Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad  ( 252935 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #285 : 14 Sentyabr 2006, 12:06:12 »
281

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Minhaldan, u Qa’qo’ Hashaniydan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): "Xotinlarning orqalariga yaqinlashmoq haromdir", dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #286 : 14 Sentyabr 2006, 12:06:22 »
282

Abu Hanifa (r.a.) Hammod ibn Abu Salimdan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.): "Bola yotoq sohibiga tegishlidir (oiddir). Zino qilgan toshbo‘ron qilinadi", dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #287 : 14 Sentyabr 2006, 12:06:50 »
ISTIBRO BAHSI

283

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.) homilador joriyalarni ular qorinlaridagini tuqqunlariga qadar jimo’ etishni ta’qiqladilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #288 : 14 Sentyabr 2006, 12:07:05 »
RAZO (SUT) BAHSI

284

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Qosimdan, u Shurayhdan, u hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.): "Nasabdan kimlar harom bo‘lsa sut emishdan ham harom bo‘ladi. Bu emish xoh oz bo‘lsin, xoh ko‘p bo‘lsin", dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #289 : 14 Sentyabr 2006, 12:07:14 »
285

Abu Hanifa (r.a.) Hakamdan, u Arrok ibn Molikdan, u Urva ibn Zubayrdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Afloh ibn Abul Qu’aysiy keldi. Oisha onamizdan ichkariga kirish uchun ruxsat so‘radi.
Afloh:
- Mendan qochayapsanmi? Men amakingman-ku,- dedi.
Oisha onamiz (r.a.):
-Qanaqasiga?! - dedilar.
-Akamning xotini seni emizgan, - dedi Afloh».
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) aytganimda: "Alloh yaxshilik nasib etsin senga. Bilmaysanmi, nasabdan kimlar harom bo‘lsa, sut emishdan ham harom bo‘ladi", deya marhamat qildilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #290 : 14 Sentyabr 2006, 12:07:34 »
TALOQ (AJRALISH) BO’LIMI

286

Abu Hanifa (r.a.) Atoddan, Yusuf ibn Mohakdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsaning jiddiyi ham, hazili ham jiddiydir. Ular: taloq, nikoh, rij’atdir. Eri rij’iy taloq qilgan xotiniga qaytish», dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #291 : 14 Sentyabr 2006, 12:07:42 »
287

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: "Nabiy (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #292 : 14 Sentyabr 2006, 12:07:51 »
288

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #293 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:04 »
289

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u bir odamdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. "Ibn Umar (r.a.) ayolini u hayz ko‘rganda taloq qildilar. Bu ishlari uchun tanqid qilindi. Ayoli hayzdan tozalangach, taloq qildilar. Iddasi hayzli paytida taloq qilingan kundan hisoblandi".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #294 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:11 »
290

Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, Abu Ishoq Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): Alloh taoloning shariati bilan o‘ynashayotgan, xotinlariga «seni qo‘ydim, qaytib oldim» deyotgan kishilar holi qanday bo‘lar ekan!» deb marhamat qildilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #295 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:17 »
291

Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Sha’biydan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ma’tuh (aljirab qolgan, aql-hushini yo‘qotgan. - Tarj.) kimsaning talog‘i, savdo-sotig‘i joiz emasdir", dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #296 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:25 »
292

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga o‘zlaridan ajralishga ixtiyor berdilar. Biz ajralmadik ul zotni ixtiyor qildik (tanladik). Bu taloq sanalmadi".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #297 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:33 »
293

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Oisha onamiz (r.a.) joriyasi Barirani ozod etdilar. Uning (joriyaning) eri Abu Ahmad sulolasining ozod etilgan quli edi. Rasululloh (s.a.v.) joriyaga erining nikohida qolish-qolmaslik borasida ixtiyor berdilar. U ajrashishni xohladi. Rasululloh (s.a.v.) ularni ajratdilar. U joriyaning eri hur edi".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #298 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:43 »
294

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "Joriyaning talog‘i ikkita, iddasi esa ikki hayzdir", dedilar".

Laylo

  • Mehmon
Re: MUSNAD. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #299 : 14 Sentyabr 2006, 12:08:52 »
295

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Rost yo yolg‘on gapirganni biz bilmagan bir ayolning so‘zi bilan (so‘ziga kirib) Rabbimizning Kitobini, Rasulimizning sunnatlarini tark etmaymiz. Uch taloq qo‘yilgan xotinga yashaydigan joy va nafaqa beriladi".

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 24443
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:26:30
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 14158
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26112
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2937
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2910
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz