Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367271 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 75 B


Laylo  04 Sentyabr 2006, 18:10:23

ZAKOT

196

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Rikoz -Alloh taolo yer ustida bo‘ladigan ma’danlarda yaratgan narsadir», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  04 Sentyabr 2006, 18:10:52

197

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Boy va kambag‘alga qilgan har yaxshiliging sadaqadir», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  04 Sentyabr 2006, 18:11:33

198

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohim al-Asvaddan, u esa Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Oisha onamiz (r.a.) Bariraga go‘sht tasadduq etdi (berdi, sadaqa qildi. - Tarj.). Buni hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ko‘rdilar va: «U tasadduq etgan narsang sen uchun sadaqa, biz uchun esa hadyadir», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:44:57

RO’ZA

199

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Solih Zayytdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) (bir hadisi qudsiyda): «(Alloh taolo aytadiki,) insonning barcha amallari o‘zi uchundir. (unda nafsning ulushi bor - Tarj.). Ro‘za bundan mustasnodir, u xolis Men uchundir. Uning mukofotini Men beraman», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:45:07

200

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Honiy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Qaysi bir mo‘min bir kun och qolsa, haromlardan saqlansa va musulmonlar molini nohaq yemasa, Alloh taolo unga jannat mevalarini yediradi», deb marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:45:23

201

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan, u Hamid ibn Abdurahmon Himyariydan rivoyat qiladi. Himyariy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) Ashuro kuni ashoblaridan bir odamga: «Qavmingga ayt, bugun ro‘za tutsinlar», dedilar. Haligi odam: «Ular ovqatlanib qo‘ydilar», degan edi, Rasuli akram: «Ular ovqatlangan bo‘lsalar ham», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:45:38

201

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Muso ibn Talhadan, u Ibn Hutokiyadan, u hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) quyon olib keldi. Ul zot (s.a.v.) sahobalariga buyurdilar, ular ham yeyishdi. Quyonni keltirgan kishiga:
- Nega sen o‘zing yemayapsan? - dedilar.
- Men ro‘zadorman, - dedi haligi odam.
- Qanaqa ro‘za tutgansan? - so‘radilar Rasuli akram (s.a.v.).
- Nafl ro‘za.
- Ayyyomi Biyzda (hijriy oylarning o‘rtalarida) ro‘za tutmaysanmi? - deya marhamat qildilar Rasululloh (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:46:24

203

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Bilol tunda azon aytadi. Ibn Maktum azon aytganicha yeb-ichingiz. Ibn Maktum namoz (vaqti)ning kirganida azon aytadi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:46:44

204

Abu Hanifa (r.a.) Abu Suvordan, (u Abu Suro deb ham nomlangan yoki u Sulamiydir), u Abu Hojibdan, u Ibn Abbosdan rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) ro‘zador holda Kahota deyilgan joyda (Makka bilan Madina orasidagi makonda) qon oldirdilar».
Bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) Kahota deyilgan joyda ro‘zador va ehromda bo‘lganlarida qon oldirdilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda: «Nabiy (s.a.v.) qon oldirdilar va qon olgan kishiga uning haqini berdilar. Agar bu yomon bo‘lganda bermas edilar», deyilgan.

Qayd etilgan


Laylo  05 Sentyabr 2006, 18:47:04

205

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ro‘zador ekanlar, qon oldirdilar».
Bir rivoyatda Abu Hanifa (r.a.) dedi: «Menga Shihob Rasululloh (s.a.v.) ro‘zador holda qon oldirganlarini aytdi».
Anasni sanadda zikr qilmadilar.

Qayd etilgan