murod «o‘g‘il, qiz, bitta yoki ko‘p farzanddir», deyishgan.
Yotoq boshqasiga oid (tegishli) bo‘lgani uchun zino qilgan kimsa nasab iddao etolmaydi, bundan mahrumdir («Fayzul qodir», 6-377).
Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilishgan. Imom Buxoriy boshqa bir hadisda: «Bola yotoq egasiga oiddir» deb keltirgan («Uqud’ul-javohir», 1-225).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:45:33

ISTIBRO

Joriya rahmining tozalanishi


283-hadis
Al-Horisiy hadisni Usmon ibn Dinordan rivoyat qilgan: «Homilador asiralar bilan jimo’ qilishdan qaytardilar».
Ahmad, Abu Dovud va Hokim Abu Said al-Xudriydan rivoyat qilishgan.
Ibn Abu Shayba hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilgan: «Rasululloh (s.a.v.) homilador joriya bilan toki ko‘zi yoriguniga qadar, homilasi yo‘q joriya bilan hayz ila tozalangunicha jimo’ qilishni man etdilar». Biroq bu hadisning sanadida zaiflik va inqito (uzilish) bor («Uqud’ul-javohir», 2-105).

RADO (Sut bahsi)

285-hadis
Abu Yusuf rivoyat qilgan. Ibn Abbos va Oyisha onamizning (r.a.) hadisini Ibn Mojadan boshqa barcha «Kutubi sitta» sohiblari keltirishgan.
Imom Muslim: «Tug‘ilishdan harom bo‘lgani kabi sutdan ham harom bo‘ladi» tarzida, boshqalar «Nasabdan harom bo‘lgani kabi» shaklida keltirgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:46:01

TALOQ

Taloq etishga majburlanganning talog‘i sobit bo‘ladi


286-hadis
Hadisni Abu Dovud, Ibn Moja va Termiziy keltirishgan. Termiziy uni hasan-g‘arib hadis, degan. Hokim sanadi sahih, degan.
Nasaiydan boshqa «Kutubi sitta» sohiblari Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilgan hadisni keltirishgan («Al-muntaqo», 2-604).

Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) Savdani raj’iy taloq qo‘yib, unga idda saqlashni buyurishlari

287-288-hadislar
Hadis «Sahihayn»da Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilingan.

Qayd etilgan