Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 367472 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 75 B


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:13

246

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) Hajar ul-asvaddan boshlab unga aylanib kelgunga qadar raml qilardilar. (elkalarini qimirlatib, tez yurar edilar)».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:22

247

Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Abu Hayya Abu Janobdan, u Honiydan, u Zayddan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Arafotdan qaytib Jam’a (Muzdalifa)ga tushganimizda takbir aytdi va biz u bilan shom namozini o‘qidik. Shom namozidan keyin u oldinga chiqdi va ikki rakat namoz o‘qidi, so‘ng suv olib keltirdi, uni ustiga sepib yotoqlariga kirdi. Biz esa o‘tirib uzoq vaqt namozni kutdik. Nihoyat:
- Ey Abu Abdurahmon! Namoz nima bo‘ladi? (Namozni o‘qimaymizmi? - Tarj.) - dedik.
- Qaysi namoz?
- Xufton namozi-da.
Abu Abdurahmon:
- Rasululloh (s.a.v.) o‘qiganlari kabi men o‘qib oldim, dedi».
- Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilingan bir hadisda Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Nabiy (s.a.v.) shom bilan xufton namozini jam etdilar (birlashtirib o‘qidilar)».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:30

248

Abu Hanifa (r.a.) Adiydan, u Abdulloh ibn Yaziddan, u Abu Ayyubdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Ayyub (r.a.) aytadilar: «Muzdalifada Rasululloh (s.a.v.) bilan vido hajida shom namozi bilan xufton namozini o‘qidim».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:37

249

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Abdulloh ibn Yazid Xitmiydan, u Abu Ayyubdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Ayyub (r.a.) deydilarki: «Rasululloh (s.a.v.) shom va xufton namozini bir azon va bir takbir bilan jam qilib o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:44

250

Abu Hanifa (r.a.) Salamadan, u Hasan Araniydan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) xonadon ahli zaifalarini Muzdalifadan Minoga avval yubordilar. Ularga: «Quyosh chiqqunga qadar shaytonga tosh otmanglar», deya buyurdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:49:52

251

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) xonadon ahli zaifalarini Muzdalifadan Minoga yubordilar. Ularga, quyosh chiqqunga qadar shaytonga tosh otmanglar, dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:01

252

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Nabiy (s.a.v.) shaytonga tosh otish (aqoba) amalini qilgunga qadar talbiya aytdilar».
Bir rivoyatda (Ibn Abbosdan (r.a.) kelgan rivoyatda) quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Fazl ibn Abbosni (r.a.) ulovlarining orqasiga mindirib oldilar. Fazl kelishgan bir yigit edi. Ayollarga qaray boshladi. Rasululloh (s.a.v.) uning yuzini burib qo‘yar edilar. U zot (s.a.v.) shaytonga tosh otgunga qadar talbiya aytishda davom etdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:08

253

Abu Hanifa (r.a.) Abdul Karimdan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) qurbonlik tuyani haydab borayotgan bir odamni ko‘rdilar va unga: «Tuyaga min», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:25

254

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Subay ibn Ma’baddan rivoyat qiladi. Subay ibn Ma’bad deydi: «Haj qilish uchun Jaziradan yo‘lga chiqdim. Uzaybadagi mashhur ikki olim - Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxon yonidan o‘tdim. Mening umra va haj uchun bir yo‘la talbiya aytayotganimni eshitib, ulardan biri: «Bu odam tuyasidan-da adashganroqdir», dedi. 2si esa: «Bu odam shu-shundan ham adashganroqdir», dedi.
Men davom etdim. Ibodatim arkonlarini ado etganimdan so‘ng mo‘minlar amiri hazrati Umarning (r.a.) oldilariga borib bo‘lgan voqeani so‘ylab berdim: «Men uzoq masofadan, olis yurtdan bu yerga keldim. Alloh taolo menga haj qilishni nasib etdi. Umra va hajni birga ado etishni istab, bu ikkisi uchun talbiya aytdim. Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxon (oldilari) yonidan o‘tdim. Men haj va umra uchun birga talbiya aytganimni eshitib ulardan birlari: «Bu odam tuyasidan-da adashgan», 2si esa: «Bu kimsa shu-shundan ham adashgan», dedi». Hazrati Umar (r.a.): «Keyin nima bo‘ldi?» dedilar. Men: «Umraga tavof va sa’y qildim, so‘ng qaytib yana tavof va sa’y qildim va ehromda qoldim. Hojilar nima bajarsa men ham ado etdim, ibodatlarning qolganlarini ham to‘liq bajardim», dedim. «Sen Nabiyning (s.a.v.) sunnatiga ko‘ra harakat qilibsan», dedilar hazrati Umar (r.a.)».
Subay ibn Ma’baddan qilingan yana bir rivoyatda bunday naql etiladi: «Men xristianlikdan qaytib, endigina musulmon bo‘lgan bir kimsa edim. Umar ibn Xattob zamonlarida haj qilish uchun Kufaga keldim. Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxonlar faqat haj uchun talbiya aytishdi. Subay esa har ikkisi (haj va umra) uchun talbiya aytdi. Ular: «Hayf-e senga. Rasululloh (s.a.v.) tamattu’ hajini ta’qiqlaganlar sen esa tamattu’ qilmoqdasan. Sen tuyadan ham adashgansan», deyishdi. Bu gapdan so‘ng Subay ibn Ma’bad: «Yaxshisi, birgalikda hazrati Umar (r.a.) oldilariga boraylik», deya taklif aytdi.
Subay Makkaga kelgach, Baytni tavof etdi. Safo va Marva orasida umra uchun sa’y qildi. So‘ng Harami Sharifga qaytdi. Ta’qiqlardan birortasini qilmadi. Keyin Baytni tavof etdi. Haj uchun Safo va Marva orasida sa’y qildi. Harami Sharifda qoldi, man eilgan narsalardan saqlandi. Arafotga bordi. Hajini tugatib, naxr kuni ehromdan chiqdi. Qurbon (hayiti. - Tarj.) kuni tamattu’ haji uchun qurbonlik so‘ydi.
Hajdan qaytayotganlarida hazrati Umarning (r.a.) yonlariga keldilar. Zayd ibn Suxon bunday dedi: «Ey mo‘minlar amiri, siz tamattu’ hajini man etgan bo‘lsangiz ham, Subay ibn Ma’bad tamattu’ haji qildi». Hazrati Umar (r.a.): «Nima qilding, ey Subay?» deya so‘radilar. Subay ibn Ma’bad: «Ey mo‘minlar amiri, haj va umraga tahlil aytdim. Makkaga kelgach, Baytni tavof qildim. Umram uchun Safo va Marva orasida sa’y qildim. So‘ngra Harami Sharifga qaytdim. Ehrom holida qolib man etilgan ishlarni qilmadim. Keyin hajim uchun Safo va Marva orasida sa’y qildim. Bu amallarni bajargach, Harami Sharifda qoldim. Naxr kuni Qurbonlik so‘ydim, qurbonlikdan so‘ng ehromdan chiqdim», deya javob berdi. Hazrati Umar (r.a.) uning yelkasiga sekingina urib: «Sen Nabiyning (s.a.v.) sunnatiga binoan ish qilibsan», dedilar.
Bir rivoyatda esa quyidagicha keltiriladi: «Subay ibn Ma’bad Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxon bilan birga hajga bordi. Subay ibn Ma’bad ham haj, ham umra uchun ehromga kirdi. Salmon va Zayd esa faqatgina haj uchun ehromga kirdilar. U ikkalasi Subayni bu qilgan ishi uchun koyidilar va unga: «Tuyangdan-da adashgan ekansan, ham haj, ham umra uchun ehromga kirding. Vaholanki, mo‘minlarning amiri haj va umraga birga ehromga kirishni man etganlar», deyishdi. Subay ibn Ma’bad: «Hazrati Umar (r.a.) huzurlariga boring men ham boraman», dedi. Makkaga bordilar. Subay umra uchun Baytni tavof qildi. Safo va Marva orasida sa’y etdi. So‘ngra qaytib, takror haj uchun Baytni tavof etdi. Safo va Marva orasida sa’y qildi. Keyin u yerda iqomat etdi (yashadi). Ehromni buzadigan biror nuqsonga yo‘l qo‘ymadi. Qurbon kuni bo‘lgach, qurbi yetgan bir qo‘y so‘ydi. Haj ibodatlarini bitirgandan keyin Madinaga kirib o‘tdilar. Hazrati Umarning (r.a.) huzuriga bordilar. Salmon va Zayd: «Subay haj va umrani birga qildi», deyishdi. «Nima qilding, ey Subay?» deb so‘radilar hazrati Umar (r.a.). Subay: «Makkaga keldim. Umram uchun tavof qildim. Safo va Marva orasida sa’y qildim. So‘ngra qaytdim. Hajim uchun Ka’bani tavof etdim. Safo va Marva orasida sa’y qildim», deb javob berdi. «Keyin nima qilding?» deya so‘radilar hazrati Umar (r.a). «Masjidi Haramda qoldim. Menga (ehromli kishiga. - Tarj.) harom bo‘lgan biror ishni qilmadim. Qurbon kuni kelgach, qurbim yetgan bir qo‘y so‘ydim», dedi. Hazrati Umar (r.a.) uning yelkasiga sekingina urdilar va: «Sen Nabiyning (s.a.v.) sunnatiga binoan harakat etibsan», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  13 Sentyabr 2006, 06:50:34

255

Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Ramazon (oyi)da umra qilish hajga tengdir», deb marhamat etdilar».

Qayd etilgan