Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367296 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 75 B


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:50:09

76

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Hammomdan rivoyat qiladi. «Mo‘minlarning onasi Hazrati Oisha (r.a.) bir odamni mehmon qildi. Unga yopinib yotish uchun yopinchiq berdilar. Uni kechasi yopinib uxladi. Kechasi junub bo‘lib qoldi. Mehmon yopinchiqni to‘la yuvdi. Hazrati Oisha (r.a.): «Yopinchiqni yuvishdan nima istadi, uni ishqalab tashlasa kifoya qilardi. Men Rasulullohning (s.a.v.) kiyimlarini ishqalab tashlardim. Keyin o‘sha kiyimda Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qir edilar», dedi».

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:50:15

77

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Ikrimadan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.): «Oshlangan har qanday teri toza bo‘ladi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  02 Sentyabr 2006, 07:50:24

78

Abu Hanifa (r.a.) Sammokdan, u Ikrimadan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) Savdoning o‘lib qolgan qo‘yining yonidan o‘tganlarida bunday dedilar: «Bu qo‘yning terisidan foydalansalar gunoh bo‘lmaydi». Shundan so‘ng qo‘y terisini shilib olib, mesh qildilar. Uni eskirgunga qadar ishlatishdi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:16

NAMOZ KITOBI

79
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abdullohdan, u Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) namoz o‘qidi. Namoz qiroatini qisqa qildi. Ruku va sajdalarni ko‘p qildi. Namozni tugatgach bir odam unga dedi: «Sen Rasulullohning (s.a.v.) eng yaqin do‘sti bo‘la turib shunday namoz o‘qiysanmi?!»
Abu Zarr (r.a.) so‘radi:
«Ruku va sajdalarni to‘la ado etmadimmi?». U:
«Aksincha, mukammal qilding».
Abu Zarr (r.a.) dedi: «Men Rasulullohning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitgan edim: «Kim Alloh taolo uchun bir bora sajda qilsa, u sababidan jannatda bir daraja yuksaltiriladi». Men o‘zimga ko‘p darajalar berilishini, ko‘p darajalar yozilishini istadim».
Ibrohimga bir kishi shunday dedi: «Rabzada Abu Zarrning yonidan o‘tayotganda Abu Zarr qisqa qiroat qilib, ruku va sujud sonini ko‘paytirib namoz o‘qiyotgan edi. Abu Zarr (r.a.) salom bergach, unga dedi: «Sen shunaqa namoz o‘qiysanmi? Axir sen Rasulullohning (s.a.v.) hamrohisan-ku?!».
Abu Zarr (r.a.) aytdi. «Men Rasulullohning (s.a.v.): «Kim Alloh uchun bir sajda qilsa, u sababidan Alloh taolo jannatda uni bir daraja ko‘taradi», deganlarini eshitdim. Shuning uchun sajdani ko‘paytiraman».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:24

80

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, Ibrohim Abdullohdan rivoyat qiladi. Abdulloh aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kindik bilan tizza orasi avrat», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:31

81

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir ularga bir ko‘ylakda imomlikka o‘tdi. Uning ortiqcha kiyimlari bo‘lsada bizga Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlarini o‘rgatish uchun shunday qilgan edilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:39

82

Abu Qurra aytdi: Ibni Jurayh Abdurahmondan naql etadi. Bir odam: «O’ Rasulalloh! Shu kimsa bir kiyim bilan namoz o‘qiydi», dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Har biringizda ikki ko‘ylak bormi?» dedilar.
Abu Qurra: «Men Abu Hanifadan (r.a.) eshitdim. U Zuhriydan, u Said ibn Musayyabdan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) bir ko‘ylakda namoz o‘qish haqida so‘radi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Har biringiz ham ikki ko‘ylak topolmaydi», deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:48

83

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) bir kiyimda namoz o‘qidilar». Qavmlardan ba’zilari Abu Zubayrga bunday dedi: «Farzdan boshqa namozmi?».
«Farz va farzdan boshqa namozda», dedi u.

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:24:55

84

Abu Hanifa (r.a.) Talha ibn Nofidan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir aytdi: «Rasulullohdan (s.a.v.): «Eng afzal amal nima?» deya so‘raldi. «O’z vaqtida o‘qilgan namoz», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  03 Sentyabr 2006, 07:25:02

85

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Bomdod namozini tongni yorishtirib o‘qing, bu katta savobga boisdir», dedilar».

Qayd etilgan