Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 257792 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 75 B


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:32

276

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Haybar jangi bo‘lib o‘tgan yili xonaki eshaklarning go‘shtlarini yeyishdan va ayollar bilan mut’a nikoh qilishdan qaytardilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:41

277

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan rivoyat qiladi. Alqama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Mas’uddan azl haqida so‘raldi. Abdulloh ibn Mas’ud: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo kafolatini olgan narsa qoyaning ustiga qo‘yilsada, albatta chiqadi", dedilar", dedi".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:50

278

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Abu Haysamdan, u Yusuf ibn Mohakdan, u hazrati Payg‘ambarning (s..a.v.) zavjalari Hafsadan (r.a.) rivoyat qiladi: "Bir ayol Hafsa onamiz yonlariga keldi va dedi:
- Erim menga yonboshlatib yaqinlashadi. Men buni yoqtirmayman.
Bu gap Rasuli akramga (s.a.v.) yetdi. U zot:
- Qinga bo‘lsa, zarari yo‘q,- dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:05:57

279

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Hamid A’rajdan, Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.): "Xotinlarning orqalariga yaqinlik qilish haromdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:06:04

280

Abu Hanifa (r.a.) Mu’ndan rivoyat qiladi. Abu Avf Abdulloh Ibn Mas’uddan rivoyat qilib yozganida ko‘rdim: "Xotinlarning orqalariga yaqinlashishdan qaytarildik".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:06:12

281

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Minhaldan, u Qa’qo’ Hashaniydan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): "Xotinlarning orqalariga yaqinlashmoq haromdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:06:22

282

Abu Hanifa (r.a.) Hammod ibn Abu Salimdan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.): "Bola yotoq sohibiga tegishlidir (oiddir). Zino qilgan toshbo‘ron qilinadi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:06:50

ISTIBRO BAHSI

283

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.) homilador joriyalarni ular qorinlaridagini tuqqunlariga qadar jimo’ etishni ta’qiqladilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:07:05

RAZO (SUT) BAHSI

284

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Qosimdan, u Shurayhdan, u hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.): "Nasabdan kimlar harom bo‘lsa sut emishdan ham harom bo‘ladi. Bu emish xoh oz bo‘lsin, xoh ko‘p bo‘lsin", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  14 Sentyabr 2006, 12:07:14

285

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Arrok ibn Molikdan, u Urva ibn Zubayrdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Afloh ibn Abul Qu’aysiy keldi. Oisha onamizdan ichkariga kirish uchun ruxsat so‘radi.
Afloh:
- Mendan qochayapsanmi? Men amakingman-ku,- dedi.
Oisha onamiz (r.a.):
-Qanaqasiga?! - dedilar.
-Akamning xotini seni emizgan, - dedi Afloh».
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) aytganimda: "Alloh yaxshilik nasib etsin senga. Bilmaysanmi, nasabdan kimlar harom bo‘lsa, sut emishdan ham harom bo‘ladi", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan