Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367297 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 75 B


Laylo  31 Avgust 2006, 07:07:14

26

Abu Hanifadan (r.a.), u Abdulmalikdan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Abbos (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bir qism mo‘minlar qiyomat kunida gunohlari tufayli do‘zaxga kiradilar. Mushriklar ularga: «Imoningiz sizga hech qanday foyda bermadi(ku), mana biz bilan bir makondasiz, birga azoblanyapmiz», deyishadi. Alloh taolo ulardan g‘azablanadi va «La ilaha illalloh» degan hech bir kimsa do‘zaxda qolmasin deb amr qiladi: Undan mo‘minlar yuzlaridan boshqa joyi qop-qora bo‘lgan holda chiqadilar. Chunki mo‘minlarning ko‘zlari ko‘karmaydi, yuzlari qoraymaydi. So‘ng ular jannat eshigi oldidagi bir daryoga keltiriladilar. U yerda yuvinadilar, butun fitna va aziyat ulardan ketadi, keyin jannatga kiradilar. Farishtalar ularga bunday deydilar: «Go‘zal bo‘ldingiz. Jannatga mangu kiring ». Biroq jannatda ular: «jahannamliklar» deya ataladilar. So‘ngra ular duo qiladilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ko‘taradi.Ular bu ism bilan boshqa abadiy chaqirilmaydilar. Ular chiqqanlarida kofirlar: «Qaniydi, biz ham musulmon bo‘lsaydik», deyishadi. Buning boshi, mana bu oyatdir: «Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar». (Hijr, 2-oyat).

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:07:44

27

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibni Mas’uddan rivoyat qiladi. Ibni Mas’ud (r.a.) aytadi: «Bir odam Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi va:
6 O’ Rasululloh, Alloh taologa shirk keltirmagan odam do‘zaxda qoladimi? - deya so‘radi.
7 Ha, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.). - Jahannam tubidan «Hannon, Mannon» deb nido qiladigan bir odam bo‘ladi. Jabroil uning ovozini eshitadi so‘ng bu ovozdan hayratlanadi va sabri chidamay Rahmon arshiga borib sajda qiladi. Alloh taolo «Boshingni ko‘tar, ey Jabroil!» deydi. U boshini ko‘taradi. Alloh taolo O’zi bilsa hamki, so‘raydi:
8 Ajoyibotlardan nimalar ko‘rding, ey Jabroil?
- «Xannon, Mannon» deb nido qilayotganni. Ey Robbim, ana shu ovozga hayron qoldim, - deydi Jabroil. Alloh taolo marhamat qiladiki:
9 Ey Jabroil, Molikka (jahannam qo‘riqchisi. - Tarj) borib ayt: «O’ Hannon! O’ Mannon!..» degan kishini do‘zaxdan chiqarsin.
Jabroil jahannam eshiklaridan biriga kelib eshikni taqillatadi. Molik chiqadi. Jabroil Molikka: «Alloh taolo «O’ Hannon, yo Mannon» degan kishini do‘zaxdan chiqarishni buyurdi», deydi. Molik ichkariga kiradi; nido qilayotgan u odamni qidiradi, biroq u topilmaydi. Molik jahannam ahlini bir ona o‘g‘lini taniganidan ko‘ra yaxshiroq taniydi. U Jabroilga deydiki: «Shubhasiz, jahannam shunday ingramoqdaki, na toshni temirdan, na temirni insondan ajratolmayapman». Jabroil Allohning arshi huzuriga qaytib keladi va sajda qiladi. Alloh taolo unga:
10 Boshingni ko‘tar, ey Jabroil! Nechun qulimni olib kelmading? - deydi.
11 O’ Rabbiy! Molik bunday dedi: «Shubhasiz do‘zax shunday ingradiki, toshni temirdan, temirni esa insondan ajratolmayapman». Alloh taolo marhamat qiladi:
12 Molikka ayt, mening qulim jahannamning falon-falon chuqurida.
Bir rivoyatda Jabroil borib Molikka xabar beradi. Molik (do‘zaxga) kirib, u bandani aftoda, zalil, oyoqlari peshonasiga, qo‘llari bo‘yniga bog‘langan, ilonlar, chayonlar unga yopishib olishgan bir holatda ko‘radi. Molik u bandani bir silkitganda ustidagi chayon va ilonlar to‘kilib tushadi. Keyin yana bir tortganida zanjir va bog‘lar yechiladi. So‘ngra uni otashdan chiqarib hayotbaxsh suvga soladi. Keyin esa uni Jabroilga topshiradi. Jabroil bu bandani peshonasidan ushlab o‘ziga tortadi. Uni har bir farishta jamoasi yonidan olib o‘tayotganda, farishtalar: «Bu banda naqadar jirkanchli», deydilar.
Nihoyat Jabroil Rahmon arshi oldida sajdali holatda turadi. Alloh taolo:
13 Ey Jabroil! Boshingni ko‘tar! - deydi va u bandaga aytadiki:
- Ey qulim, Men seni go‘zal suratda yaratmadimmi?! Senga rasul yubormadimmi?! U senga Mening kitobimni o‘qimadimi?! Senga Mening buyruqlarimni yetkizmadimi?! Seni ta’qiqlardan qaytarmadimi?!
- Shu-shu (gunoh)larni nega qilding?! - deydi Alloh. Banda javob beradi:
14 Ey Rabbim!.. Nafsimga zulm qildim. Shuncha-shuncha payt do‘zaxda qolgan bo‘lsam hamki, Sendan umid uzmadim. O’ Rabbiy, Senga Hannon va Mannon ismlaring bilan duo qildim. Sen fazl-karaming ila meni jahannamdan chiqarding. Menga rahm et, Parvardigoro.
So‘ng Alloh taolo aytadi:
15 Guvoh bo‘ling, ey farishtalarim, Men unga rahm qildim.

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:07:55

28

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Mansur ibn Abu Sulaymon al-Balxiy va Muhammad ibn Iso va Yazid at-Tusiydan, u Qosim ibn Umayya al-Hizoiy al Adaviydan, u Nuh ibn Qaysdan, u Yazid ar-Raqqoshiydan, u Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar. Biz: «Qiyomat kunida kimni shafoat qilasiz, ey Allohning rasuli?» dedik. «Katta gunoh sodir etganlar, ahli musibat va odam o‘ldirganlarni», deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  31 Avgust 2006, 07:08:08

29

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Ismoil ibn Abu Holiddan va Bayon ibn Bishrdan, u Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qiladi. Abu Hozim dedi: «Jarir ibn Abdullohni eshitdim, bunday der edi: «Rasululloh marhamat qildilar: «To‘linoy kechasi Oyni ko‘rganingiz kabi Rabbingizni ko‘rajaksiz. Uni hech bir narsaga o‘xshatmay ko‘rasiz. Tong va oqshom, quyosh chiqmasdan oldingi va kun botishdan avvalgi namozlarni o‘tkazib yubormang».
Hammod deydiki: «Ular bomdod va shom namozlaridir».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:47:30

ILM

30

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Voildan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Payg‘ambar (s.a.v.): «Ilm o‘rganish har bir musulmonga farzdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:48:17

31

Abu Hanifa (r.a.) Nosihdan, u Yahyodan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): « Ilm o‘rganish har bir musulmonga farzdir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:48:25

32

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Hijriy 80-yilda tug‘ildim. 16 yoshimda, hijriy 96-yilda Haj qildim. Masjidi Haramga kirganimda bir halqani (bir to‘da odam) ko‘rib, otamdan: «Bu kimning halqasi?» deya so‘radim. Rasulullohning sahobalari Abdulloh ibn al-Horis ibn al-Jazning halqasi», dedilar otam. Borib uni tingladim. U: «Men Rasulullohning (s.a.v.): «Kimki dinda faqih bo‘lsa, Alloh taolo uning muhim ishlarini bajo aylaydi, o‘ylamagan joyidan unga rizq beradi» deganlarini eshitdim», dedi..

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:48:34

33

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Xoniydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Xoniy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oisha, shioring ilm va Qur’on bo‘lsin».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:48:47

34

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn al-Aqmardan rivoyat qiladi: U aytadi: Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Allohni zikr etayotgan bir qavm yonidan o‘tayotib ularga dedilar:«Sizlar men nafsimni birga tutishga buyurilgan jamoatdansiz. Siz kabi insonlar o‘tirib Allohni zikr qilishsa, farishtalar qanotlarini yozib ularni o‘rab oladi. Ularni rahmat qoplaydi. Alloh ularni o‘z huzuridagilar qatoridan yodlaydi».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:48:56

35

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibni Mas’uddan rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud aytadilar: Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: «Alloh taolo qiyomat kuni ulamolarni to‘playdi va deydi:
- Men sizga yaxshilik istaganim uchungina qalblaringizga hikmatimni joyladim. Jannatga kiring! Sizdan sodir bo‘lgan ayb-nuqsonlarni kechirdim».

Qayd etilgan