Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 260644 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 75 B


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:46

66

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Qosim ibn Muhammaddan, u Shurayh ibn Honiydan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Ali Payg‘ambarimizning (s.a.v.): «Mahsiga mash tortish muddati musofir uchun uch kun va uch kechadir. Muqim kishi uchun bir kun va bir kechadir», deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:48:53

67

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Asvaddan, u Sha’biydan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrti Oisha bunday dedilar: «Rasululloh (s.a.v.) kechaning boshida ahli bilan qo‘shilar va yuvinmay uxlardilar, kechaning oxirida uyg‘onib ahli bilan yana qo‘shilar, so‘ngra g‘usl qilar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:01

68

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Abu Ishoqdan, u Asvaddan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Oisha (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) kechaning avvalida ahli bilan qo‘shilar, g‘usl olmas edi. Kechaning so‘ngida uyg‘onib ahliga yana qo‘shilar, keyin g‘usl qilar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:08

69

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Oisha (r.a.) bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.) junub bo‘lganlarida uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgan kabi tahorat olardilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:16

70

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u bir kishidan, u Huzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Huzayfa (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) unga qo‘llarini uzatdilar. Huzayfa Rasulullohdan (s.a.v.) qo‘lini tortdi.
Rasululloh (s.a.v.):
Senga nima bo‘ldi? - dedi.
- Men junubman, - dedi Huzayfa (r.a.).
Rasuli Akram (s.a.v.):
24 Qo‘lingni bizga ko‘rsat. Shubhasiz, mo‘min najas emas, boshqa rivoyatda mo‘min najas bo‘lmaydi,- deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:23

71

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, Hammod Huzayfadan rivoyat qiladi. Huzayfa (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) qo‘lini Huzayfaga cho‘zdilar. U qo‘lini Rasulullohga uzatmadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon najas bo‘lmaydi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:32

72

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Allohning Rasuli (s.a.v.) Hazrati Oishaga (r.a.):
- Menga atirni olib bering, - degan edilar, Hazrati Oisha (r.a.):
- Men hayzliman, - dedilar.
Shunda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Hayzing qo‘lingda emas», deya marhamat etdilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:40

73

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim aytdiki, Ummu Sulaymdan (r.a.) eshitgan kishi menga aytdi: «Ummu Sulaym (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.): «Erkak ko‘radigan narsani ayol ko‘rsa nima bo‘ladi?» deya so‘radi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «G’usl qiladi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:49:52

74

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, Ato Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Oisha (r.a.) aytdilar: «Rasululloh: «Hammom naqadar yomon uy. U bekitmaydigan uy va poklamaydigan suvdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:50:00

75

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Hammom ibn Harsdan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Oisha (r.a.): «Men Rasulullohning (s.a.v.) kiyimlarida qurib qolgan maniyni ishqalab tozalar edim», dedilar.

Qayd etilgan