Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 260566 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 75 B


Laylo  05 Avgust 2006, 08:52:51

5

Abu Hanifa (r.a.) Abdurahmon bin Hurmuz al-A’rojdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Har bir go‘dak Islom dinida tug‘iladi so‘ng ota-onasi uni yahudiy yoxud xristian qiladi», dedilar.
Payg‘ambarimizdan so‘rashdi: «Ey Allohning rasuli, go‘dakligida o‘lganlar nima bo‘ladi?». Ul zot: «Ular nimalar qilishlarini Alloh biladi», deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Avgust 2006, 08:53:02

6

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Insonlar bilan «La ilaha illalloh» (Allohdan o‘zga iloh yo‘q), degunlaricha urushishga buyurildim. Agar uni aytsalar, shar’iy haqdan o‘zga holda qonlari va mollarini mendan saqlaydilar. Ularni Alloh azza va jalla hisobga tortadi».

Qayd etilgan


Laylo  06 Avgust 2006, 23:25:18

7

Abu Hanifa Abu Zubayrdan rivoyat qiladi. Abu Zubayr aytdi: «Jobirga: «Gunohlarni nima uchun shirk hisoblamaysiz», dedim. Jobir (r.a.) dedi: «Abu Said: Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bu ummatni kufrga olib boradigan gunohi bormi?» dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Shirkdan boshqa hech bir narsa kishini kufrga olib bormaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  06 Avgust 2006, 23:25:34

8

Abu Hanifa (r.a.) Abdukarim ibn Abu al-Maxoriqdan, u Tovusdan rivoyat qiladi. Tovus dedi: «Bir odam Ibni Umarning oldiga borib so‘radi: «Ey Abu Abdurahmon! Qulflarimizni sindirib, uylarimizni teshib, matolarimizni talagan kishilar haqida nima deysiz? Ular kofir sanaladimi?». Ibni Umar: «Yo‘q», dedilar. «Bizning tepamizga o‘tirib, qonlarimizni to‘kkanlar haqida nima deysiz? Ular kofir bo‘ladimi?» dedi kishi. Ibn Umar: «Yo‘q. Agar Allohga shirk keltirmagan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydilar», dedilar. Tovus men Ibni Umarning barmog‘iga qaradim, uni qimirlatardi va «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) sunnatlari shudir», dedilar. Bu hadisni katta bir jamoat bevosita Rasulullohdan (s.a.v.) marfu tarzda rivoyat qildi.

Qayd etilgan


Laylo  06 Avgust 2006, 23:26:09

9

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Abu Habibadan rivoyat qiladi. U «Hazrati Payg‘ambarning sahobasi Abu Dardodan eshitdim», dedi. Abu Dardo aytdi: «Men Rasululloh bilan ulovda mingashib ketayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Dardo! Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar. Men: «Zino va o‘g‘irlik qilsa ham-a?»dedim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat sukut saqladilar, so‘ng yurdilar va dedilar: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi». Men: «Zino va o‘g‘rilik qilsa ham-a?» dedim. Rasululloh bir oz sukut qildilar, so‘ng yurdilar va «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi, agar zino qilsa ham, o‘g‘rilik qilsa ham, agar zino qilsa ham, o‘g‘rilik qilsa ham va hatto Abu Dardo burun jiyirsa ham», dedilar.
Roviy deydiki, men Abu Dardoni burniga shahodat barmog‘i bilan ishora qilganini ko‘rdim.

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:08:52

10

Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Muslim Havloniydan rivoyat qiladi. Abu Muslim Havloniy aytdi: «Muoz Xumuzga kelganida bir yosh yigit uning oldiga borib: «Silai rahm va yaxshilik qiluvchi, to‘g‘riso‘z, omonatdor, yomon ishlardan uzoq yuruvchi, kuchi yetgunicha xayrli ishlar qiluvchi, biroq Alloh va rasuli haqida shubhasi bor bir kishi haqida nima deysiz?» deya so‘radi. Muoz aytdiki: «Uning barcha amallari bekor ketadi». Yigit: «Gunoh-ma’siyatlar, zino qilgan, mollarni nohaq olgan, biroq Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga ixlos bilan ishongan kishi haqida nima deysiz?»dedi. «U haqda umid va qo‘rquv orasidaman», dedi Muoz. Yigit: «Qasamki, imondagi shubha amallarni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, shubha aralashmagan imonga gunohlar zarar bermaydi», dedi va ketdi. Bu gapni eshitgan Muoz: «Sunnatni bu kishidan ham yaxshiroq biladigan odam bo‘lmasa kerak», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:09:07

11

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Abu Molik al-Asjoidan, u Rabi ibn Haroshdan, u Huzayfadan rivoyat qiladi. Huzayfa dedi: «Islom kuylakdagi naqshlar kabi o‘chib ketadi, faqat qari chol yo kampir qoladi. Ular: «La ilaha illalloh (Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deydigan insonlar bor edi» deyishadi-yu, o‘zlari bu so‘zni aytmaydilar. Silo ibn Zufar bunday dedi: «Ularga bu so‘z foyda beradimi, ey Abdulloh! Axir ular ro‘za tutmaydilar, namoz o‘qimaydilar, haj qilmaydilar, sadaqa bermaydilar-ku. U aytdi: «U so‘z bilan do‘zzaxdan qutiladilar». U 2 marta ovozini ko‘tarib: «Ey Silo ibn Zufar, shu kalima bilan o‘sha qariyalar jahannamdan qutiladilar», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:09:20

12

Abu Hanifa (r.a.) va Mas’ud Yaziddan rivoyat qiladi. Yazid: «Men xorijiylar kabi ishonardim so‘ng Rasulullohning (s.a.v.) bir sahobasidan so‘radim. U menga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) aytganfikrlari mening aytgan fikrimga zid ekanini aytdi. Men unga: «Alloh taolo meni sen tufayli qutqardi», dedim.

Qayd etilgan


Laylo  09 Avgust 2006, 20:46:01

13

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Biz Alqama ibn Marsad bilan birga ibn Rabohning yonida edik. Alqama undan so‘radi: «Ey Abu Muhammad, bizning diyorda insonlar o‘zlariga iymonni da’vo qilishmaydi va biz xaqiqiy mo‘minmiz», deyishni o‘zlariga ma’qul ko‘rmay, «Inshaalloh, biz mo‘minmiz», deyishadi
U: «Ularga nima bo‘lgan? Nega «Biz mo‘minmiz» demaydilar», dedi. Alqama: «Ular agar biz o‘zimizga haqiqiy iymonni istasak, jannatni o‘zimizniki qilgan bo‘lamiz, deyishadi», dedi. U: «Subhanalloh, bu shaytonning tuzog‘i va hiylasidir. Alloh taoloning eng ulug‘ ehsoni - imonni rad etishga va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga xilof qilishga shayton ularni undamoqda. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari o‘zlarini haqiqiy mo‘minligini aytishganlarini va buni Rasulullohdan (s.a.v.) naql qilishganlarini bilaman. Ularga ayting: «Biz haqiqatan mo‘minlarmiz», desinlar. Faqat: «Biz shubhasiz jannatiylardanmiz», demasinlar. Chunki Alloh taolo ko‘k ahliga va yer ahliga azob berishni xohlasa, azob beradi. Bu bilan Alloh ularga zulm qilmaydi». Alqama: «Ey Abu Muhammad, hatto ko‘z ochib yumganchalik vaqt mobaynida ham isyon etmagan farishtalarni, Alloh azoblasa ularga zulm qilgan bo‘lmaydimi?» dedi.
Abu Muhammad: «Ha», dedi. Alqama: «Bu bizlarga juda katta ish, biz buni qanday tushunamiz?» dedi. Bunga javoban Abu Muhammad: «Ey birodarimning o‘g‘li, qadar ahli ham xuddi mana shu o‘rinda adashdilar. Sen ularning aytganlaridan o‘zingni tiy. Zero ular Alloh taoloni rad etuvchi, Alloh taoloning dushmanlaridir. Haq subhanahu taolo payg‘ambariga: «Eng mukammal dalillar Allohga oiddir. Shoyad Alloh xohlasa, sizlarning barchangizni hidoyatga solgan bo‘lardi», deya marhamat qilmadimi?»dedi. Alqama: «Yo Abu Muhammad! Qalblarimizdan bu shubhani ketkizadigan etib sharhlang!» dedi.
Abu Muhammad: «Alloh taolo farishtalarni toatga undab, toatni ilhom etib, ularni toatga rag‘barlantirib toatga buyurmadimi?» deya so‘radi. «Ha», dedi Alqama. Shunda Abu Muhammad aytdiki: «Bu Alloh taolo ularga bergan ne’matlardir. Agar Alloh taolo bu ne’matlarning shukrini ulardan talab qilsa, bunga ularning kuchlari yetmas edi. (Shukrda) nuqsonga yo‘l qo‘yishardi. Alloh taolo ne’matlarining shukrini to‘la qilmaganligi uchun ularga azob bersa, zulm qilgan bo‘lmaydi».

Qayd etilgan


Laylo  09 Avgust 2006, 20:46:10

14

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi: Suroqa ibn Molik: «O’ Rasululloh, bizga dinimizdan gapirib bering. Go‘yo biz u uchun tug‘ilgandaymiz. Biz taqdirda belgilangan va qalamlar bitgan narsalarni qilamizmi? Yo duch kelgan narsalarni qilamizmi? Amal nimada?» dedi. «Taqdirda belgilangan, qalam bitgan narsada», dedilar Allohning rasuli (s.a.v.). Biz: «U holda amal nechun?» deb so‘ragan edik, Rasululloh (s.a.v.): «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo‘lsa shunga muvaffaq bo‘ladi. Kim molini Alloh uchun bersa, Allohdan qo‘rqsa , shahodat kalimasini tasdiqlasa, biz bu bandani jannat ahlining amalini bajarishga muvaffaq qilamiz. Kim xasis bo‘lsa, Allohdan qo‘rqmasa, kalimai shahodatni yolg‘onga chiqarsa, biz unga jannat ahlining amalini qiyinlashtirurmiz».

Qayd etilgan