Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 263074 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:16:32

Da’vo va dalillar

493-hadis
Horisiy, Ibn Muzaffar va Doraqutniy hadisni rivoyat qilishgan. Bu mavzuda Umar ibn Shuayb otasidan rivoyat qilgan to‘rt hadis bor.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Da’vogar dalil keltiradi. Ayblanuvchi qasam ichadi».
Ibn Abbosning (r.a.) hadisini Imom Buxoriy, Muslim va «Sunan» sohiblari keltirishgan. Imom Muslimning lafzi quyidagicha: «Koshki da’vo qilayotgan insonlar da’vo qilayotgan narsalarini topolsalar edi». Bunda quyidagi shartlar mavjud:
1.   Da’vogar faqatgina da’vo bilan haq sohibi bo‘lolmaydi.
2.   Inkor etganning so‘zi e’tiborlidir.
3.   Da’vogar dalil keltiradi.
4.   Ayblanuvchi qasam ichadi.
5.   Da’vo inkor bilan o‘rtadan ko‘tarilmaydi.
6. Inkor etgan qasam ichadi.
7. Mutlaq mulkda hokimning dalili qabul qilinmaydi («Uqud’ul-javohir». 2-43).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:16:54

Aqlsiz bolaning tasarrufi o‘tmaydi

494-hadis
Imom Termiziydan boshqa «Sunan» sohiblari hadisni Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat etishgan. Hokim Hammod ibn Salama orqali rivoyat qilgan va Muslimning shartiga ko‘ra sahih, degan («Uqud’ul-javohir», 2-58).
Ikki kishi bir narsani da’vo etganida ikkisining ham dalili bo‘lmasa, sotgan odamning so‘zi inobatga olinadi yoki ahdnoma bekor qilinib, olingan narsalar o‘zaro qaytarib beriladi.

495-496-hadislar
Hammodning hadisini «Sunan» sohiblari, Hokim, Ahmad ibn Hanbal va Dorimiy rivoyat etishgan. Ifoda Dorimiyga oid («Uqud’ul-javohir», 2-45). Abu Dovud, Abdurahmon ibn Qays ibn Muhammad ibn Ash’as, u otasidan, u bobosidan birinchi ifoda bilan rivoyat etgan. Nasaiy Qosim ibn Abdurrahmondan, u otasidan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 2-46).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:17:16

Mol qo‘lida bo‘lgan va uni da’vo qilganning har ikkisi narsa o‘ziga tegishli ekaniga dalil keltirishganida, mol qo‘lida bo‘lgan unga haqlidir

497-498-hadislar
Abu Dovud Abu Muso Asha’riyning hadisini rivoyat etgan («Uqud’ul-javohir», 1-152). Bu hadisni Nasaiy, Ibn Moja ham keltirgan.

FITNA

Zulm etib, qilich ko‘targanning oqibati (gunohi)


499-hadis
Hadisni Ahmad ibn Hanbal, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-152).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:17:40

TAFSIR

Mo‘minning farosati


504-hadis
Imom Buxoriy va Termiziy hadisni Abu Saiddan rivoyat qilishgan. Tabaroniy «Kabir» asarida, Ibn Adiy «Komil» asarida Abu Umoma ibn Jarirdan, u Ibn Umardan hadisni rivoyat qilishgan. Hadis hasan-sahihdir («Al-munaviy», 1-142).

«Qasamki, ularning hammasidan qilganlarini so‘raymiz».

505-hadis
Atiyya Avfiy Ibn Umardan rivoyat qilishicha, so‘raladigan narsa «La ilaha illalloh»dir.
Imom Termiziy va Abu A’lo Anasdan rivoyat qiladi: «Oyatda nazarda tutilayotgan narsa «La ilaha illalloh»dir.
Imom Termiziy va boshqa muhaddislar Anasdan marfu’ tarzda rivoyat qilishgan (Ibn Kasir tafsiri, 2-558).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:18:05

«Faqat Rabbing amri ila tushamiz».

506-hadis
Mazkur oyat Jabroilning (a.s.) Rasulullohni (s.a.v.) ko‘p ziyorat etishi bilan bog‘liq holda nozil bo‘lgan.
Ahmad ibn Hanbal Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbos orqali rivoyat etgan. Hadisning so‘ngida ziyoda (qo‘shimcha) bor: «Bu Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) javobdir». Oyati karimadagi «oldimizdagi narsa»dan maqsad dunyodir, «ortimizdagi narsa»dan murod oxiratdir (Ibn Kasir tafsiri, 3-130).

Alloh sizni bir suvdan yaratdi

508-hadis
Alloh taolo odam farzandi yaratilish holatining asli bo‘lgan tuproqdan boshqa hollarga o‘tishini bayon etmoqda. Hadisni Abu Hanifa (r.al.) Atiyya Avfiydan rivoyat qilgan. Abu Dovud va Imom Termiziy Fuzayldan rivoyat etishgan. Termiziy hadisni hasan, degan. Abu Dovud Abdulloh ibn Jobirdan, u Atiyya Abu Saiddan hadisni rivoyat qilgan (Ibn Kasir tafsiri, 3-440).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:18:21

«Farzandlaringiz kasbingizdandir».

510-hadis
Imom Buxoriy «At-tarix» asarida rivoyat qilgan. Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilishgan. Faqat Ibn Moja va Abu Dovud rivoyatining lafzi bunday: «Kishi yegan narsasining eng totlisi kasbidan (ishlab topganidan. - Tarj.) yeganidir. Kishining farzandi uning kasbidandir».
Termiziy hadisni hasan, degan. («Fayzul qodir», 2-423).

Tavba

511-hadis
Imom Buxoriy Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Mushriklardan bir guruhi ko‘p qotillik, ko‘p zino qilgan edi. So‘ng ular Hazrati Muhammadning (s.a.v.) huzurlariga keldilar va bunday dedilar:
-   Siz aytayotgan va da’vat etayotgan narsa yaxshidir. Biz qilgan
narsalarning kafforati haqida bizga xabar bersangiz?
Shunda mazkur oyatlar nozil bo‘ldi: «Ular shunday kishilarki, Allohdan boshqani iloh deb bilishmaydi, biror jonni nohaq o‘ldirishmaydi, zino qilishmaydi...» (Furqon, 68-69) So‘ngra quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Ayting: Ey nafsiga zulm etib haddidan oshgan qullarim. Allohning rahmatidan umid uzmang» (Zumar, 53).
Imom Muslim, Abu Dovud, Nasaiy Ibn Jurayhdan, u Ya’lo ibn Muslimdan, u Makkiydan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan. Imom Ahmad ibn Hanbal hadisni yolg‘iz yo‘l bilan rivoyat qilgan (Ibn Kasir tafsiri, 4-58).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:18:39

Hazrati Hamza qotilining Islomga kirganidan so‘ng avf etilishi

512-hadis
Imom Buxoriy Ja’far ibn Umar va Ibn Umayya Zumriydan rivoyat qilgan («Uqud’ul-javohir», 1-151).

«Al-huqub (vaqt) sakson sanadir».

515-hadis
Alloh taolo marhamat qiladi: «U yerda davrlar davomida (ahqoban) qoladilar» (Naba’, 23).
Ahqob miqdori borasida quyidagicha ixtilof etishgan:
Ali ibn Tolib bu davrni sakson yil, Hasan va Saddiy yetmish yil, Abdulloh ibn Amr qirq yil - deydi.
Saddiy bunday degan: «Yetti ming davr va har davr yetmish yil, har yil uch yuz oltmish besh kun, har kuni sizning ming yilga teng» (Ibn Kasir tafsiri, 4-464).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:18:57

«Xusno»ni tasdiqlash

516-hadis
Ibn Kasir aytadi:
1.   Ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, Abu Solih va Zayd ibn Muslim:
«Xusno»dan murod qasamdir», deyishgan.
2.   Abu Abdurrahmon Solamiy va Zahhok: «Xusno» «La ilaha
illalloh»dir, deyishgan.
3.   Ubay ibn Ka’b aytadi: «Men Rasulullohdan (s.a.v):
-   «Xusno» nima? - deya so‘radim.
-   Jannatdir, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v)» (Ibn Kasir tafsiri, 4-518).
Imom Buxoriy, Muslim Abu Dovud va Termiziy hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 1-18).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:19:20

VASIYAT VA MEROS

VASIYAT


517-hadis
Vasiyatning eng ko‘p miqdori molning uchdan bir qismidir. Imom Buxoriy shunga yaqin bir hadisni rivoyat qilgan. «Kutubi sitta»da hadis Molik orqali rivoyat etilgan. Imom Buxoriy va Muslim Sufyondan, u Zuhriydan rivoyat qilgan. Hadisni Imom Muslim Shu’ba orqali keltirgan («Uqud’ul-javohir», 2-150).

Musulmon kofirga, kofir musulmonga merosxo‘r bo‘lolmaydi

518-hadis
«Uqud’ul-javohir» muallifi bu haqda uchta hadisni naql etgan. «Kutubi sitta»da Usoma ibn Zaydning hadisi marfu’ tarzda ushbu lafz bilan keltirilgan: «Musulmon kofirga, kofir musulmonga merosxo‘r bo‘lolmaydi» («Uqud’ul-javohir», 2-153).

Qayd etilgan


Laylo  05 Noyabr 2007, 16:19:46

Asabaning merosi

519-hadis
Hadisni Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-156).

Hissa (ulush)lar taqsimidagi ixtilof

520-hadis
Kengroq ma’lumot olish uchun «Uqud’ul-javohir»dagi ushbu hadisga va bu borada kelgan boshqa hadislarga qarang. Hadisni Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Hokim rivoyat qilishgan («Uqud’ul-javohir», 2-157).

Qayd etilgan