Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 257797 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:58:55

Hazrati Abu Bakrning (r.a.) boshqalardan fazilati

365-   hadis
Imom Termiziy «Manoqib» bo‘limida hadisni keltirgan va uni hasan, degan.
Hokim Ibn Moja va Ibn Hibbon hadisni Abdulmalikdan rivoyat etgishgan («Uqud’ul-javohir», 1-23).

Abdulloh Ibn Mas’udning (r.a.) fazilati
366-hadis
Imom Termiziy hadisni Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat etgan va uni hasan hadis, degan («Uqud’ul-javohir», 1-23).
Imom Termiziy hadisni Xuzayfadan rivoyat etgan («Taysirul-vusul»; 4-229).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:59:11

Hazrati Hafsaning (r.a.) turmush qurishi

367-hadis
Imom Buxoriy va Nasaiy hadisni Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilishgan («Taysirul-vusul», 4-222).

Hazrati Ali (r.a.) birinchi musulmon bo‘lgan kishidir

368-hadis
Hazrati Ali (r.a.) Hadicha onamizdan (r.a.) so‘ngra, Hazrati Abu Bakrdan oldin musulmon bo‘lgan, deganlar ham bor. Bu fikrni Ibn Ishoq va boshqalar Rofe’ning hadisini hujjat qilib isbotlashgan.
Unda shunday kelgan: «Dushanba kuni ertalab Rasululloh (s.a.v.), kun oxirida Hadicha (r.a.) namoz o‘qidilar. Seshanba kuni esa hazrati Ali (r.a.) namoz o‘qidi». Bu hadisni Tabaroniy rivoyat etgan. Ikkinchi dalil «Mustadrak»da shunday kelgan: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) dushanba kuni nabiylik berildi. Hazrati Ali (r.a.) esa seshanba kuni musulmon bo‘ldi».
Ibn Abdulbarrdan rivoyat qilinadi. Muhammad ibn Ka’b Qurozdan qaysi birlarining oldin musulmon bo‘lganlari so‘raldi. U: «Subhanalloh!... Hazrati Ali (r.a.) birinchi musulmon bo‘lganlar. Odamlar chalkashayotganining sababi - Hazrati Ali (r.a.) musulmon bo‘lgach, musulmon bo‘lganini otasidan yashirganlar». Hazrati Abu Bakr (r.a.) esa imonini izhor etgan, deb javob berdi («Al-mavohibul-laduniyya», 1-241).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:59:37

Shahidlikning eng afzal darajasi

370-hadis
Xotib va Hokim hadisni Jobirdan (r.a.) rivoyat etishgan. Nasaiy Abu Saiddan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-151).

Zubayr ibn Avvom va Ahzob kechasida bo‘lgan voqea

371- hadis
Hadisni Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. Havoriy xolis inson demakdir («Taysirul-vusul», 3-238).
Imom Buxoriy va Muslim hadisni Sufyondan rivoyat qilishgan. Imom Muslim hadisni Jobirdan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-150).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 15:59:54

Huzaymaning guvohligi ikki kishining guvohligiga tengdir

377-hadis
Hadisni Abu Dovud, Ibn Huzayma «Sahih»da keltirishgan. Nasaiy ham rivoyat qilgan.

Hadicha onamizga (r.a.) Jannat xushxabari berilishi

378-   hadis
Hadisni Imom Ahmad, Tabaroniy, Abu Ya’lo ishonchli (siqo) roviylar orqali rivoyat qilishgan. Ibn Hibbon Abdulloh ibn Ja’fardan quyidagi marfu’ hadisni rivoyat etgan: «Hadichaga (r.a.) Jannatda ichida shovqin-suron, behuda baqir-chaqir va charchoq bo‘lmagan bir uy berilishi haqidagi xushxabarni yetkazishga buyurildim».
Imom Buxoriy va Muslim Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) Hadichaga (r.a.) Jannatda bir uy berilishi xushxabarini yetkazdilar...», deyiladi.
Tabaroniy Jobirdan (r.a.) rivoyatlari sahih bo‘lgan kishilar orqali quyidagi hadisni rivoyat etgan: «Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) Hadicha onamiz (r.a.) haqida so‘raldi. Ul zot (s.a.v.) marhamat qildilar: «Hadichani Jannatdagi daryolardan bir daryo ustida, ichida bekorchi so‘z, behuda shovqin-suron va charchoq bo‘lmagan bir uyda ko‘rdim» («Al-mavohibul laduniyya», 2-222).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:00:09

Oyisha onamiz (r.a.) jannatdadir

379-   hadis
Ibn Asokir hadisni ushbu lafzlar bilan rivoyat etgan: «Sen mening Jannatda zavjam bo‘lishingni bilganimdan buyon o‘limga parvo qilmayman».
Ammor ibn Yosir xutba o‘qidi va bunday dedi: «Allohga qasamki, men Oyisha onamizning (r.a.) dunyoda va oxiratda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) zavjasi ekanligini bilaman» (Imom Buxoriy rivoyati).

Oyisha onamizning (r.a.) fazilatlari

380, 381, 382, 383-hadislar
Ibn Sa’d Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) ayollari orasida o‘n fazilatim bilan ajralib turaman...»
Ibn Sa’d va Tabaroniy sahih sanad bilan va Ibn Abu Shayba: «Menga to‘qqiz xislat berildi» lafzi bilan hadisni rivoyat qilishgan.
Abu Ya’lo esa ushbu lafz bilan rivoyat qilgan: «Menga to‘qqiz xislat berildi... mendan boshqa bokira ayolga uylanmadilar» («Al-mavohibul laduniyya», 3-223).
Hofiz, ushbu hadis ahli hadis orasida muttafaqun alayhdir, degan («Al-mavohibul laduniyya», 3-233).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:00:33

Hazrati payg‘ambar (s.a.v.) ummatining fazilati

Oxiratda kofirlar musulmonlarning fidyasi bo‘ladi.

388- hadis
Hadisni Ibn Xusrav Avn ibn Ja’fardan rivoyat qilgan. Imom Muslim hadisni «Tavba» bo‘limida keltirgan. («Uqud’ul-javohir», 1-22; «Sahihi Muslim», 8-104).

Bu ummat rahmatga sazovor bo‘lgan ummatdir

389-391- hadislar
Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Bu ummat rahmatga sazovor bo‘lgan ummatdir. Ularga oxirat azobi yo‘qdir. Azoblari dunyodadir: fitnalar, zilzilalar va qatllar».
Hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan («Zujajatul-masabih»,1-23).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:01:42

Ta’n va tou’n

392-393-hadislar
Imom Ahmad va Tabaroniy Ziyod ibn Aloqatadan, u Abu Musodan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilgan.
Hofiz Iroqiy: «sanadi sihhatlidir», degan.
Haysam: «Ahmad ibn Hanbal sanadlar bilan va siqot roviylar orqali hadisni rivoyat etgan», degan («Al- munaviy», 4-444).

Yeyish, ichish, qurbonlik qilish, ovchilik va hayvon so‘yish, yeyish halol va harom bo‘lgan narsalar

394-395-hadislar
Boshqa hadis kitoblarida Nofe’ Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilgan hadis keltirilgan.
Imom Muslim hadisni Abu Birr rivoyati bilan keltirgan.
Imom Muslim hadisni Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-17).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:02:05

Xonaki eshak go‘shtini yeyishdan qaytarish

396- hadis
Hadisni Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy keltirishgan. («Uqud’ul-javohir», 2-79).
«Rasululloh (s.a.v.) barcha yirtqich hayvonlar (go‘sht)ini yeyishni man’ etdilar».
Bu hadis «Kutubi sitta»da kelgan. Hadisni Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy Ibn Abbosdan quyidagi qo‘shimcha bilan rivoyat etishgan: «va barcha yirtqich qushlarni» («Taysirul-vusul», 3-122).

Qurbaqani o‘ldirishdan qaytarish

398-hadis
«Rasululloh (s.a.v.) dorilik uchun qurbaqani o‘ldirishdan qaytardilar». Bu hadisni Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy va Hokim Abdurahmon ibn Usmon Taymiydan rivoyat qilishgan.
Bayhaqiy: «Bu hadis qurbaqani o‘ldirishdan qaytarish borasida vorid bo‘lgan hadislarning eng quvvatlisidir», degan. (« Al-munaviy», 6-337).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:02:33

Kaltakesakni yeyishdan qaytarish

399- hadis
Bu hadisni Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»ida keltirgan. Abu Dovud Abdurrahmondan rivoyat qilgan.
Abu Hanifa (r.al.), Abu Yusuf va Imom Muhammad nazdlarida kaltakesakni yeyish makruhdir. Nabiy (s.a.v.) o‘zlari va boshqalarga uni yeyishni karih ko‘rganlari shunga dalolat etadi.

Ovchilik

400-hadis
Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Moja Hammam ibn Horisdan rivoyat qilishgan. «Kutubi sitta»da Adiydan rivoyat qilingan («Uqud’ul-javohir», 2-73).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:02:45

Suv qurib, o‘lgan baliqni yeyish

401-hadis
Ibn Abu Shayba hadisni shu yo‘l bilan Abu Saidga bog‘lab rivoyat qilgan. Abu Dovud va Ibn Moja Jobir rivoyati bilan keltirishgan («Uqud’ul-javohir», 2-80).

Chigirtka yeyishning mubohligi

402-hadis
Abu Dovud Salmon Forsiydan rivoyat qilgan. Imom Buxoriy, Muslim, Nasaiy hadisni keltirishgan («Uqud’ul-javohir»), 2-79).
Salmondan rivoyat etiladi. Rasulullohdan (s.a.v.) chigirtkalar haqida so‘rashdi. Ul zot (s.a.v.) aytdilar: «Uni yemayman va harom ham demayman». Abu Dovud hadisni rivoyat qilgan («Taysirul-vusul», 3-118).

Qayd etilgan