61
Abu Hanifa (r.a.) Abu Bakr ibn Abu Jahmdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar aytdilar: «Iroq g‘azvasiga borganimda Sa’d ibn Molikni mahsiga mash tortganini ko‘rib:
- Bu qanaqasi? - deya so‘radim. Sa’d bunday javob berdi:
- Ey Ibni Umar! Otangning oldiga borsang, bu haqida so‘ra.
Otamdan so‘radim.
- Rasulullohning (s.a.v.) mahsiga mash qilganlarini ko‘rdim, - dedilar otam.
Bir rivoyatda: « Iroqqa G’azvaga bordim. Qarasam, Sa’d ibn Molik mahsiga mash qilyapti.
- Bu nimasi? - dedim.
Sa’d:
-Hazrati Umarning oldiga borsang, undan so‘ragin, - dedi. Hazrati Umar oldiga borganimda so‘radim. U kishi aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) mash qilayotganlarini ko‘rdim va biz ham mash qildik».
Yana bir rivoyatda: «Iroqqa G’azvaga bordim. Sa’d ibn Abi Vaqqosni mahsiga masx qilayotganini ko‘rib:
- Bu nimasi, ey Sa’d? - dedim. U:
- Mo‘minlarning amiri bilan ko‘rishganingda undan so‘ra, - dedi.
Umar (r.a.)ni uchratib Sa’d qilgan narsani yetkazdim. Hazrati Umar (r.a.):
- Sa’d to‘g‘ri qilibdi. Rasulullohning (s.a.v.) shunday qilayotganlarini ko‘rdim, so‘ng biz ham shunday qildik,- dedilar.
Bir rivoyatda: «Iroq g‘azvasiga bordik. Sa’d ibn Abi Vaqqosning mahsiga mash tortayotganini ko‘rib, uni koyidim. Menga:
- Hazrati Umarning (r.a.) yonlariga borganingda, bu borada u zotdan so‘rab ko‘r! - dedim.
Hazrat Umar (r.a.) oldilariga borganimda shu xususda so‘radim, unga Sa’d qilgan ishni aytdim.
«Amaking sendan faqihroqdir. Biz Rasulullohni (s.a.v.) mash qilganini ko‘rdik va mash tortdik», dedilar hazrati Umar (r.a.).