NAMOZ KITOBI
79
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abdullohdan, u Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) namoz o‘qidi. Namoz qiroatini qisqa qildi. Ruku va sajdalarni ko‘p qildi. Namozni tugatgach bir odam unga dedi: «Sen Rasulullohning (s.a.v.) eng yaqin do‘sti bo‘la turib shunday namoz o‘qiysanmi?!»
Abu Zarr (r.a.) so‘radi:
«Ruku va sajdalarni to‘la ado etmadimmi?». U:
«Aksincha, mukammal qilding».
Abu Zarr (r.a.) dedi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitgan edim: «Kim Alloh taolo uchun bir bora sajda qilsa, u sababidan jannatda bir daraja yuksaltiriladi». Men o‘zimga ko‘p darajalar berilishini, ko‘p darajalar yozilishini istadim».
Ibrohimga bir kishi shunday dedi: «Rabzada Abu Zarrning yonidan o‘tayotganda Abu Zarr qisqa qiroat qilib, ruku va sujud sonini ko‘paytirib namoz o‘qiyotgan edi. Abu Zarr (r.a.) salom bergach, unga dedi: «Sen shunaqa namoz o‘qiysanmi? Axir sen Rasulullohning (s.a.v.) hamrohisan-ku?!».
Abu Zarr (r.a.) aytdi. «Men Rasulullohning (s.a.v.): «Kim Alloh uchun bir sajda qilsa, u sababidan Alloh taolo jannatda uni bir daraja ko‘taradi», deganlarini eshitdim. Shuning uchun sajdani ko‘paytiraman».