Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 272700 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 75 B


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:49:04

36

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi. Qosimning bobosi aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Kim qasddan menga bo‘hton qilsa, yo men aytmagan gapni aytsa, do‘zaxdan joyini tayyorlayversin».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:49:12

37

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan menga bo‘hton qilsa, do‘zaxdan joyini tayyorlayversin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:49:20

38

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiyya al-Avfiydan, u Abu Said al-Xudriydan rivoyat qiladi. Abu Said al-Xudriy aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Kim qasddan menga bo‘hton qilsa, do‘zaxdan joyini tayyorlayversin». Atiyya dedi: «Men Abu Saidga bo‘hton qilmaganimni Abu Said Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) bo‘hton qilmaganini qat’iy bildiraman».

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:49:30

39

Abu Hanifa (r.a.) Saiddan, u Ibrohimdan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytadilar: Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan menga bo‘hton qilsa, do‘zaxdan joyini tayyorlayversin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:49:40

40

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Kim, menga qasddan bo‘hton qilsa, jahannamdan joyini tayyorlayversin», dedilar.
Bu hadisni Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan ham rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:44:41

TAHORAT KITOBI

41

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdi: «Hech biringiz tahorat oladigan turg‘un suvga peshob qilmasin», dedilar

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:44:58

42

Abu Hanifa (r.a.) Haysam as-Savvofdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) g‘usl qilinadigan, yo tahorat oladigan turg‘un suvga peshob qilishdan qaytarganlarini aytdi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:45:05

43

Abu Hanifa (r.a.) Shabiydan, u Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Oisha (r.a.) aytdilar: «Rasululloh bir kuni tahorat oldilar. So‘ng bir mushuk kelib idishdan suv ichdi. Mushuk suv ichgan idishdagi suv bilan Rasululloh (s.a.v.) tahorat oldilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:45:12

44

Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Abu Voildan rivoyat qiladi. Abu Voil aytdi: «Rasulullohni (s.a.v.) bir qavmning tashlandiq joyida tik turib peshob qilganlarini (tahorat ushatganlarini) ko‘rdim».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:45:20

45

Abu Hanifa (r.a.) Adiy ibn Xotimdan, u Ibni Abbosdan rivoyat qiladi. Ibni Abbos (r.a.) aytdilar: «Men Rasulullohning (s.a.v.) sut ichib og‘izlarini chayganlaridan so‘ng tahorat yangilamay namoz o‘qiganlarini ko‘rdim».

Qayd etilgan