48
Abu Hanifa (r.a.) Xoliddan, u Abdu Xayrdan rivoyat qiladi: Abdu Xayr aytadi: «Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar; qo‘llarini oshig‘i bilan uch bor yuvdilar, og‘iz va burunni uch martadan chaydilar, yuzlarini va qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib, uch marta yuvdilar. Boshlariga uch marta mash tortdilar, oyoqlarini uch marta yuvdilar va: «Bu Rasulullohning (s.a.v.) tahoratlaridir», dedilar.
Abdu Xayr Xoliddan naql qilgan boshqa bir rivoyatda: Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar. So‘ng qo‘llarini oshig‘i bilan uch bor yuvdilar. Burunlarini uch marta chaydilar. Yuzlarini va ikki bilaklarini uch martadan yuvdilar. Boshlariga bir marta mash qildilar. So‘ng oyoqlarini uch bor yuvdilar.
Yana boshqa bir rivoyatdaazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar. Suvi bor bir idish va tos keltirildi. Abdu Xayr: «Biz unga qarab turardik», dedi. Hazrati Ali o‘ng qo‘llari bilan idishni oldilar, chap qo‘llariga suv quydilar va qo‘llarini uch marta yuvdilar. So‘ng o‘ng qo‘llarini idishga tiqib qo‘llarini to‘ldirib suv oldilar. So‘ng yuz va bilaklarini uch marta yuvdilar, og‘iz va burunlarini chaydilar. So‘ngra qo‘liga suv olib boshiga bir marta mash tortdilar. Keyin oyoqlarini uch martadan yuvdilar. So‘ng hovuchlari bilan suv olib: «Kimni Rasulullohning (s.a.v.) tahorat olishlarini ko‘rish sevintirsa, mana shu Ul zotning tahorat olishlaridir», dedilar.
Yana bir rivoyatda Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar; qo‘llarini, og‘iz, burun va yuzlarini uch martadan yuvdilar. So‘ngra hovuchlariga suv olib qo‘llarini tirsaklariga qadar uch marta yuvdilar. Keyin esa boshga mash tortdilar va bunday marhamat qildilar: «Kimni Rasulullohning (s.a.v.) tahorat olishlarini ko‘rish sevintirsa, mana shu tahoratga qarasin».
Boshqa bir rivoyatda «Hazrati Ali (r.a.) a’zolarini uch martadan yuvib tahorat oldilar», deyiladi.
Abdulloh ibn Muhammad Yaqubdan rivoyat qildilar. Yaqub (r.a.) Abu Hanifa (r.a.) Xoliddan: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) boshiga uch marta mash tortdilar» deyilgan xadis to‘g‘risida shunday dedi: «Qo‘llarini boshlarining tepasiga qo‘ydilar, so‘ng boshning orqasiga tortdilar, so‘ng boshning oldiga tortdilar. Buni uch marta takrorladilar. Bu bir martaga xisob bo‘ladi. Chunki qo‘llarini uzmadilar. Suvni uch marta olmadilar. Bu suvni hovuchiga olib bilaklariga tortgan kishiga o‘xshaydi.
Jorud ibn Zayd, Xorija ibn Mus’abdan, Asad ibn Umar rivoyat qilishgan hadislarda boshga bir marta mash tortilgan va mazkur hadisning manosi biz bayon etganimiz kabiligi aytilgan.
Hazrati Usmon (r.a.), Hazrati Ali (r.a.), Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqalar Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) boshlariga uch marta mash qilganlari haqidagi hadislarni rivoyat qilganlar.
Bayhaqiy aytadiki: «Hazrati Usmondan g‘arib yo‘llar bilan mashning takror qilingani bir-biriga xilof ravishda rivoyat etildi. Shuning uchun ular, ilm ahli nazdida hujjat bo‘lmaydi. Ularning manolari biz bayon qilgandan boshqa emas.
Kim Abu Hanifani mashning uch marta tortilishi borasidagi rivoyatda xatoga yo‘l qo‘ygan, desa adashadi va o‘zi xato qiladi: Ko‘pchilikning fikricha, Sho‘‘ba bu hadisda qo‘pol bir xato qilgan. U bu hadisni Molik ibn Urfatdan, u Abdu Xayrdan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilib aytgan. Sannadda ikki ismni noto‘g‘ri naql etgan. Xolidning o‘rniga Molik, Alqama o‘rniga Urqat degan. Mabodo bu xato Abu Hanifadan (r.a.) sodir etilsa edi, uni johillikda, kaltafahmlikda ayblashardi. Uni dindan chiqarishar edi. Bu esa taqvoning ozligi va havoyi nafsga ergashishdan bo‘ladi.