Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367505 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 75 B


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:45:30

46

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn ar Raddoddan, u Tammomdan, u Ja’far ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ja’far ibn Abu Tolib aytdilar: «Saxobalardan bir guruhlari Rasuli Akramning (s.a.v) huzurlariga kirdilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bunday dedilar: «Menga nima bo‘ldi, tishlaringiz sarg‘ayganini ko‘ryapman. Tishingizni misvok bilan tozalang. Agar ummatimni mashaqqatga qo‘ymaydigan bo‘lganimda, ularni har namozga tishlarini misvok bilan tozalashni buyurardim».

Bir rivoyatda «Menga nima bo‘ldi, huzurimga tishlaringiz sarg‘aygan holatda kirayotganingizni ko‘ryapman. Tishingizni misvok bilan tozalang. Agar ummatimni mashaqqatga qo‘ymaydigan bo‘lganimda, ularni har namozga, har tahoratda tishlarini misvok bilan tozalashga buyurardim», deya marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:45:39

47

Abu Hanifa Hammoddan, u Xolid ibn Alqamadan, u Abdu Xayrdan rivoyat qiladi: Abdu Xayr aytdi: «Ali ibn Abu Tolib tahorat oldilar: qo‘llarini oshig‘i bilan uch marta yuvdilar, og‘izlarini uch marta so‘ng burunni uch marta chaydilar va yuzlarini uch marta yuvdilar va bilaklarini uch marta yuvdilar va boshlariga uch marta masx qildilar va oyoqlarini yuvdilar so‘ng: «Mana shu Rasulullohning tahoratidir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:02

48

Abu Hanifa (r.a.) Xoliddan, u Abdu Xayrdan rivoyat qiladi: Abdu Xayr aytadi: «Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar; qo‘llarini oshig‘i bilan uch bor yuvdilar, og‘iz va burunni uch martadan chaydilar, yuzlarini va qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib, uch marta yuvdilar. Boshlariga uch marta mash tortdilar, oyoqlarini uch marta yuvdilar va: «Bu Rasulullohning (s.a.v.) tahoratlaridir», dedilar.

Abdu Xayr Xoliddan naql qilgan boshqa bir rivoyatda: Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar. So‘ng qo‘llarini oshig‘i bilan uch bor yuvdilar. Burunlarini uch marta chaydilar. Yuzlarini va ikki bilaklarini uch martadan yuvdilar. Boshlariga bir marta mash qildilar. So‘ng oyoqlarini uch bor yuvdilar.

Yana boshqa bir rivoyatdaazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar. Suvi bor bir idish va tos keltirildi. Abdu Xayr: «Biz unga qarab turardik», dedi. Hazrati Ali o‘ng qo‘llari bilan idishni oldilar, chap qo‘llariga suv quydilar va qo‘llarini uch marta yuvdilar. So‘ng o‘ng qo‘llarini idishga tiqib qo‘llarini to‘ldirib suv oldilar. So‘ng yuz va bilaklarini uch marta yuvdilar, og‘iz va burunlarini chaydilar. So‘ngra qo‘liga suv olib boshiga bir marta mash tortdilar. Keyin oyoqlarini uch martadan yuvdilar. So‘ng hovuchlari bilan suv olib: «Kimni Rasulullohning (s.a.v.) tahorat olishlarini ko‘rish sevintirsa, mana shu Ul zotning tahorat olishlaridir», dedilar.

Yana bir rivoyatda Hazrati Ali (r.a.) suv so‘radilar; qo‘llarini, og‘iz, burun va yuzlarini uch martadan yuvdilar. So‘ngra hovuchlariga suv olib qo‘llarini tirsaklariga qadar uch marta yuvdilar. Keyin esa boshga mash tortdilar va bunday marhamat qildilar: «Kimni Rasulullohning (s.a.v.) tahorat olishlarini ko‘rish sevintirsa, mana shu tahoratga qarasin».

Boshqa bir rivoyatda «Hazrati Ali (r.a.) a’zolarini uch martadan yuvib tahorat oldilar», deyiladi.
Abdulloh ibn Muhammad Yaqubdan rivoyat qildilar. Yaqub (r.a.) Abu Hanifa (r.a.) Xoliddan: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) boshiga uch marta mash tortdilar» deyilgan xadis to‘g‘risida shunday dedi: «Qo‘llarini boshlarining tepasiga qo‘ydilar, so‘ng boshning orqasiga tortdilar, so‘ng boshning oldiga tortdilar. Buni uch marta takrorladilar. Bu bir martaga xisob bo‘ladi. Chunki qo‘llarini uzmadilar. Suvni uch marta olmadilar. Bu suvni hovuchiga olib bilaklariga tortgan kishiga o‘xshaydi.

Jorud ibn Zayd, Xorija ibn Mus’abdan, Asad ibn Umar rivoyat qilishgan hadislarda boshga bir marta mash tortilgan va mazkur hadisning manosi biz bayon etganimiz kabiligi aytilgan.
Hazrati Usmon (r.a.), Hazrati Ali (r.a.), Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqalar Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) boshlariga uch marta mash qilganlari haqidagi hadislarni rivoyat qilganlar.
Bayhaqiy aytadiki: «Hazrati Usmondan g‘arib yo‘llar bilan mashning takror qilingani bir-biriga xilof ravishda rivoyat etildi. Shuning uchun ular, ilm ahli nazdida hujjat bo‘lmaydi. Ularning manolari biz bayon qilgandan boshqa emas.

Kim Abu Hanifani mashning uch marta tortilishi borasidagi rivoyatda xatoga yo‘l qo‘ygan, desa adashadi va o‘zi xato qiladi: Ko‘pchilikning fikricha, Sho‘‘ba bu hadisda qo‘pol bir xato qilgan. U bu hadisni Molik ibn Urfatdan, u Abdu Xayrdan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qilib aytgan. Sannadda ikki ismni noto‘g‘ri naql etgan. Xolidning o‘rniga Molik, Alqama o‘rniga Urqat degan. Mabodo bu xato Abu Hanifadan (r.a.) sodir etilsa edi, uni johillikda, kaltafahmlikda ayblashardi. Uni dindan chiqarishar edi. Bu esa taqvoning ozligi va havoyi nafsga ergashishdan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:11

49

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Hazrati Usmonning quli Ximrondan rivoyat qiladi. Ximron aytdi: «Hazrati Usmon (r.a.) a’zolarini uch martadan yuvib tahorat oldilar va: «Rasulullohning (s.a.v.) mana shunday tahorat olayotganlarini ko‘rdim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:18

50

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibni Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibni Buraydaning otasi aytdi: «Payg‘ambar (s.a.v.) a’zolarini bir marta yuvib tahorat oldilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:27

51

Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «To‘piqlarga olovdan azob bo‘lsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:34

52

Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Mujohiddan, u saqiflik Hakam yoki Ibnul Hakam degan bir kishidan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibnul Hakamning otasi aytdi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) tahorat oldilar, keyin bir hovuch suv olib, uni tozalanadigan joylariga sepdilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:43

53

Abu Hurayra (r.a.) Hakamdan, u Qosimdan, u Shurayhdan rivoyat qiladi. Shurayh bunday dedi: «Men Hazrati Oishadan (r.a.) so‘radim:
- Mahsiga mash qilamanmi?
Hazrati Oisha (r.a.):
16 Hazrati Alidan (r.a.) so‘ra. U Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan safarga chiqar edi,- dedilar».
Shurayh aytdi: «Hazrati Alidan (r.a.) so‘radim. U menga: «Mash qil», deya javob berdilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:50

54

Abu Hurayra (r.a.) Alqamadan, u Sulaymon ibn Buraydadan, Ibn Burayda otasidan naql qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) tahorat oldilar, mahsilariga mash tortdilar va besh vaqt namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:46:58

55

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning otasi aytadi: «Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makka fathi kuni bir tahorat bilan besh vaqt namozni o‘qidilar, mahsiga mash tortganlar. Hazrati Umar (r.a.) so‘radi:
- Bundan oldingi kunlarda bunday qilganingizni ko‘rmagan edik.
- Ataylab shunday qildim, ey Umar! - deya javob berdilar Rasululloh (s.a.v.).

Qayd etilgan