Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367828 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 75 B


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:44:35

216

Abu Hanifa (r.a.) Adiydan, u Abu Hozimdan, u Abu Sha’soiydan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) visol ro‘zasi (iftor qilmay, peshma-pesh ro‘za tutishni) va sukut ro‘zasidan qaytardilar». Sukut ro‘zasi ibodat qasdi ila gapirmaslikdir.

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:44:46

217

Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Muhojirdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) sukut ro‘zasini va visol ro‘zasini ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:44:56

218

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quza’adan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) uch kun ro‘zasidan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:05

219

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quza’adan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) shak kunida ro‘za tutishni ta’qiqladilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:14

220

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Men johiliyat davrida Masjidi Haromda e’tikof o‘tirishni nazr qilgandim. Musulmon bo‘lganimda Rasulullohdan (s.a.v.) «E’tikof o‘tirishim kerakmi?» deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.): «Nazringni ado et», deya marhamat qildilar», deganlarini aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:28

HAJ

221

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim hajga bormoqchi bo‘lsa, shoshilsin (tez harakat qilsin)», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:37

222

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan (r.a.) rivoyat qiladi. «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Hajga borgan kishi (gunohlari) kechirilgandir. Hajga borgan kishi muharram oyi chiqqunga qadar gunohini kechishni so‘rasa, uning ham gunohlari avf etiladi», deya marhamat qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:47

223

Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Hajning eng afzali baland ovoz va oqizishdir. Baland ovoz - talbiya va tahlil aytish va oqizish esa, qurbonlik so‘yishdir».
Bir rivoyatda: «Hady qurbonligi so‘yishdir», deyilgan.

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:45:56

224

Abu Hanifa (r.a.) Yahyodan rivoyat qiladi. Yahyoga Nofiy xabar berdi. Nofiy aytadi: «Abdulloh ibn Umardan (r.a.) eshitdim: «Bir odam turdi va:
- Ey Allohning rasuli! Tahlil qaerdan boshlanadi? - deb so‘radi.
Allohning rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:
- Madina aholisi Zulxulayfadan boshlaydi. Iroq aholisi Aqiqdan boshlaydi. Shom ahli Juhfadan boshlaydi. Najd ahli Qarndan boshlab talbiya aytishadi».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:05

225

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvad ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qiladi. Al-Asvad ibn Yazid (r.a.) aytdi: «Hazrati Umar (r.a.) odamlarga xutba qildilar va dedi:
- Sizdan kim haj qilmoqchi bo‘lsa, Miyqotdan boshlasin. Miyqot joylarini esa Nabiy (s.a.v.) belgilab berganlar. Madina ahli va madinalik bo‘lmay, u yerdan o‘tganlar uchun Zulxulayfa, Shom ahli va shomlik bo‘lmay, u yerdan kelganlar uchun Juhfa miyqotdir. Najd ahlining va Najd ahlidan bo‘lmay, u yerdan hajga kelganlarning miyqoti Qarndir. Yaman ahli uchun va yamanlik bo‘lmay, u yerdan kelganlarniki Yalamlam, Iroq ahli va boshqa insonlarning miyqoti esa Zoti irqdir».

Qayd etilgan