Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367814 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 75 B


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:12

226

Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Dinordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Bir sahobiy:
40 Yo Rasululloh! Ehromli qanday kiyim kiyadi?- dedi.
- Ko‘ylak, salla, kamzul, shim (ishton), qalpoq va sariq rang bilan bo‘yalgan kiyim kiyolmaydi. Nali (taxta shippagi - Tarj.) bo‘lmasa, mahsilarning to‘piqlaridan pastki qismini kesib kiysin, - dedilar Rasuli akram (s.a.v.)».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:21

227

Abu Hanifa (r.a.) Amr ibn Dinordan, u Jobir ibn Zayddan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibni Abbos (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Kimning izori (poy qismini o‘raydigan mato) bo‘lmasa, sarovil (ishton) kiysin. Nali yo‘q kishi esa mahsi kiysin».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:38

228

Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibrohimning otasi aytdi: «Ibn Umardan (r.a.)
- Ehromdagi kishi xushbo‘ylik surtadimi?- deb so‘radim.
- Xushbo‘ylik surtishdan ko‘ra qatron (qora, badbo‘y suyuqlik. - Tarj.) surtish men uchun yaxshiroqdir, - deya javob berdi Ibn Umar (r.a.).
Oisha onamizning (r.a.) oldiga keldim va unga buni aytdim. Oisha onamiz (r.a.) bunday dedilar:
- Men Rasulullohga (s.a.v.) xushbo‘ylik surtdim. Ul zot (s.a.v.) zavjalarini aylanib chiqdilar, keyin esa ehromga kirdilar».
Bir rivoyatda: «Men Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) xushbo‘ylik surardim. U kishi ayollarini aylanib chiqar, keyin esa ehromga kirar edilar», deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:47

229

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) ashobiga haj ehromini yechib, umraga ehrom bog‘lashlarini buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:46:57

230

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi: Jobir (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) Vido hajida buyurgan amallarni aytganlaridan so‘ng Suroqa ibn Molik so‘radi:
- Yo Rasululloh! Umramizdan bizga xabar bering. Bu umra bizga maxsusmi (xosmi) yoki hammagami?
- Xammaga,- dedilar Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.)»

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:05

231

Abu Hanifa (r.a.) Al-Haysamdan, u bir odamdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytishlaricha, hayzli ekanlar, Makkaga tamattu’ hajini ado etish uchun boradilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Oisha onamizga umrani tark etishlarini aytadilar. Oisha onamiz (r.a.) umrani tark qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:14

232

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Oisha onamiz (r.a.) hayzli bo‘lganlarida Makkaga hajji tamattu’ qilish uchun bordilar. Rasululloh (s.a.v.) umrani tark etishini aytadilar. Umrani tark etdilar. Haj qilishni boshladilar. Hajni tugatganlarida akalari Abdurahmon bilan Tan’imga borishni buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:22

233

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u bir odamdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) Oisha onamiz (r.a.) umrani tark qilganlari uchun bir sigir so‘ydilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:29

234

Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Rub’i ibn Harroshdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) menga umrani tark etganimga jazo o‘laroq, qurbonlik so‘yishni buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:47:37

235

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz(r.a.) aytdilar: «(Men): «Ey Allohning nabiysi, insonlar haj va umra qilishyapti, men esa haj qilyapman», dedim. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Abdurahmon ibn Abu Bakrga: «U bilan bor. Ehromga kirsin, umrani tugatgach, tezda yonimga kelsin. Aqobada uni kutaman», deb buyurdilar».

Qayd etilgan