285
Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Arrok ibn Molikdan, u Urva ibn Zubayrdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Afloh ibn Abul Qu’aysiy keldi. Oisha onamizdan ichkariga kirish uchun ruxsat so‘radi.
Afloh:
- Mendan qochayapsanmi? Men amakingman-ku,- dedi.
Oisha onamiz (r.a.):
-Qanaqasiga?! - dedilar.
-Akamning xotini seni emizgan, - dedi Afloh».
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) aytganimda: "Alloh yaxshilik nasib etsin senga. Bilmaysanmi, nasabdan kimlar harom bo‘lsa, sut emishdan ham harom bo‘ladi", deya marhamat qildilar".